Microsoft Word Foydali qazilma end doc



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/106
Sana29.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#80184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Bog'liq
foydali qazilmalar va ularning konlari

III bob. EKZOGEN KONLAR 
 
10-§. Kon hosil qiluvchi ekzogen jarayonlar 
 
NURASH JARAYONI. Quyosh nuri, havo, suv va tirik mavju-
dotning faol ishtirokida yer qobig‘ining ustki qismidagi tub jinslar 
doim o‘zgarib, yemirilib turadi. Bu jarayon nurash deb ataladi. 
Haroratning o‘zgarib turishi natijasida yemirilish fiziknurash deyi-
ladi. Bunda asosan, haroratning kundalik o‘zgarishi va suvning muzla-
shidan kengayishi katta ahamiyatga ega. Ma’lum bo‘lishicha, muzning 
yer yoriqlari devorlariga ta’sir kuchi 6000 kg/sm
2
 ga yetadi. 
Fizik nurash jarayonida jonli dunyo, ayniqsa o‘simliklar sezilarli 
ish bajaradi. Ular birinchidan, ildiz otib suvning chuqurlikka kirib 
borishiga yordam bersa, ikkinchidan o‘zida nam saqlab nurash jara-
yonlari uchun qulay sharoit tug‘diradi. 
Shamol tog‘lardagi yoriq va bo‘shliqlarga kirib, qum va boshqa 
nurash mahsulotlarini o‘chirish bilan birga yemirish ishini ham baja-
radi. Bu shamol eroziyasi yoki deflyasi ya (lot. deflacio – o‘chirish) 
deyiladi. 
Nurash mahsulotlari o‘z og‘irligi bilan pastga qulaydi va migra-
tsiya agentlari yordamida yiroqlarga olib ketiladi. Bu jarayon denuda-
tsiya (lot. denudo – yalang‘och) deb ataladi. 
Nurash hodisalarida dengiz ham katta ish bajaradi. Dengiz suvi 
to‘lqinlari har qanday mustahkam toshlarni urib sindirishga va ming 
tonnagacha og‘irlikdagilarini dumalatib siljitishga qodir. 
Tog‘ jinslarida havo kislorodi, karbonat, sulfat kislotalari va 
ularga boy bo‘lgan suv ta’sirida sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarish-
lar kimyoviy nurash deyiladi. Erigan kislorod va kislotalarga boy 
yomg‘ir va qor suvlarining turli darzliklar va bo‘shliqlar orqali siljishi 
natijasida tog‘ jinslarining tarkibidagi xloridlar, sulfatlar va karbonat-
lar erib olib ketiladi. Natijada karstlar (g‘orlar) va mayda g‘ovakchalar 
hosil bo‘ladi. 
Suv faqat eritish ishinigina emas, balki turli moddalarni tog‘ 
jinslarining nurash zonasiga eltish, gidratlash va gidrolizlash natijasida 


 
29
yemiriluvchi jins minerallarini tarkibiy qismlarga ajratish, muhitning 
vodorod ko‘rsatkichi (pH), oksidlash va tiklash potensiali (eH) hamda 
uning kimyoviy tarkibini me’yorga keltirib turish kabi muhim ishlarni 
ham bajaradi. 
Kimyoviy nurash jarayonlarida juda muhim bo‘lgan oksidlanish-
ni reaksiyalarini bajarishda asosiy agent – kisloroddir. Karbonat, sul-
fat, organik gumus kislotalari va boshqa kislotalar ba’zi silikatlarni 
suvda eruvchi karbonat va sulfat birikmalariga aylantirib turishda faol 
ish bajaradi. Bu kislotalar sulfidlarning oksidlanishidan va organizm-
larning chirishidan hosil bo‘ladi. 
Organizmlar, asosan, o‘simliklar va bakteriyalar kislorod ishlab 
chiqaradi va uning bir turdan ikkinchi turga o‘tib turishini ta’minlaydi 
hamda o‘lish natijasida o‘zidagi vodorodni tog‘ jinslarining kationla-
riga (metallariga) almashib, muhitni agressiv kislotalarga boyitib 
beradi. 
Kimyoviy nurash jarayonida harorat ham katta rol o‘ynaydi. 
Ma’lum bo‘lishicha, haroratning 10 °С ortishi gidroliz reaksiyasini 2–
2,5 marta tezlashtiradi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan ana shu nurash vositalari yordamida tub 
jinslar turli xil reaksiyalar (oksidlanish, gidratlanish, gidrolizlanish, 
dializlanish) yordamida doim parchalanib turadi. 
Kislorod va kislotalar tog‘ jinslarining oksidsiz va chalaoksid 
holdagi birikmalariga ta’sir etib, yer yuzida barqaror bo‘lgan oksid va 
gidrooksid minerallari hosil qiladi (oksidlanish). Tog‘ jinslaridagi 
eruvchan ishqoriy birikmalar eritmaga o‘tib chiqib ketadi va muhit 
ishqorsizlanib qoladi. 
Gidratlanish o‘z yuzasiga suv shimib ushlab tura oladigan adsor-
bent minerallarga xosdir. Aluminiy, marganets va temir oksidlari ana 
shu xususiyatlarga ega. 
Gidrolizlanish suvning parchalanishi natijasida ajralgan vodorod 
ioni bilan tub jinslarning asoslari o‘rtasidagi almashinuv reaksiyasini 
tavsiflaydi. Bu jarayon rN soni, kislotalar miqdori va suv haroratining 
ortishi bilan kuchayadi. Bunda silikatlar o‘rnida gil minerallari, temir, 
marganets, aluminiy oksidlari va gidrooksidlari hosil bo‘ladi. 
Dializ gilning o‘z tarkibidagi metall kationlarini diffuziya yo‘li 
bilan tarqatib, «toza gil» holiga kelishini ta’minlovchi jarayondir. 
 
 


 
30

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish