www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
— Bo‘lmasa, men uni ertaga mana shu tepa ustiga bir soatcha osib qo‘yaman. Nima
bo‘lsa ko‘rarmiz, — dedi-da, Vardon lashkargohga qaytib ketdi.
Ertasiga Mu’tasim majlis chaqirdi. Majlisda qo‘mondonlar, xalifaning maxsus kishilari
qatnashdi, ular ichida Sohib va Horis as-Samarqandiy ham bor edi. Majlisda bo‘lajak
jang rejasi muhokama qilindi. Muazzin peshin namoziga azon aytgan vaqtda ular
tarqaldi. Xalifa o‘z chodiriga kira turib: «Ertaga erta bilan mening oldimga kel», — deb
Sohibga buyurdi. Zirg‘om chodirga qaytib kelib, o‘zini kutib turgan Vardonni ko‘rdi. U
juda g‘azablangandi. Undan Zirg‘om: «Bayroqni nima qilding?» deb so‘radi.
— O‘sha tepaga qo‘yib keldim.
— Qanday qilib uni tashlab kelding? Nega qovog‘ing soliq, xafa ko‘rinasan?
— Bayroqdan ham muhimroq bir ish chiqib qoldi. Shuning uchun ham tashlab
kelaverdim, — dedi Vardon hayajonlanib.
— Nima bo‘ldi? Ayt.
— La’nati Somonni Afshinning lashkarlari orasida ko‘rib qoldim. U juda izzat-hurmatda.
Aftiga qarashga sira toqatim yo‘q edi. Ushlab, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ya qolgim keldi.
— Yo‘q, og‘ir bo‘l, do‘stim. Hozirgi vaziyatimiz ittifoqni, birlikni talab qiladi. Unga qo‘l
ko‘tarsang, Afshinning jig‘iga tegib, askarlar orasida g‘ovg‘a ko‘tarilishiga sabab
bo‘lasan. Somon masalasini boshqa bir vaqtga qo‘yib, tepaga bor, qo‘rg‘onlarni kuzat,
tunda u yerda bo‘l!
Vardon chiqib ketdi. Zirg‘om yolg‘iz qolib, o‘zi haqida o‘ylab ketdi. U yotib uyqusi
kelguncha Jahonni, onasini, Hammodni va Afshinni xayolidan o‘tkazdi. Keyin uyquga
ketib Vardoning chaqirgan ovozini eshitib uyg‘ondi. Ko‘zini ochib qaradi: Vaqt kechqurun
bo‘lib, hamma yoqni qorong‘i bosgan edi. «Vardon Hammodni ko‘rib, mendan sevinchi
olgani kelgan bo‘lsa kerak», deb o‘yladi:
— Hammod keldimi? — shoshib so‘radi u.
— Yo‘q, kelgani yo‘q.
— Bo‘lmasa, nega bayroqni tashlab qaytib kelding?
— Ertagacha sir tutib bo‘lmaydigan bir ish chiqib qoldi. Shuning uchun tashlab kelishga
majbur bo‘ldim. Erta bilan Mu’tasimning oldiga borishingdan ilgari bu sirni bilib
qo‘yishing kerak.
Zirg‘om hovliqib:
— Ikki og‘iz so‘z bilan aytib qo‘ya qol. Mayli, bo‘lmasa, men sen bilan o‘sha tepaga
boraman, kechani birga o‘tkazamiz. O‘sha yerda aytib berarsan.
— Aytadigan gapim ko‘p emas, lekin tepagacha men bilan borsang, yomon bo‘lmasdi.
Zirg‘om irg‘ib o‘rnidan turdi-da, oddiy askar kiyimini kiyib, Vardon bilan yo‘lga chiqdi.
Tepalik Mu’tasim bilan Ashnosning lashkargohlari o‘rtasida edi. Ular ikkalasi ba’zisida
chirog‘ yoqilgan, ba’zisi qorong‘i chodirlar yonidan o‘tishdi.
— Meni notekis yo‘llar bilan olib ketayotganga o‘xshaysan, — dedi Zirg‘om Vardonga
qarab.
— Senga bir yangilikni ko‘rsatmoqchiman. Chap tomonimizdagi mana bu chodirni
bilasanmi? — dedi Vardon.
— Ha, bilaman, Ma’munning* o‘g‘li Abbosning chodiri, nima bo‘lipti?
— Menga bir sir ayon bo‘ldiki, agar buni Mu’tasim bilib qolsa, butun lashkargohni ag‘dar-
to‘ntar qilib yuboradi.
Zirg‘om taajjublandi:
— Qanday sir?
— Shu bugun men sening yoningdan qayta turib, anavi yerdan o‘tdim. Horis as-
Samarqandiyning shu chodirdan chiqib kelayotganini va Abbos uni zo‘r hurmat bilan
kuzatayotganini ko‘rdim. O‘zimcha, bu hurmatning tagida bir gap bor bo‘lsa kerak, deb
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |