www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
bo‘lganda, allaqachon Bazzni olgan bo‘lardik», — dedi. Afshin bu gapi bilan, Zirg‘omni
yana ham tezlamoqchi edi. Bobakning kuchli mudofaa qurollari va pistirmada yotgan
kishilari tufayli uning tepadan oshib, qo‘rg‘onga borolmasligiga Afshin qattiq ishongandi.
Qizig‘i shundaki, Zirg‘om o‘z odamlari yoniga borib, hujumga tayyorlanmoqchi-yu, lekin
o‘zi yo‘lni bilmaydi, uni so‘ragani ham yo‘q. Yo‘lni bilmagani uchun Zirg‘om muqarar
mag‘lubiyatga uchraydi, deb o‘ylab Afshin xursand bo‘ldi.
Afshinga qarab: «Ertaga o‘sha yerda uchrashamiz», — deb qo‘li bilan Bobakning qasrini
ko‘rsatgach Zirg‘om chiqib ketdi. Afshin esa uni iljaygancha kuzatdi. Chodirdan
uzoqlashgan Zirg‘omga Vardon yo‘liqdi. Har ikkisi birga keta boshlashdi. Vardon Afshin
bilan qaday qarorga keliganini so‘radi.
— Shu kechasi Bazzga hujum boshlaydigan bo‘ldik, — dedi Zirg‘om unga qarab.
— Qaerdan?
— Bazzga men farg‘onaliklar bilan ana shu tepa orqasidan borib, g‘arb tomondagi
darvozadan bostirib kirishim kerak. Bobakning qasri xuddi shuning yon biqinida.
Shunday qilib, tuproq qo‘rg‘ondan birinchi bo‘lib biz kiramiz yoki o‘sha qo‘rg‘on tagida
halok bo‘lamiz.
Vardon o‘rnidan turib, unga qaradi-da: «Tepa tomonga boradigan yo‘lni bilasizmi?» deb
so‘radi.
— Yo‘q... bilmayman... lekin...
Vardon ajablandi:
— Lekiningiz nimasi? U uzoq yo‘l, unga boradigan kishi tepa orqasidan yurib, tuproq
qo‘rg‘onning ro‘parasidagi qirg‘oqqa yetish uchun bir necha soatlik masofani bosib o‘tishi
kerak, — dedi va bu bilan Zirg‘omni ogohlantirmoqchi bo‘ldi.
— O‘zing u yo‘lni bilasanmi?
— Ha, bilganda qanday, uni besh qo‘limday bilaman, — dedi Vardon xursand bo‘lib.
Zirg‘omning ham ko‘ngli joyiga tushdi:
— Unday bo‘lsa, sen bizga yo‘l boshlovchi, balki qo‘mondonimiz bo‘lasan. Yur,
odamlarimiz yoniga boraylik. Hozirdan tayyorlanishsin. Keyin kechqurun ular bilan sen
bilgan yo‘lga tushib, kechasi shaharning ro‘parasiga yetib boramiz.
Vardon «xo‘p», dedi-da birgalikda keta boshlashdi. Oralarida sukunat hukm surardi.
Bazz yo‘lida uchrashi mumkin bo‘ladigan xavf-xatarlarni ko‘z o‘ngiga keltirib, har ikkalasi
xayolga cho‘mgandi. Lekin qalblaridagi g‘alabaga ishonch tuyg‘usi ikkalasini ham xavf-
xatarlarga e’tibor bermaslikka undardi. Ular farg‘onaliklar o‘rnashgan lagerga yetib
kelishdi. Farg‘onaliklar ko‘p emas, bir necha yuz kishi xolos. Lekin hammasi baquvvat,
saralangan, Zirg‘om uchun o‘zini fido qiluvchi, hatto o‘tga tashla desa, tashlaydigan
kishilar edi.
Zirg‘om chiqib ketgandan keyin Afshinning yoniga Somon kirdi. Zirg‘om bilan bo‘lgan
mojaroni Afshin unga birma-bir aytib berdi va: Qolgan ishlarni sen o‘zing bajarasan»,—
dedi. Somon qabul ishoratini qilib, bosh eggancha chiqib ketdi.
Bexosdan dushmanni bosish uchun shu kechasi hujum qilishga Afshin askarlarni
tayyorladi. U o‘z qismiga Jahon yoki Gulnor yashaydigan ayollar qasriga kiradigan
darvoza tomondan hujum qilishni tayinladi. Shaharga bostirib kirib, kishilar o‘lja olishga
kirishgan choqda, Afshin ayollar qasrini qo‘lga olish va Jahonni ishonchli bir kishiga
topshirib, undan keyin boshqa ishlarga boshchilik qilish rejasini tuzdi.
Zirg‘om esa o‘z kishilarini tayyorlab, Vardonning yo‘l boshlovida yo‘lga tushdi. Tepa
atrofini aylanib, g‘arb tomondan Bazz ko‘rinib turgan bir yerga borishib, hamma yoqni
qorong‘i qoplaguncha o‘sha yerda turishdi. Odamlarga shu yerda hujumga tayyor bo‘lib
kutib turishni buyurdi. Keyin Vardon pastak bir tepaga borib, Bazzga nazar tashladi.
Kechachi notanish bir shaharga kelgan kishi faqat chiroqlarni ko‘rib, bino va qal’alarini
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |