www.ziyouz.com
kutubxonasi
110
yaxshi ajrata olmaganidek, ular ham u yer-bu yerdan milt-milt yonib turgan chiroqlarni
ko‘rishdi, xolos. Vardon:
— Bu chiroqlardan tuproqqo‘rg‘onga yaqinrog‘i, eng yorug‘i Bobakning chiroqlari, biz uni
qo‘lga olamiz yoki o‘sha yerda halok bo‘lamiz. Shaharning ana u tomonidagi olis
chiroqlarni ko‘rib turibsiz. Ayollarning qasri o‘sha yerda. Bobak xotinlarga o‘chligi va
dunyo lazzatlariga mukkasidan ketganligini bilsangiz kerak deb o‘ylayman, — dedi.
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Tadbirli va aqlli bir xotinining sharofatidan unda ancha o‘zgarish yuz berganini
eshitdim. Ofarin u ayolning buyuk aqlu irodasiga!
— Haqiqatan ham u aqlli ayol ekan. Bo‘lmasa, Bobakka so‘zini o‘tkaza olarmidi. Uning
ra’yisiz Bobak hech bir ish qilmas ekan.
Zirg‘om chuqur nafas oldi:
— Hozir bizga bu gaplarning nima keragi bor? Hujumni boshlaydigan yo‘limiz haqida
gaplashaylik? Hozir biz bilan shahar orasida nima bor?
— Shahar bilan oramizda bir vodiy bor, — dedi Vardon.
— Uni qanday kesib o‘tamiz?
— Vodiy ustidagi ko‘prikka o‘xshatib turgan joydan o‘tamiz. Uning narigi tomoniga borib
olsak, tuproqqo‘rg‘onga yaqinlashgan bo‘lamiz. Bir hujum bilan tuproqqo‘rg‘on ustidan
oshib o‘tamiz. U yerda qo‘riqchilar bo‘lmasa kerak, albatta. Chunki bizni shu qaltis
yo‘ldan keladi yoki u yerga tushadi deb, xurramiylar sira xayoliga keltirmaydi.
— Unday bo‘lsa yur, tushaveraylik.
— Xojam, sabr eting. Odamlar uxlab, ko‘ngil tinchiydigan vaqt bo‘lsin. Yarim kecha
bo‘lmay, Afshinning yoqqan o‘tini ko‘rmay turib, u tomon siljishimiz durust emas, — dedi
Vardon.
— Xo‘p, mayli, gaping, ma’qul — dedi-da, Zirg‘om odamlar tomon qarab, jim kutib
turishlarini, o‘t yoqmaslikni va olg‘a yurishga buyruq berilmasdan turib ovoz
chiqarmaslikni ta’kidladi. Keyin ularni qoldirib, Vardonni chaqirdi.
— Yur, sen aytgan tomon bemalolmi yoki biror to‘siq bormi, yaxshiroq tekshirib
ko‘raylik, — dedi.
Ular ikkisi toshloq yerlarda paypaslab-paypaslab, uzoq masofa bosishdi. Kechasi tim
qorong‘iligidan kishi tumshug‘i tagidagi narsani ham ko‘rolmasdi. Hamma yoq jimjit.
Katta toshlar ustida yurgan ilonlarning vishillashi va havoda qanot qoqqan qushlar
ovozidan bo‘lak hech sado eshitilmasdi. Zirg‘om bilan Vardon ovoz eshitilmasin deb
qadamlarini sekin-sekin tashlashga jon-jahdlari bilan urinishardi. Ular vodiyga
yaqinlashganda tepasidan ikki-uch kishi bir yo‘la o‘ta oladigan ko‘prikka o‘xshash katta
xarsanglarni ko‘rishdi. Shu payt Zirg‘om:
— Odamlar g‘aflat uyqusida yotgan shu topda to‘g‘ri tuproqqo‘rg‘onga borib, ustidan
oshib tushgim kelyapti. Men qo‘rg‘onning ichkarisiga kirib olsam, musulmonlar bardam
bo‘lib hujum boshlaydilar va bu ish zafarimizga sabab bo‘ladi, — dedi.
Vardon uni qaytardi:
— U yerda pistirmada yotgan kishilar bo‘lishi mumkin. Sizga shikast yetkazishlaridan
qo‘rqaman. Yaxshisi, birga qaytaylik yoki men o‘zim borib kishilarimizni boshlab kelay-
da, hammamiz birgalikda ishga kirishaylik.
— Bo‘lmasa, sen bor, ularni olib kelguningcha men shu yerda turaman.
Vardon:
— Shu joydan qimirlash yoki biror harakat qilishdan ehtiyot bo‘ling! — dedi-da,
farg‘onaliklar tomon qaytib ketdi. Zirg‘om yolg‘iz qoldi.
Vardon ketgandan keyin u tuproqqo‘rg‘onga qarab, uning o‘zidan ikki yuz qadam narida
ekanini angladi, unga sekin yurib borib, orqasida nima borligini bilib qaytib kelmoqchi
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |