Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
105
Somonning kelganidan xursand bo‘lgan Afshin undan yana ko‘proq ma’lumot olishga 
harakat qilayotganida hojib kirib: «Xalifa Mu’tasimning noma eltuvchisi kelib, eshikda 
kutib turibdi», — dedi. Afshin hojibga qarab: «Ayt, bu yoqqa kiraversin!» — dedi. 
Safardan toliqib kelgan, ko‘kragida bir parcha mis osilgan* noma eltuvchi ichkariga kirib, 
oyoqqa turdi. Afshin: «Qani, bu yoqqa kelaver, nima yangilik bor?»— deb uni o‘z yoniga 
chaqirdi. 
Noma eltuvchi uning oldiga kelib, ustiga xalifalik muhri bosilgan bir ipak o‘ramani 
topshirdi. Afshin uni qo‘liga olib o‘pdi va surg‘unchini ochdi. Uning ichidan muhrlangan 
kumush nay, kumush nay ichidan esa o‘ralgan bir qog‘ozni chiqarib oldi-da, uni o‘qiy 
boshladi. Uning avzoyini va xatti-harakatini kuzatib turgan Somon xatni o‘qib turib, 
Afshinning rangi o‘chib ketganini payqadi. Afshin maktubni o‘qib bo‘lib, noma eltuvchiga 
«mayli, ketaver», degandek ishora qildi. U chiqib ketdi. Keyin Afshin tik turgan Somonga 
qaradi va uni o‘ziga ko‘proq jalb qilish uchun zo‘rlab jilmayib, o‘tirishga buyurdi-da:
— Bu xat nima xususda ekanini bilasanmi? — deb so‘radi. 
— Yo‘q, janob, men ilmi g‘oyibdan bexabarman.
— Bu Mu’tasimning xati, xatda meni mustahkam turishga da’vat qilib, birodari Zirg‘om 
boshchiligida menga qo‘shimcha askar yuborganini aytibdi.
— Ushrusana hokimi — askari tog‘u toshlarni to‘ldirib yotgan bir qo‘mondon yordamiga 
muhtoj ekanmi? 
— Yo‘q, albatta, amiralmo‘’mininning o‘zi buni yaxshi biladi. Zirg‘om urush uchun emas, 
boshqa maqsadda kelayotgan bo‘lsa kerak bu yerga. U Jahonning ishidan xabardor bo‘lib 
qolmaganmikin degan xavotirdaman. Mayli, u xoh bilsin, xoh bilmasin, baribir Jahon 
meniki. Mendan bo‘lak hech kim unga qo‘l tegiza olmaydi. Sevgi va muhabbat ish 
bermasa, zo‘ravonlik va andishasizlik bilan Jahondan o‘ch olish qo‘limdan keladi. 
Farg‘onadagi o‘sha kun sira ko‘nglimdan chiqmaydi. 
Somon yana Afshinga dalda bera boshladi: 
— Singlim bu yerdaligini Zirg‘om mutlaqo bilmaydi. Balki uni tirik deb o‘ylamasa ham 
kerak. U: «Jahonsiz hayotning menga nima keragi bor», deb o‘limni ma’qul ko‘rib, 
atayin urush maydoniga kelgandir. Odamlarda shunda bir bema’ni taomil bo‘libdi: 
birovni sevib qolsa, jinniga o‘xshab qoladi. Hatto o‘z hayotini ham sevgilisi yo‘lida 
ayamaydi. Bittasi shu yo‘lda o‘lsa, boshqalar ham shuning orqasidan borishni istaydigan 
bo‘lib qoldi. 
Afshin xoxolab kulgan edi, tishining oqi ham ko‘rinib ketdi: 
— Zirg‘om o‘lim istab kelgan bo‘lsa, bosh ustiga, jonimiz bilan uni qabul qilamiz. Ammo 
oshiqlarni jinni deb aytayotganing uchun ma’zursan. Senda muhabbat ahlining zavqi, 
shuuri yo‘q, undan bexabarsan, — dedi-da, boshini ozgina yerga egib turib so‘radi: — 
Biz ertaga shaharga hujum qilib kirsak, singlingni qasrdan topa olamizmi? 
Somon o‘rnidan turib, Bizz tomonga qaradi va qo‘li bilan ishora qilib: 
— Sharqiy darvoza yonidagi hashamatli qasrni ko‘ryapsizmi? O‘sha — xotinlar qasri. 
Jahon ham shu qasrda yashaydi. Shu qasrga to‘g‘ri kirmoqchi bo‘lgan odam o‘sha 
darvozadan borishi kerak, — dedi. Keyin g‘arb tomondagi bir qasrni ko‘rsatdi: — Mana 
bu g‘arbiy darvoza yonidagi qasr xuddi Bobakning qasri. U hamma qasrlardan ham 
mustahkamroq. Unga hujum qilgan kishi o‘lmay qolmaydi. Mana endi, «nima qilaman» 
desangiz, ixtiyor o‘zingizda. 
Afshin o‘tirgan yerida bir qimirlab qo‘ygandi, Somon o‘rnidan turib, ketishga ijozat 
so‘radi. Afshin unga: «Biz bilan bo‘lasan, zarurat bo‘lmaganda bu yerdan 
qimirlamaysan», — dedi. 
Afshinning maqsadiga tushungan Somon:


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish