Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103
«Sen mening tadbirimni buzding, asta-sekin askarlaringni olib, orqaga qayt!» — dedi. 
Buning ustiga Bobakning yashiringan ayg‘oqchilari ham harakatga tushgandan keyin, 
Ja’far fursat qo‘ldan ketganiga qayg‘urib, orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. 
Shundan keyin ko‘ngillilar o‘zlari qolib, bir necha kun urushni davom ettirishdi. Ularning 
yem-xashagi, oziq-ovqati tugadi, lekin ular achinib: «Afshin bizga yordam berganda 
Bazzga kirib borgan bo‘lardik», — deyishardi. Askarlar to‘polon qilib, urushni boshlab 
yuborishni talab qilsa ham, Afshin mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqib ishni orqaga 
siltardi. U mol-mulk orttirish uchun atayin urushni keyinga surayotgan bo‘lsa-chi? 
Chunki xalifa Afshinning otga mingan har kuni uchun ovqat, qurol-aslahadan tashqari 
o‘ng ming dirham, ot minmagan kuniga esa besh ming dirham yuborib turardi. Bu 
pullarni Afshin Ushrusanaga yuborardi. Urush bahonasi bilan qancha ko‘p kun o‘tsa, 
Afshinning daromadi shuncha ko‘payardi. 
Bir kuni Afshin o‘zining Bazzga qarab qurilgan chodirida o‘tirgandi, askarlari shu yer 
xalqning kiyimidagi bir kishini haydab kelayotganiga ko‘zi tushdi. Uning oldiga 
yaqinlashganlari ham yo‘q edi, ular asir olib kelayotgan odam Jahonning akasi Somon 
ekanligini payqab, iztirobga tushdi. Lekin undan foydalanish umidida: «Uni qiynamay, 
qo‘llarini yechib yuboringlar», — deb buyurdi. 
Somon boshini egib, Afshin yoniga kelib tiz cho‘kdi. Afshin ochiq chehra bilan undan: 
«Boshingni ko‘tar! Bu yerga sen qanday kelib qolding?» — deb so‘radi. 
— Janob xojam, men Bazzdan kelyapman. 
— Qani, bo‘lmasa yaxshilab o‘tirib ol-chi, — dedi Afshin unga qarab. Somon odob bilan 
Afshin ko‘rsatgan joyga o‘tirdi. 
— Xo‘sh, bu shaharga nima uchun kirib qolding? 
Somon boshini chayqadi. 
— Mavlono Afshinning xizmatlari bilan kelgandim.
— Bu nima deganing, Somon? — hayron bo‘lib so‘radi Afshin. 
— Somurroda janobingizning ziyoratlariga musharraf bo‘lganimdan buyon buyrug‘ingizni 
bajarish uchun Jahonni izlab yurgandim. Oxiri uning Bobak qo‘lida ekanini aniq bilib 
oldim. 
Somonning bu gapdan Afshinning ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi. 
— Hozir Jahon shu yerda — Bazzda ekanmi? 
— Ha, shu yerda ekan. 
— Bunday olis bir shaharga u qanday kelib qoldi ekan? — hayron bo‘ldi Afshin. 
— Hamadon yaqinida qaroqchilar uni mening qo‘limdan tortib olib ketganini sizga aytgan 
edim. Ko‘p surishtirdim, oxiri bilsam, uni oldirib ketgan kishi Bobak ekan. Jahonning 
go‘zalligini eshitib, sovchi yuborganda, otam uni kuyovlikka qabul qilmagandi. Keyin 
oradan bir qancha vaqt o‘tib ketdi, otam vafot etdilar. Zamona zayli bilan Jahon 
Somurroga borish uchun otlanganini Bobak eshitib, yo‘liga kishi qo‘ygan va poylab 
yotgan yerlariga kelishimiz bilan uni ushlattirib olib ketgan ekan. 
— Xo‘sh, keyin nima bo‘lgan? Hozir ham u Bazzdami? 
— Singlimning ishiga tushunolmayapman. U hech bir qarorda turmadi. Ushrusana 
amirining marhamatini rad etib, arzimas bir kishiga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. 
Keyin undan ham voz kechib, Bobakni ixtiyor etdi va uning sevimli xotini bo‘lib oldi. 
Hozir u Bobakning o‘ng qo‘li, jonini fido qilib unga yordam beryapti. Men unga: «Bu 
ishing noto‘g‘ri, hali ham bo‘lsa undan voz kechib, Afshinga borishing kerak, u sening 
vasiying bo‘ladi», — deb ko‘p pand-nasihat qildim, gapimga quloq solmadi. Keyin uni 
tashlab, sizning oldingizga keldim. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish