Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
81
Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar, 
G‘amda boshim, ko‘zda yoshim, ichganim bo‘ldi zahar. 
Za’farondek sarg‘ayurman hasratingda qon yutib, 
Ko‘zlarimning nuri ketdi yo‘llaringga ko‘z tutib. 
Hammamiz qo‘rqadigan, ko‘rganda hammamiz qochadigan Zebi xola shumi? O‘sha 
qo‘pol, o‘sha jahldor Zebi xolami shu? Valining oyisida shuncha dard bormidi? Shuncha 
alami bor ekanmi? Nimaga biz bilmagan ekanmiz? 
Zebi xolaning yumuq ko‘zlaridan ikki tomchi yosh silqib chiqdiyu qirra burnining chetida 
to‘xtab qoldi. Dutorni yonboshiga qo‘ydi-da, keng yengining uchi bilan ko‘zini artdi. 
Hamma jimib qolgan, hech kim birinchi bo‘lib gapirishga jur’at etolmas edi. 
— Hech bo‘lmasa, Kimsanim kelgandayam mayli edi, — dedi u xo‘rsinib. 
— Qo‘ying, opajon, — dedi oyim sekin. — Unaqa demang, Xudoga shukur, mana bor-ku. 
— Oyim nariroqda g‘ildirak ushlab mo‘ltirab turgan Valiga imo qildi. — Nasib etsa, to‘ylar 
qilasiz, qo‘sha-qo‘sha nevaralar ko‘rasiz. 
Zebi xola yalt etib Valiga qaradi. Ko‘zida yosh bilan jilmaydi. 
— Sumalak yedingmi, o‘g‘lim? Qorning ochib qolgandir? 
— Yedim, — dedi Vali sekin. U ham oyisining yig‘laganini ko‘rib o‘pkasi to‘lib turardi. 
— Bo‘lmasa, o‘ynay qolinglar. 
Birpasdan keyin Zebi xola bizni yana chaqirdi. 
— Oborib qo‘ya qol joyiga, — dedi dutorni g‘ilofga solib. — Dadangdan baloga qolib 
yurmay tag‘in. 
Bir qo‘limda dutor, bir qo‘lim bilan g‘ildirak g‘ildiratgancha yo‘lga tushdim. Vali ham 
g‘ildiragini aylantirib yonma-yon borar, ammo endi avvalgidek yugurmas edik. 
Qulog‘imda hamon Zebi xolaning qo‘shig‘i yangrab turar, go‘yo g‘ildiraklar ham g‘ildirak 
emas, dutorning ikki tori edi. Ana, ikkovi bir-biriga jo‘r bo‘lib jaranglayapti. Zebi xola 
bo‘lsa hamon qo‘shiq aytyapti: 
«Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar...» 
Chetini o‘t bosgan ariqchadan o‘tayotganda g‘ildiragim sakrab ketdi. Bir hatlab oldinga 
talpingan edim, o‘tga sirg‘anib yiqilib tushdim. Dutor yerga urildi... qars etdi. Tamom! 
Kuy ham, qo‘shiq ham tindi-qoldi. 
— Sindi! — dedim ovozim titrab. 
Vali yugurib tepamga keldi: 
— Voy-y-y! Endi dadang o‘ldiradi! 
Ikkalamiz qo‘limiz titragancha g‘ilof bog‘ichini yechdik. Qarasam, dutorning ip tortadigan 
qulog‘i sinib tushibdi. 
— Endi nima qilamiz? — dedi Vali ko‘m-ko‘k ko‘zlarini jovdiratib. 
Yig‘lamoqdan beri bo‘lib, yelkamni qisdim. 
— Yur! — Vali qo‘limdan tutib uyiga boshladi. Ikkalamiz ularning hovlisiga kirdik. Hovli 
etagidagi bostirmada eski quti bor ekan. Vali qutini titkilab zanglab ketgan temir topdi. 
— Mana! — dedi tantana bilan. — Endi hech ham sinmaydi! 
Dutorning singan qulog‘i o‘rniga temir tiqdikda, imi-jimida g‘ilofga solib joyiga ilib 
qo‘ydik. 
Kechqurun oyimga nima bo‘lganini aytib bergandim, rangi o‘chib ketdi. Lekin nima 
qilishni oyim ham bilmasdi. 
O‘sha kuni emas-ku, uch kundan keyin sir ochildi. Dadam hujradan turib jahl bilan 
qichqirib qoldi: 
— Dutorga kim tegdi? 
Zum o‘tmay dutorni ko‘tarib chiqdi. 
— Garangmisanlar? Qaysi biring sindirding? Bu nima qiliq? — dedi Vali «tuzatgan» 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish