Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
«Q» bilan «G‘»ni aytishga hech tili kelishmasdi. Risolat opa degan chiroyli o‘qituvchi 
opamiz buni bilgani uchun Valini ko‘p ham qiynamasdi. U doim deraza oldidagi partada 
o‘tirardi. 
Bir kuni maktabga komissiya kelib qoldi. Bir emas, to‘rt kishi orqa partaga borib 
o‘tirishdi. O‘qituvchi opamiz dars o‘tyapti-yu, hayajondan ovozi titraydi. Sinf jimjit. Shu 
payt deraza sharaqlab ochildi-da, Zebi xolaning yo‘g‘on ovozi eshitildi. 
— Vali, ma, non! 
Hammamiz o‘sha tomonga qaradik, Valining sariq yuzi olovdek yonib ketdi. Nima 
deyishini bilmay nuqul «keting», deb imlaydi. Zebi xola bo‘lsa derazadan ikkita arpa non 
uzatib turibdi. 
— Olsang-chi, qo‘lim kuyib ketdi! — dedi u zarda bilan. 
Sinfxonani birpasda issiq non hidi tutib ketdi. 
Risolat opamiz bir zum esankirab turdi-da, tashqariga yugurdi. 
— Nima qilyapsiz, xola? — dedi yig‘lagudek bo‘lib.— Maktab-ku bu! 
— Maktabligini o‘zim ham bilaman! Machitga kelganim yo‘q! — Zebi xola ovozini baralla 
qo‘yib do‘rilladi. — Bolam ertalab choy ichmasdan chiqib ketuvdi. Och o‘tirsinmi endi? 
Risolat opamiz yalinishga tushdi: 
— Jon xola, komissiya bor. 
— Nima, kamissiyang non yemaydimi! Bolam bir kun kech olim bo‘lsa bo‘lar. «Kamissiya 
keldi», deb tishining kirini so‘rib o‘tirsinmi? 
Boyadan beri suv quygandek jimjit bo‘lib turgan sinfxonada to‘satdan qahqaha portladi. 
— Ana, kamissiyangning o‘ziyam kulyapti-ku! — Zebi xola derazadan boshini suqdi. — 
Ma, bolam, yeb ol, uyalma! 
...Bir kuni jo‘raboshimiz sigirini qaytarmagani uchun Valini urib burnini qonatdi. Ertasiga 
qiziq bo‘ldi. Tol soyasida dam olib o‘tirsak, maydoncha chetida Zebi xola ko‘rindi. 
Toy jo‘raboshining yelkasiga turtdi. 
— O‘lding! Zebi xola kelyapti, qoch! 
Jo‘raboshining ko‘zi olayib ketdi. Qaddini rostladi-yu, keyin qo‘l siltab shineliga 
yonboshladi. 
— Qatta uradi! O‘zi zo‘rg‘a kelyapti-ku. 
Qarasak, Zebi xola chindan ham zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kelyapti. Qo‘lidagi tayoqqa suyanib ikki 
qadam yuradi-da, to‘xtaydi. Oqsoqlanib qadam bosadi. 
— Yiqilib oyog‘i singanga o‘xshaydi, — dedi jo‘raboshimiz. 
Zebi xola inqillab-sinqillab yaqin keldi. Ammo besh qadamcha qolganda birdan cho‘loqligi 
tuzalib qoldi. Tayoqni baland ko‘targanicha ikki hatlab jo‘raboshining tepasiga keldi. 
Tayoqning qarsillashi bilan jo‘raboshining dodlashi baravar eshitildi. 
— Mana urish! — dedi Zebi xola do‘rillab. — Urish mana bunaqa bo‘ladi. — U 
jo‘raboshining gardaniga tag‘in tushirdi. — O‘zidan kichkinaning burnini qonatish mana 
bunaqa bo‘ladi! 
Jo‘raboshi jonholatda dumalar, ammo qocholmasdi. 
— Oyi! Urmang, oyi! — Vali oyisining qo‘lidagi tayoqqa yopishdi. 
— Tavba qildim! — Jo‘raboshi tipirchilab, kafti bilan boshini pana qildi. — Jon xola, o‘lay 
agar, ikkinchi qilmayman! 
— Oyi! — Vali Zebi xolani quchoqlab oldi. — Kerakmas! 
Zebi xola tayoqni uloqtirdi. 
— Nima, meni bolam malaymi senga?! — dedi dag‘dag‘a bilan. — Sening molingni 
boqsin, deb katta qilib qo‘yibmanmi bolani?! 
...O‘sha voqeadan keyin jo‘raboshimiz ancha yuvosh tortib qoldi. Uchinchimi, to‘rtinchi 
kuni mog‘or bosgan kattakon qovoq ko‘tarib keldi. Tol soyasida o‘tirib qovoqni ikki 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish