Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
dutorni ko‘rsatib. 
Oyim aybdor qiyofada o‘tirar, akalarim hayron bo‘lib bir-biriga qarashar edi. Hozir katta 
janjal bo‘lishini sezib qo‘rqib ketdim. 
— Tiling bormi?! — dadam battar tutaqib ketdi. 
— Zebi opa chaluvdi, — dedi oyim sekin. — Sumalakka chiqqanimizda... bir chalib 
beray, devdi... 
Qiziq, dadam birdan hovuridan tushdi. 
— Mayli, — dedi ovozi pasayib. — Zebi chalsa mayli. — U hujraga kirib ketdi-da, 
anchadan keyin bir bo‘lak yog‘och ko‘tarib chiqdi. Dandon sopli pichog‘i bilan yog‘ochni 
kesa boshladi. — Dutorning qulog‘ini tutdan qilmasa sinaveradi, — dedi sekin. 
Yog‘ochning uyoq-buyog‘ini o‘yar ekan, uh tortdi. — Qarab turib Xudoning ishlariga ham 
qoyil qolmayman. Ota-boladan bir oyda «qoraxat» kelsa-ya! 
— Shuni ayting, — dedi oyim jonlanib. — Tag‘in ham odamzod chidarkan. Ham eridan, 
ham yakka-yolg‘iz o‘g‘lidan judo bo‘lib o‘tiribdi boyoqish. — U bir zum o‘ylanib turdi-da, 
qo‘shib qo‘ydi. — Bechora, Valisiga juda suyanib qolgan. Ishqilib, orzu-havasini shundan 
ko‘rsin... 
* * *
Valentin tuzatib ketgan mashinani haydab borarkanman, beixtiyor Zebi xolaning 
ko‘chasiga burildim. Ana, Valentinning uchastkasi. Shifer tomli uy oldida ZIL turibdi. 
Kabina zinasida katta-kichik uch bola oyog‘ini likillatib o‘tiribdi. Biri do‘ppi kiygan, biri 
shapkasini bostirib olgan... Mashinani sekin haydab o‘tib borarkanman, ichkaridan dutor 
sadolari eshitilgandek bo‘ldi. Kim bilsin, ehtimol menga shunday tuyulgandir? 
XO‘JA
Bolaligida hammaning ham tishi tushadi. Meniki g‘alati bo‘lgan: birinchi tishimni urib 
tushirishgan. Bunga Xo‘ja sababchi bo‘lgan. 
Bu bolani nimaga bunchalik yaxshi ko‘rib qolganimni bilmayman. Ehtimol yuvoshligi 
uchundir. Ehtimol, ko‘zlari doimo javdirab turishi uchundir. Odam bir narsani judayam 
aytgisi kelsayu aytolmasa, ko‘zi shunaqa — har kimga bir qarab javdirayveradi. 
Xo‘janing ko‘zlari shunaqa edi. 
Hordiq kunlari dadam bilan oyim nonushta paytida «Nekalay» zamonidan qolgan 
samovarni o‘rtaga qo‘yib uzoq suhbatlashib o‘tirishar edi. Bir kuni dadam tajang bo‘lib 
gapirib qoldi: 
— O‘ziyam ja-a-a Xudo urgan xotin ekan-da, o‘sha Ra’no! Mana, Egamberdi omon-eson 
keldi-ku! O‘larmidi likillamasdan ko‘milib o‘tirsa! 
Oyim bir nuqtaga tikilgancha o‘yga toldi. Ko‘zlariga g‘ussa cho‘kdi. 
— Boshidayam-ku, yulduzi yulduziga uncha to‘g‘ri kelmasdi-ya, — dedi sekin. — Ammo 
bari bir chatoq bo‘ldi. Ikki orada bola bechora tirik yetim bo‘lib qoldi. 
Tushundim, Xo‘jani gapirishyapti. Dadasi urushda yurganda oyisi boshqa odam bilan 
Chirchiq degan joyga qochib ketgan ekan... 
Oyim aytgan «tirik yetim» degan gapning ma’nosini tushunmasam ham Xo‘jaga rahmim 
kelib ketdi. Unga qanchalik rahmim kelsa, oyisini shunchalik yomon ko‘rib qoldim. 
Xo‘ja buvisi, dadasi bilan katalakdek hovlida turardi. Egamberdi akaning jahli yomon. 
Doim yaltiroq tugmachali jigarrang kitel kiyib yuradi. Gapirganida duduqlanib qoladi. 
Chap qo‘li tayoqday osilib turadi. Xo‘janing aytishiga qaraganda, urushdan keyin ham bir 
yilcha gospital degan katta kasalxonada yotgan ekan. Doktorlar qo‘lini kesmoqchi 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish