Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
pallaga ayirdi-da, qirg‘ich bilan tozalashga tushdi. Keyin pallalarning qirrasini arraning 
tishiga o‘xshatib jimjimador qilib qirqib chiqdi. Ikki pallani bir-biriga yopgan edi, orasi 
kovak koptokka aylandi qoldi. 
— Nima qilmoqchisan? — dedi Toy burnini tortib. 
— Burningga osib qo‘yaman! — dedi to‘ng‘illab jo‘raboshi. — Artib ovora bo‘lib 
yurmaysan. — Keyin qovoqni bir chekkaga qo‘ydi-da, Toyga buyurdi. — Qorong‘i 
tushganda shu yerga kelasan. Sen ham, — dedi menga imo qilib. — Xo‘ja bari bir 
kelolmaydi. Dadasi chiqarmaydi. 
— Nimaga o‘zi? — dedim tushunmay. 
— Tomosha ko‘rsataman. 
— Vali-chi, Vali ham keladimi? — dedim nariroqda tol yog‘ochidan hushtak yasayotgan 
Valiga imo qilib. 
— Yo‘q, — Jo‘raboshi keskin bosh chayqadi. — U ham oyisidan qo‘rqadi. Es-es, kim 
kelmasa pes! 
Kechki ovqatdan keyin bekinmachoq o‘ynayotgan akalarimning ko‘zini shamg‘alat qilib 
maydonchaga chiqdim. Qorong‘ida, tol tagida Toy bilan jo‘raboshi turibdi. Jo‘raboshining 
qo‘lida boyagi qovoq. Faqat odamning boshiga o‘xshatib «og‘iz-burun» teshib qo‘yibdi. 
Negadir hammayoqni lampamoy hidi tutib ketgan... 
— Laychang nimaga keldi? — deb to‘ng‘illadi jo‘raboshi. 
Qarasam, gurji kuchugim oyog‘im tagida dumini likillatib turibdi. 
— O‘zidan so‘ra! — dedim men ham to‘ng‘illab. 
Jo‘raboshi yerdan kesak olib otgan edi, it angillab qochdi. 
— Nega urasan? 
— Xalaqit beradi! — dedi jo‘raboshi zarda bilan.— Yur, bo‘lmasa kech qolamiz. 
Toy ikkalamiz beixtiyor unga ergashdik. Qatorlashib Darhon arig‘ining bo‘yiga bordik. 
Ariq shu yerdan burilib oqar, nariroqda shox-shabbalar ustiga tuproq tashlab yasalgan 
ko‘prik bor edi. Jo‘raboshi Toy ikkalamizni majnuntollar quyuq o‘sgan qorong‘i sohilga 
olib tushdi. Negadir yuragimni qo‘rquv bosdi. 
— Nima qilamiz o‘zi? — dedim ovozimni balandlatib. 
— O‘chir! — Jo‘raboshi kerosin hidi anqib turgan mushtini burnimga tiradi. — G‘ing 
desang, suvga otvoraman. 
Shu payt uzoqdan allakimning qadam tovushi eshitildi. 
— Kelyapti! — dedi jo‘raboshi pichirlab. Shosha-pisha qovoq pallasini ochdi. Kerosin hidi 
qayerdan kelayotganini endi bildim: qovoqning ichi to‘la lampamoyga botirilgan latta 
ekan. Jo‘raboshi yonidan gugurt olib chaqqan edi, lop etib olov ko‘tarildi. U chaqqonlik 
bilan ikkinchi pallani yopdi-da, qovoqni suvga qo‘yib yubordi. Suv yuzasida «og‘iz-
burni»dan olov chiqarayotgan «kalla» qalqib-qalqib suzib ketdi. Jo‘raboshining niyatini 
endi tushundim. Boyagi qadam tovushlari Zebi xolaniki ekanini ham endi bildim. 
Qorong‘i bo‘lsa-da, katta-katta qadam tashlashidan, yelkasidagi ketmonidan tanidim. 
Hushimni yig‘ib olgunimcha u tuproq ko‘prik ustiga kelib qoldi. Suv yuzida qalqib 
kelayotgan olovli «kalla»ni ko‘rdiyu taqqa to‘xtadi. 
— Voy, voy o‘lmasam! — dedi-da, ko‘prik ustiga tappa o‘tirib qoldi. — Bis-bis-bismillo... 
— dedi duduqlanib. Hatto tovushi ham ingichkalashib ketgandek bo‘ldi. Keyin 
gandiraklab o‘rnidan turdi-da, ovozi boricha qichqirdi. — Dod, voy-dod! 
O‘rnimdan otilib turdim. 
— Qo‘rqmang, xola! — dedim baqirib. Ammo jo‘raboshi bilagimdan mahkam tutib
kerosin hidi anqib turgan kafti bilan og‘zimni to‘sdi. Ko‘nglim aynib ketdi. 
— Qo‘yvor, eshak! — dedim bo‘g‘ilib. — Baribir aytib beraman! 
— Aytib ko‘r-chi! — Jo‘raboshi yana mushtini do‘laytirdi. — Jig‘ingni ezib qo‘yaman! 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish