Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
Boyadan beri angrayib turgan Toy jahl bilan qo‘l siltadi-da, indamay nari ketdi. 
Ertasiga choy ustida oyim vahimali xabarni dadamga aytib berdi: 
— Zebi opa sho‘rlik bir holatda yotibdi. Ajina ko‘rdim, deydi. Og‘zidan olov sochib 
bechoraga daf qilganmish. Yo ko‘ziga ko‘ringanmi... 
Dadam jerkib berdi: 
— Ajinaga balo bormi? Bitta-yarimta xudobexabar qo‘rqitgandir-da. 
— Bechoraga shu ko‘rgilik ham bor ekan, — dedi oyim iztirob bilan. — O‘zining g‘ami 
yetmasmidi... 
Hammasiga men aybdordek sekin boshimni ichimga tortdimu mum tishlab o‘tiraverdim. 
Zebi xolaning nima g‘ami borligini bir haftadan keyin tushundim. O‘sha kuni Hoji 
buvining chorbog‘ida sumalak bo‘ldi. Qiyg‘os gullagan o‘rik tagiga sholcha yozilgan, 
hamma topganini olib chiqqan, xotinlar bir-biriga gap bermay chuvillashar, biz bolalar 
ham sumalak yalashdan benasib qolmaslik uchun atrofda o‘ralashar edik. O‘shanda Vali 
bilan yangi o‘yin topib olgandik. Baquvvatroq simni «Ch» raqamga o‘xshatib buklaymiz-
da, eski bochkadan chiqqan temir halqaga tirab g‘ildiratamiz. Qancha tez yugursak, 
g‘ildirak shuncha qattiq jaranglaydi. Agar ovozini pasaytirmoqchi bo‘lsak, buning ham 
yo‘li bor: g‘ildirakni suvga botirib olsak, ovozi chiqmaydi. Maza! 
Bir mahal Zebi xolaning oldida o‘tirgan oyim imlab chaqirib qoldi. 
— O‘rtog‘ing bilan borgin-da, — dedi sekin, — adangning hujrasidagi dutorni obke. 
Ikkilanib qoldim. Dutorga hech kim qo‘l tegizolmas, dadam uni doim hujrasida saqlar, 
ba’zan kechqurunlari «Dilxiroj», «To‘rg‘ay», «Qari navo», yana allaqanday kuylarni 
chalib o‘tirishni yaxshi ko‘rardi. Oyimning aytishicha, dadam dutorni yoshligida eng zo‘r 
ustaga buyurtirib yasatgan ekan. 
— Bilib qolsalar urishadilar-ku, — dedim oyog‘im tortmay. 
— Bilmaydi! — Zebi xola qo‘l siltab do‘rilladi. — Nima, yeb qo‘yarmidim. 
— Ketdik! — dedim Valiga. 
Ikkalamiz g‘ildiraklarni jaranglatgancha yugurib ketdik. 
— Ehtiyot bo‘l, sindirib qo‘yma! — deb baqirdi oyim ketimizdan. 
...Zebi xola g‘ilofni ochgan zahoti dutor sadaflari yaraqlab ketdi. U dutorni cherta 
boshlashi bilanoq, boyadan beri chuvir-chuvir qilayotgan xotinlar jimib qolishdi. Qiziq, 
o‘zim ham o‘rikka suyangancha bir qo‘limda sim, bir qo‘limda g‘ildirak bilan qotib 
qoldim. Dutor dadamning qo‘lida qandaydir sho‘x, baland ovozda jaranglar edi. Hozir 
Zebi xola chertganda esa ingrab yuborgandek bo‘ldi. Go‘yo dutorni Zebi xola chalmas, 
torlarning o‘zi nola qilar edi. Ayollar har xil alpozda sehrlangandek qotib qolishgan, 
bahor chechaklari barq urgan daraxtzor orasida, oqish-pushti o‘rik gullari qanotida, Hoji 
buvining qizg‘aldoqlar lovullagan pastak tomi ustidan nurdek mayin kuy taralardi. 
Zebi xola bir-ikki tomoq qirib oldi-da, qo‘shiq boshladi. Uning erkaklarnikiga o‘xshash 
do‘rillagan ovozi ashula aytganida shu qadar yoqimli bo‘lib ketganiga hayron qoldim. 
Yo‘q, uning tovushi mayinlashgani yo‘q. Ammo u shunchalik bosiq, shunchalik o‘rtanib 
kuylardiki, badanim jimirlab ketdi. 
Yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, 
Changi chiqsa suv sepay, ko‘zdagi yoshim bilan... 
Mayin shamol esar, o‘rik gullari unsiz to‘kilar, daraxtzor ostida maysalar ohista tebranar, 
ammo butun tabiat bir zum unsiz bo‘lib qolgan, hamma-hammasi faqat mana shu dutor 
sadolariyu mana shu qo‘shiqni tinglash uchun tinchib qolgandek edi. O‘sha manzarani 
o‘ylasam, xayolimga hadeb bir gap keladi. 
Keyin, katta bo‘lganimdan keyin ham muhabbat haqida, vafo haqida ko‘p qo‘shiqlar 
eshitdim. Biroq, ayol sadoqati to‘g‘risida bundan yaxshi ashula eshitganim yo‘q... 
Zebi xola endi ko‘zlarini yarim yumgancha boshqa qo‘shiq aytardi. 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish