Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
voqea bo‘ldi. Redaksiyada ishlab o‘tirsam, egnidagi kiyimidan tortib taqinchoqlarigacha 
juda yarashgan ko‘hlik ayol kirib keldi. 
Anchagacha gapni nimadan boshlashni bilolmay uyalib o‘tirdi-o‘tirdi-da, oxiri dardini 
ochdi. 
— Usmon akam ikkalamiz bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz. Ammo ajrashmasak bo‘lmaydi. 
Xudo haqqi, bunaqa masalalarga aralashishni jinimdan yomon ko‘raman. 
Ko‘hlik juvonga to‘g‘risini aytdim, o‘z hayotingizni o‘zingiz hal qiling, dedim. 
Ayol bir zum yerga qarab turdi-da, iltimos qildi. 
— Usmon akam bilan bir gaplashib ko‘rsangiz... 
«Usmon akasi» kelishini xayolimga ham keltirmagan edim. Uch kundan keyin eshikdan 
har jihatdan mukammal yigit kirib kelib o‘zini tanishtirganida hayron qoldim. Ikkovlari 
bir-biriga shu qadar munosib ediki, shundoq oilaning ajrashmoqchi ekaniga achinib 
ketdim. Gapni nimadan boshlashni bilmay garangsib turgan edim, Usmonning o‘zi 
muddaoga o‘tdi. 
— Xotinim meni, men xotinimni sevaman. Bolamiz yo‘qligiga xafaman. Ammo choramiz 
ham yo‘q! 
— Hozirgi zamon meditsinasi uchun shuyam problema bo‘ptimi, — dedim Usmonni 
yupatib. — Uchrashib ko‘ringlar axir. 
Ma’yus jilmaydi. 
— O‘zim vrachman. Vrach bo‘lganim uchun xotinimning tug‘ishini xohlamayman. 
Butunlay esankirab qoldim. 
— Nega axir? Bir-birlaringni sevsangiz. Munosib bo‘lsangiz... 
— Men vrachman, — dedi Usmon yana bo‘g‘iq ovozda. — Genetikani yaxshi bilaman. 
Xotinimning o‘g‘il tug‘ishidan qo‘rqaman. — U yana xo‘rsindi. — Qo‘rqaman. Umuman, 
hammasiga o‘zim aybdorman. Nazirani sevardim. Xudbinlik qildim. Boshida aytishim 
kerak edi. 
U nimanidir, juda muhim narsani aytishga ikkilanar edi. 
— Mayli, — dedi nihoyat. — Rostki, sizga yuragimni ochdimmi, bu yog‘iniyam aytishim 
kerak. Mening buvam — dadamning otasi ShZ bo‘lgan. 
— Nima u ShZ? — dedim daf’atan tushunolmay. 
— Shezofreniya kasalligi. Ruhiy xastalikni meditsinada shunaqa deyiladi. Bu — naslga 
o‘tadigan dard. Ota avlodida bo‘lsa o‘g‘ilgami, nevaragami, xullas kimgadir o‘tadi. 
— Qiziq ekansiz, — dedim uni yupatib. — Vrachlar vahimachiroq bo‘ladi o‘zi! O‘tmasa-
chi! 
— O‘tsa-chi! — Usmon mahzun qiyofada boshini quyi soldi. — Men-ku mayli, Nazirada 
nima ayb? Ruhiy xasta bola bilan umrbod ezilib yuradimi?! 
Yana allanimalar deb ko‘nglini ko‘targan bo‘ldim. Usmon mahzunlik bilan jilmayib o‘tirdi-
o‘tirdi-da, indamay chiqib ketdi. 
...Shunda chakka o‘tgan o‘sha kecha, erta bahorda oyim bilan loy kechib, Qa’niga 
borganimiz, frontovik sartarosh, yana ko‘p narsalar yodimga tushdi. Onamni qo‘msash 
aralash sog‘inch tuyg‘usi vujudimni sirqiratib yubordi. Shu paytgacha o‘zim tushunmay 
yurgan ko‘p haqiqatlarni anglagandek bo‘ldim. 
...Qaysi kuni metro stansiyasi oldida Gulini ko‘rib qoldim. Yonida baland bo‘yli, jingalak 
sochli yigit. Mo‘ylovi o‘ziga xo‘p yarashgan. U Gulining jajji sumkachasini ko‘tarib olgan. 
Guli uni qo‘ltiqlab kelar, yigit xushchaqchaq bo‘lsa kerak, allanimalarni gapirar, Guli 
xandon otib kular edi. 
Uch kundan keyin Gulini ko‘chada uchratdim. 
— Yaxshi bolaga o‘xshaydi, — dedim o‘sha yigitni eslab. 
— Kim? 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish