www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
— O‘sha kungi yigit. To‘y qachon?
Guli qizardi. Ammo quvonchini yashira olmadi.
— Farhod akam yoqdimi sizga? — dedi jilmayib.
— Yoqdi, — dedim rostini aytib. — Kasbi nima?
— Oshpaz, — Guli yana jilmaydi. — Shefpovar.
— Qarindoshlaring emasmi?
Guli «yo‘q» degandek bosh chayqadi.
— Qayerlik ekan o‘zi?
Guli hayron qolib chiroyli kipriklarini pirpiratdi.
— Buning nima ahamiyati bor?
— Mabodo avlodidan o‘g‘rimi, nashavandmi chiqmaganmi? — Beixtiyor og‘zimdan
onamning savoli chiqib ketdi.
Guli birdan jiddiy tortdi. Qoshini chimirdi.
— Nima deganingiz bu?
— Jinni-chi? Mabodo qarindosh-urug‘larida ruhiy kasallar yo‘qmi? Surishtirib ko‘ring.
Guli ko‘zimga tikilib turdi-da, sekin-sekin orqasiga tisarila boshladi. Nariroqqa borib
birdan yugurib ketdi. Chamasi meni esdan og‘ib qolgan deb o‘yladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |