Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
— Voy, sho‘rim! — dedi pichirlab. — Kelib-kelib xotinidan so‘rabman shekilli. 
U hamon sirg‘angancha obkashini lapanglatib ketayotgan ayolga anchagacha qarab 
turdi-da, qo‘limdan tutdi. 
— Yur, keta qolaylik. 
Bu yerga nima uchun kelganimizni tushungandek bo‘ldim. 
Kecha dadam «surishtirib ko‘rish kerak» degan edi. Bundan chiqdi oyim sovchilarni 
qo‘ni-qo‘shnisidan bilib olmoqchi. 
Choyxona ro‘parasida pastak tomiga qora qog‘oz tashlangan, derazasining ko‘ziga 
yaltiroq xitoy qog‘oz yopishtirilgan sartaroshxona bor ekan. Ichkarida kim borligini 
bilmadimu, biroq do‘kon eshigi oldidagi yog‘och xarrak bo‘sh edi. Uch-to‘rt qadam 
yurgandan keyin oyim to‘xtab qoldi. 
— Sochingni oldiramizmi? — dedi to‘satdan. 
Ikkilanib qoldim. Sochimni oldirib borsam, akalarim, jo‘raboshi albatta boshimga 
shapatilab «ustara haqi» olishadi. 
— Yura qol, — oyim yelkamga qoqdi. — Soching o‘sib rangingni siqib yuboribdi. 
Ochiq eshikdan sekin mo‘raladim. Ichkarida mijozlar yo‘q, oldiga kir peshband taqqan 
sartarosh devor tomonga qarab choy ichib o‘tirgan ekan. Kechagi yomg‘irda bu yerdan 
ham chakka o‘tgan shekilli, hujraning xomsuvoq qilingan devoriga uzun-uzun zahkash iz 
tushib qolgan. Oyim eshikdan mo‘ralab, sekin yo‘taldi. 
Sartarosh yelkasi osha burilib qaradi. Mo‘ylovi tekis qaychilangan qisiqroq ko‘zli kishi 
ekan. 
— Jiyanning sochini olamizmi? — dedi o‘rnidan turib. Shundagina uning bitta oyog‘i 
yog‘och ekanini ko‘rdim. Nosrang galife shimining yog‘och oyog‘idagi pochasini qayirib 
qo‘yibdi. U taxtalarining orasi ochilib yotgan polni do‘pillatib yaqin keldi. — O‘tir, jiyan, 
— dedi eski kursiga imo qilib. 
Devorga tirab qo‘yilgan xira toshoyna ro‘parasiga o‘tirdim. Oyim boshimdan do‘ppimni 
yechdi-da, boya sartarosh o‘tirgan kursiga joylashdi. 
— Ustarada olamizmi, mashinadami? — sartarosh stol ustida yotgan, soch tolalari 
yopishgan matoni qoqib-qoqib bo‘ynimga solarkan, onamga yuzlandi. 
— Mashinada ola qoling, — dedi oyim. 
Sartarosh qutichadan yaltiroq mashinasini oldi. Chakkamga mashinani tirab shiq-shiq 
qilgancha sochimni olishga tushdi. 
— Nega ixraysan? — Sartarosh boshimni besh barmog‘i bilan changallagancha dashnom 
berdi. — Soldat hamma narsaga chidashi kerak. Za Rodinu, deb atakaga borsang ham 
ixraysanmi? 
Oyimdan panoh kutib, aksini oynada ko‘rish umidida mo‘raladim. Biroq ko‘zgu 
shunaqangi xira ediki, o‘zimning yuzimni zo‘rg‘a ko‘rardim. 
— Siz shu yerlikmisiz? — dedi onam bir mahal. 
— Sho‘tlikmiz, — sartarosh ishini davom ettirarkan, onamga burilib qaradi. — Nimaydi? 
— Men bir xayrli yumush bilan keluvdim, — dedi oyim osoyishta ohangda. — Odilxo‘ja 
deganni taniysizmi? Ayollari chevar ekan. Muborak chevar. 
— Nega tanimas ekanman! — Sartarosh tantana bilan ovozini balandlatdi. — Shundoq 
Mahmud bukur bilan qo‘shni turadi-da, otxonadan o‘tsangiz to‘rtinchi darvoza! 
— Bir narsani bilmoqchiydik, — oyim bir zum jimib qoldi-da, davom etdi. — 
Xudoyligingizni aytsangiz: qanaqa odamlar o‘zi, tag-zoti qanaqa, asli shu yerlikmi yo 
boshqa joydan kelishganmi? 
— Ha-a-a! Bundoq demaysizmi? — Sartarosh onamning maqsadini tushundi shekilli, 
bosh irg‘adi.— Tag-zoti toza odamlar! Qadimdan shu yerda turishadi. Ota-bobosi 
bog‘bon o‘tgan. Katta uzumzori bo‘lardi. Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish