www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
chiqqanda, bir kosada sho‘rva ichardik, biznikiga kelganida bir ko‘rpada yotardik.
Do‘stim onamni «oyi» deb atar edi. Oyim ham uni «beshinchi o‘g‘lim», derdi. Shunday
qilib, hamma sirlarimni shu do‘stimga aytardim. Do‘stim ishning ko‘zini biladigan yigit
edi. «Qo‘yavering, — derdi u yupatib, — qizlarning shunaqa noz-firog‘i bo‘ladi. Nimaga
noz qilayotganini o‘ziyam bilmaydi. Siz indamay yuravering, bir kuni o‘zi bosh egib
keladi...» Do‘stim to‘g‘ri aytardi. Men endi oqshom sayllari o‘rniga kutubxonada
o‘tiradigan bo‘ldim.
Imtihonlar yaqinlashib qolgan edi. Bir kuni qiroatxona yopilguncha o‘tirdim. Ko‘chaga
chiqdimu o‘sha o‘zimizning xiyobondan o‘tgim keldi. Iliq yoz oqshomi edi. Osmonda
to‘lin oy pokiza nur sochar, yulduzlar xushchaqchaq porlar, bog‘ ustida shabada shodon
shivirlar edi. Suv bo‘yidagi o‘zimizning skameykaga yaqin keldim. Keldimu juda tanish,
juda jarangdor kulgini eshitib, taqqa to‘xtadim. Bu kulgini bir chaqirim naridan ham tanir
edim. Ichimda bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. Xuddi o‘sha joyda, yaqindagina men
bilan o‘tirgan skameykada o‘sha qiz o‘tirardi. Mening o‘rnimda esa... do‘stim o‘tirar,
qizning yelkasidan quchib, ko‘ksiga tortar, qiz esa undan o‘zini olib qochgandek bo‘lar,
mening bag‘rimda qanday kulgan bo‘lsa, uning quchog‘ida ham shunday g‘amza bilan
jilpanglar edi... Odam bir yo‘la ham muhabbatidan, ham do‘stidan ayrilib qolsa og‘ir
bo‘larkan... Uyga qaytdimu, hovli o‘rtasidagi supaga muk tushib yotib oldim. Hozir hech
kimni, hatto onamni ham ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi. Ancha yotdim. Bir mahal ko‘cha
eshik tomonda do‘stimning ovozi keldi:
— Assalomu alaykum, oyi!
G‘azabdan butun vujudim qaltirar, ammo o‘rnimdan turolmas, oyimning u bilan aylanib-
o‘rgilib ko‘rishganini eshitib yotar edim.
Keyin uning xushchaqchaq tovushi eshitildi:
— Iya, bizning o‘rtoqqa nima bo‘ldi?
Bilmayman, sakrab turib basharasiga musht tushirdimmi yo ustimga egilganida urib
yubordimmi... Shunisi esimdaki, u so‘lagi sachrab ketgan labini artib qandaydir
g‘ayritabiiy, behayo iljaydi-da, indamasdan chiqib ketdi. Nariroqda oyim karaxt bo‘lib
turardi. Negadir madorim qurib yana yotib qoldim. Osmonda xoin oy kezar, behayo
iljaygancha harom nurini sochar, xiyonatkor yulduzlar xoinlarcha ko‘z qisishar,
xiyonatkor shamol xoinona qiqir-qiqir kular edi.
Bir mahal tepamga onam keldi. O‘zimni uxlayotganga solib ko‘zimni chirt yumib oldim. U
anchagacha yonimda o‘tirdi-o‘tirdi-da, sekin pichirladi:
— Qo‘yaver, o‘g‘lim, ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi. Faqat sen...
Gapining davomini eshitmadim. Eshitishni xohlamasdim ham. «Nima men?! — dedim
xayolan xitob qilib. — Men nima qilay? U ko‘zing bu ko‘zingni o‘yaman desa, eng sirdosh
kishilaring xiyonat qilsa, do‘sting xiyonat qilsa, nima qilish kerak?! Birov xiyonatni
shunchaki kasbga aylantirib olgani uchun, birov ishini bitirib olish uchun, birov hasad
qilgani uchun xiyonat qilaveradimi? Shuning uchun bu dunyoni yolg‘onchi dunyo
deyishadimi? Unday bo‘lsa, yashashning nima ma’nisi qoldi?! Qani ayting, nimaga isho-
nish kerak, kimga ishonish kerak?»
Yuragim gursillab urgancha xayolan shunday deb hayqirdim. Biroq vujudimni o‘rtagan
savollarga javob topolmasdim. Onam esa jimgina peshonamni silab o‘tirar, qo‘llari
bilinar-bilinmas titrayotganini sezib turardim. Shunda to‘satdan yana yosh bolaga
aylanib qoldim. O‘shanda akamning o‘rtog‘i aldab ketganida, sinfdosh o‘rtog‘im tuhmat
qilganda... onamning yupatishlariga ovungandek... Qalbimning zulmat bosgan qaysidir
burchagida ojiz, ammo ishonchli bir nur yilt etdi. «Onang-chi, onang hech qachon
xiyonat qildimi senga! Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi? Har kim har kimning
ko‘ziga cho‘p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o‘z
Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: |