BOLA YIG‘ISI Onamning jahli chiqqanini kamdan-kam ko‘rardim. Ammo bu gal juda qattiq
achchiqlandi. Opamnikiga ketayotgan edik. Tor ko‘chaga burilishimiz bilan yig‘i ovozi
eshitildi. Ko‘cha chetida uch yoshlardagi bola yerga dumalab tajanglik bilan chinqirar,
oppoq ko‘ylagi, ishtonchasi qora tuproqqa belangan edi.
— Mashinani to‘xtat, o‘g‘lim, — dedi onam xira tortgan ko‘zlarini o‘sha tomonga tikib.
— Nima edi?
— To‘xtata qol, bolam, — deya onam ma’yus jilmaydi.
Ikkilanibroq to‘xtatdim.
Onam inqillab-sinqillab eshikni ochib tushdi. Uvishgan oyoqlarini uqalagancha