44
A.E. Lichko va L.Rubina o'smirlarni patoxarakteriologik xususiyatlarini
deviant hulqni keltirib chiqaruvchi asosiy omili sifatida o'rgangan. F. S. Moxov
o'smirlik davridagi ichkilikbozlikga ruju qo'yish masalasiga ahamiyat qaratgan
bo'lib, uning izlanishlariga ko'ra spirtli ichimliklarning 75 % i sakkizinchi sinfda,
80 % i to'qqizinchi sinfda, 75 % o'ninchi sinfda iste'mol qilinar ekan. Govard
Keplan, L. I. Bojovich bo'lsa o'smirlarni o'zini - o'zi qabul qilish va o'z "men"ini
noto'g'ri anglash ham ijtimoiy dezadaptasiyani keltirib chiqarishi ta'kidlangan.
Psixikaning nosog'lom rivojlanishi narkomaniya, alkogolizm ya'ni addektiv hulq,
suisidal hulq va boshqalar. Bularning bari jamiyat tomonidan qabul qilingan
normalarni noto'g'ri qabul qilish ya'ni ijtimoiy dezadaptasiyasidir.
L.M. Zyubin, tarbiyasi qiyin o'smirlarni motivasion
sohasini harakatga
keltiruvchi uchta sababni ajratadi:
1. Aqliy rivojlanishni umumiy darajada yetishmasligi (ammo patologiya emas)
xulqini o'zi to'g'ri anglay olmasligi va uning oqibatini progniz qila olmaslikka
ta'sir ko'rsatadi.
2. Mustaqil o’ylanishni yetishmasligi va buning oqibatidagi konforizm.
3. Quyi darajada bilish aktivligi, hissiy istaklarni beqarorligi va qashshoqligi.
Charl Kuin kontsepsiyasi bo'yicha o'smirni yoshligida mehr – muhabbat,
xurmat, mehnat, atrofdagilargak achinish, hamdardlik hislarini uyg'otish kerak.
Bolani har taraflama rivojlantirib, hayot maktabini o'rgatish va ko'p bilim berish
lozim. B.M.Umarov hulq og'ishgishga ega bo'lgan o'smirlar va o'spirinlar shaxsi
muammosini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlardan ma'lum bo'ladiki,
bugungi kunda bu sohada bir qator muammolar ko'zga tashlanmoqda. Ana
shunday muammolardan biri xulq og'ishishiga ega bo'lgan o'smirlar va o'spirinlar
shaxsini o'rganish bo'yicha tadqiqot metodlarining yetishmasligi va borlarining
hali respublikamiz muhitiga moslashtirilmaganligi bo'lsa,
ikkinchidan xulq
og'ishishga ega bo'lgan o'smirlar shaxsini deformatsiyalashuvini oldini olish
borasidagi ishlarning talab darajasida emasligidir. J. Bedler jismoniy pubertat
bilan psixik pubertatni ham uning ishdagi 3 ta fazani ajratdi. Birinchisi - bu psixik
45
pubertatlikning arafasi bo'lib, 11-12 yoshli o'smirlarda alohida belgilar paydo
bo'ladi. Beboshlik, urushqoqlik, bolalar o'yinlari unga qiziq ko'rinmaydi, undan
kattaroq o'smirlarning o'yinlari esa tushunarsiz bo'ladi. "Arafa" uning keyingi 11-
13 yoshda qizlar va 14-16 yoshdagi o'g'il bolalarni o'z ichiga olgan salbiy
(negativ) faza bilan almashinadi. Atrof-muhitga o'tuvchi tez qo'zg'aluvchanlik
bezovta
holat nozlik tavakkalchilik, jismoniy kabilar bu davrga xos asosiy
belgilardir. Shuning uchun ko’pchilik o'smirlarda o'ziga va atrofdagilarga bo'lgan
o'zini yolg'iz, begona va boshqalar tomonidan tushunilmaganligini sezish kabi
holatlarini uchratishimiz mumkin. Bu vaqtda asosan bola qarama-qarshiliklarga
salbiy ta'sirlarga o'ta sezgir bo'lib qoladi. Bunday vaziyatlar bolada yoki agressiv
o'zini – o'zi himoya qilishni yoki passiv melanxoniyani keltirib chiqaradi.
Xulqi og'ishgan o'smirlarning motivasion sohasi borasida ish olib borgan
G.Bochkaryovaning ta'kidlashicha, xulqi og'ishgan o'smirlarning shaxsi buzuq
axloqiy ehtiyojlar va egoistik yo'nalishdagi motivlarning
ustunligi hamda
jamiyatga zarar keltiruvchi ehtiyojlari bilan tavsiflanadi. O'zbekistonlik olima
G.Q. Tulaganova tarbiyasi qiyn o'smirlarning qiziqishlarini ularning motivasion
– ehtiyoji sifatida o'rganib, ularning qiziqishlari sohasi oilaviy tarbiyaga, o'quv
faoliyatiga qiziqishi va motivasiyasiga va qiziqishlar sohasining voqelikka
nisbatan yetakchi munosabatlari bilan bog'liqligini aniqladi. Tadqiqotdan olingan
natijalar xulqi og'ishgan o'smirlarda qiziqishlarning torligini va ular asosan
moddiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liqligini ko'rsatadi. O'zbekiston
psixologlari tomonidan xulqi og'ishganlik muammosi doirasida ko'plab
tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, unda mazkur davrga xos bo'lgan
fiziologik,
psixologik o'zgarishlar keng doirada taklif qilingan. Psixolog olim G'.B.
Shoumarov fikricha o'smir organizmida ro'y beradigan biologik o'zgarishlar
shundan iboratki, bola rivojlanishining aynan shu davrida biologik, fiziologik
yetuklik doirasida tub o'zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy
balog'atga etish davrining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o'zgarishlar
bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda
46
gipofiz bezining
funktsiyalari faollashadi, organizmning endokrin sistemasi
yaxshi ishlashi natijasida modda almashinuvchi ichki organlar va tananing
rivojlanishini jadallashtiradi. Bo'yning o'sishi, vazning ortishi, ko'krak qafasining
kengayishi, jismoniy rivojlanishi o'spirinlik yoshiga xos xususiyatdir. Turli organ
va to'qimalarning o'sishi yurak faoliyatining zo'riqishiga sabab bo'ladi. A. Lichko
va L.Rubina aniqlashicha psixonervologik dispanserlarda ro'yhatga olingan
o'smirlar voyaga yetmagan bolalar ishlari bo'yicha inspektsiyasida ham ro'yhatda
turadi. Shu bois xarakter aktsentuasiyasini erta tashxis qilish,
amaliy psixolog
ishida juda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xarakter aktsentuasiyasi bu – ba'zi
xarakter xususiyatlarining o'ta kuchayib ketishi oqibatida ayrim turdagi psixogen
omillar ta'siriga berilishining ortishi va aksincha boshqa omillarning ta'siriga
beriluvchanlikning susayishidir. N.Kamilova o'zining ilmiy tadqiqot ishida xulqiy
og'ishishlarga o'smirning o'ziga – o'zi noadekvat baho berishi va o'z "men" ni
anglashdagi nuqsonlarni asosiy omillardan ekanligini ko'rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: