EXPRÈS
EXTINCTEUR
220
qilish; tushuntirib berish; 3. mus tema; musiqa asarining asosiy ohangi; 4.
joylashish, joylashtirish; qaratib o‘rnatish; exposition au nord shimolga
qaratib o‘rnatish, joylashtirish; 5. photo suratga olishda fotoplyonkaga
ma’lum vaqt nur tushirish; 6. phys nurlantirish, nur berish.
exprès
1
, esse
I. adj 1. qattiq; jiddiy, qat’iy; aniq; un ordre exprès jiddiy
buyruq; une défense expresse nihoyatda qattiq mudofaa; 2. shoshilinch,
oshig‘ ich, kechiktirib bo‘lmaydigan, zud zarur, zud; une lettre expresse
shoshilinch xat; II. nm chopar.
exprès
2
adv ataylab, qasddan; faire exprès ataylab qilmoq.
express
I. adj un train express tez yurar poyezd; II. nm ekspress, tez
yurar poyezd; prendre l’express tez yurar poyezdga o‘ tirmoq.
expressément
adv 1. qat’iyan, qat’iy ravishda, qattiq, qat’ iy; il est
expressément défendu de fumer; chekish qat’iyan man etiladi; 2. ataylab,
qasddan.
expressif, ive
adj ifodali, jonli, ma’noli, ma’nodor; un geste expressif
ma’nodor imo-ishora; le caractère expressif ma’nodorlik, ifodalilik, jonlilik.
expression
nf 1. ifodalash; bayon qilish; 2. ibora; so‘z; matal; 3. tashqi
ko‘rinishda, ko‘zda, yuzda aks etgan belgi, chehra; 4. math ifoda; une
expression algébrique algebraik ifoda; 5. ifodalilik, jonlilik, ma’nodorlik; 6.
siqib suvni chiqarish.
expressionnisme
nm ekspressionizm (Yevropada: san’at va adabiyotda
20-asrning birinchi yarmida paydo bo‘lgan yo‘nalish; bu yo‘nalishning
namoyandalari san’atkorning asosiy vazifasi insonning ichki dunyosini
yoritishdan iborat, deb hisoblaydilar).
expressionniste
I. adj ekspressionizm va ekspressionizmga oid,
ekpressionistik, ekspressionistik; ekspressionist; II. n ekspressionist,
ekspressionizm tarafdori.
exprimable
adj ifodalanadigan, ifodalanishi, ifodalash mumkin; un
sentiment difficilement exprimable qiyin ifodalanadigan his-tuyg‘u.
exprimer
1
vt 1. ifodalanmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq (ti l vositasida),
bildirmoq; exprimer sa douleur par des larmes hasratini ko‘z yoshlari bilan
ifodalamoq; exprimer sa reconnaissance o‘z minnatdorchiligini ifodalamoq.
exprimer
2
I. vt siqib, sitib suvini chiqarmoq; II. s’exprimer vpr 1.
gaplashmoq, gapirishmoq, o‘zaro, bir-birini tushunmoq; il n’arrive pas à
s’exprimer dans cette langue u bu tilda qiyinchilik bilan gaplashadi; 2.
aytmoq, gapirmoq; fikrini ifoda qilmoq; 3. ifodalanmoq, ko‘rinmoq, namoyon
bo‘lmoq; cela ne peut s’exprimer buni so‘z bilan ifodalash mumkin emas.
expropriation
nf ekspropriatsiya qilish (ishlab chiqarish vositalaridan,
mol-mulkidan, ilgarigi mavqedan mahrum qilish).
exproprier
vt ekspropriatsiya qilmoq, egasidan tortib olmoq, ishlab
chiqarish vositalaridan, mol-mulkidan mahrum qilmoq, olmoq, davlat
ixtiyoriga o‘tkazmoq, musodara qilmoq; exproprier qqn biror kimsani mol-
mulkini tortib olmoq, musodara qilmoq.
expulser
vt 1. chiqarib yubormoq, haydab chiqarmoq, haydamoq, -dan
chiqarmoq, badarg‘a, surgun qilmoq; bo‘shatmoq (ishdan)expulser qqn de
son pays biror kimsani vatanidan chiqarib yubormoq; 2. méd expulser un
calcul buyrakdan tosh olmoq.
expulsion
nf 1. chiqarib yuborish; haydab chiqarish, haydash, o‘chirish,
quvish, bo‘shatish (ishdan); l’expulsion d’un étudiant de l’université
talabani universitetdan haydash; l’expulsion d’un locataire ijarada turuvchi,
o‘tiruvchini uydan ko‘chirish. 2. méd chiqarib yuborish, olib tashlash;
l’expulsion de calculs buyrak toshini olib tashlash.
expurger
vt yoqmaydigan joyini o‘chirmoq, o‘chirib, chizib tashlamoq;
expurger un livre, un scénario kitobda, ssenariyadagi yoqmaydigan
joylarni o‘chirib tashlamoq.
exquis, ise
adj juda yaxshi, a’lo darajadagi, ajoyib, g‘aroyib; nazokatli,
latofatli, nozik, nafis, go‘zal, zebo, g‘oyat yoqimli, ko‘rkam, dilbar; un mets
exquis tansiq taom; une politesse exquise o‘ ta xushfe’llik; un sourire
exquis nozik tabassum; une femme exquise zebo ayol; il fait un temps
exquis ob-havo juda ham yaxshi; ajoyib; c’est exquis! bu juda ajoyib, juda
soz!
exsangue
adj 1. qonsiz yoki qoni kam; bo‘zargan; un visage exsangue
bo‘zargan; oddiy, siyqa, suyuq; une littérature exsangue siyqa adabiyot.
exsuder
vi 1. tomchilamoq, tomchilab chiqib, oqib turmoq, chiqmoq, sizib
chiqmoq, sizmoq; 2. vt chiqarmoq; un arbre qui exsude de la résine yelim
ajratib chiqarayotgan daraxt.
extase
nf juda qattiq zavq, shavq, xursandlik; tomber en extase qoyil
qolmoq, juda xursand bo‘lmoq; être en extase devant qqn biror kimsadan
zavq olmoq, biror kimsaga mahliyo bo‘lmoq.
extasier
(s’)
vpr zavqlanmoq, ich-chidan quvonmoq, shodlanmoq,
mahliyo bo‘lmoq; qoyil qolmoq; il n’y a pas de quoi s’extasier qoyil
qoladigan hech narsa yo‘q.
extatique
adj mahliyo bo‘lgan, qoyil qolgan, zavq-shavqi qo‘zg‘agan,
zavq-shavqdan mast bo‘ lgan; un regard extatique zavq-shavqdan mast
bo‘lgan nigoh, shod bo‘lgan, shod-xurram, shod.
extensibilité
nf cho‘ziluvchanlik (qattiq jismlar haqida).
extensible
adj cho‘ziluvchi, cho‘ziladigan, uzayadigan; une matière
extensible cho‘ziluvchi material.
extensif, ive
adj 1. cho‘ziladigan, uzayadigan; une force extensive
tortish kuchi; 2. des cultures extensives ekstensiv dehqonchilik.
extension
nf 1. cho‘zish; yoyish; yoyilish; l’extension du bras qo‘lni
cho‘zish, yozish; 2. qo‘ llash, cho‘zilganlik, uzunlik; 3. kengayish; yoyilish;
o‘sish, ravnaq; l’extension du commerce savdo-sotiqning o‘sishi;
l’extension d’une épidémie epidemiyaning yoyilishi; l’extension du sens
d’un mot so‘z ma’nosining kengayishi; par extension keng ma’noda.
extenso
(in)
loc adv to‘la, to‘liq suratda, batamom, tamoman.
exténuant, ante
adj charchatadigan, juda og‘ir, mashaqqatli, tinka-
madorini quritadigan, kuch-quvvatini oladigan, holdan toydiradigan. des
efforts exténuants holdan toydiradigan harakat.
exténuation
nf holdan toyish, tinka-madori qurish, qattiq charchash;
haddan tashqari charchagan.
exténué, ée
adj toliqqan, charchagan, tinkasi qurigan.
exténuer
I. vt 1. qattiq charchatmoq, kuch-quvvatni olmoq; tinka-madorini
quritmoq; holdan toydirmoq, behol, bemajol qilmoq; cette longue marche l’a
exténué uzoq yurishdan uning tinka-madori quridi. II. s’exténuer vpr qattiq
charchamoq, holdan toymoq, tinka-madori qurimoq, behol, bemajol bo‘lib
qolmoq; s’exténuer au travail ishlab qattiq charchamoq, ishdan qattiq
charchamoq; toliqmoq.
extérieur, eure
I. adj 1. tashqi, tashqaridagi, chetdagi, tashqarida
joylashgan; les quartiers extérieurs chetdagi kvartallar; 2. tashqi; xorijiy,
chet; la cour extérieure tashqi hovli, la politique extérieure tashqi siyosat;
le commerce extérieur tashqi savdo; 3. tashqi dunyodagi; ob’yektiv
borliqdagi; la réalité extérieure ob’yektiv reallik. II. nm 1. tashqi ko‘rinish;
tashqi; à l’extérieur de la ville shahardan tashqarida; 2. chet mamlakat; les
relations avec l’extérieur tashqi aloqalar; chet mamlakatlar bilan aloqalar.
extérieurement
adv tashqaridan qaraganda, sirtdan ko‘rinishda, sirtdan,
tashqaridan; extérieurement, la maison est très jolie tashqaridan
qaraganda uy juda chiroyli.
extériorisation
nf ko‘rsatish, namoyon qilish; oshkor qilish.
extérioriser
vt ko‘rsatmoq, namoyon qilmoq, oshkor qilmoq.
extériorité
nf tashqi xususiyat.
exterminateur, trice
I. adj qiruvchi, qiron soluvchi, qironli, qirg‘in; II. n
qiruvchi, mahv etuvchi.
extermination
nf qirish, qirib tashlash, mahv etish; l’extermination d’un
peuple bir xalqni qirib tashlash.
exterminer
vt 1. qirib tashlamoq, yo‘q qilmoq, qirg‘in solmoq; exterminer
l’ennemi dushmanni qirmoq; exterminer le mal yomonlikni yo‘q qilmoq; 2.
s’exterminer vt bir-birini qirmoq, bir-birini qirib bitirmoq.
externe
I. adj tashqi, sirtqi, tashqariga qaragan; la face externe d’une
paroi devorning tashqi sathi; II. n 1. ekstern (o‘zicha tayyorlanib, biror o‘quv
yurtida imtihon topshiruvchi shaxs); internatda yashamaydigan, ammo
darslarga qatnaydigan talaba; 2. méd kasalxonadagi talaba-praktikant.
externat
nm 1. internatsiz maktab; 2. méd medik-talabalar uchun
kasalxonadagi praktika, amaliyot.
extincteur
nm o‘t o‘chirgich, o‘t o‘chiradigan asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: