Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
Hukmdor qoshlarini chimirdi, ko‘k toqiga qirg‘iyqarash bilan boqdi: e-he, aylanishini qaranglar-a
tinmaydi qurmag‘ur, hech narsa bilan ishi yo‘q. Bu qush xuddi samo sultoniga o‘xshaydi, deb o‘yladi 
u. Bejiz uni shahanshoh qudratining ramzi leb bilmaydilar — burgutning boshi kuchli, tumshuqlari 
nayzaday o‘tkir, ko‘zlari cho‘g‘day yonadi, qanotlari xuddi cho‘yandan quyulganga o‘xshaydi. 
Shahanshoh ham shunday bo‘lmog‘i darkor! Sha’n yuksaklarda uchmog‘i, xaloyiqqa ko‘rinib turmog‘i 
joiz, tokim unga hech kimsa yetolmasin... Va o‘sha mumtozlik maqomidan turib olamni idora etsin. 
Hech kimga va hech narsaga o‘zini teng ko‘rmasin. Hatto shahanshohning xudolari ham boshqalardan 
mutlaq farqli, faqat o‘ziga tegishli bo‘lsin. Tobelarga loqayd va kibru kubaro bilan boqsin. Kuch-
qudrat mana shunda, mana shu hokimiyat barchani titratib-qaqshatadi, dunyoning tuzugi va ustivorligi 
ham shunda. Anavi Iso esa g‘oyatda o‘jar, ta’limotiga g‘oyatda ishonadi, shahanshohdan tortib qora 
qulgacha barchani barobar qilmoqchi bo‘ladi, zero, Xudo bitta va jamiyki odamlar uning qoshida teng, 
deydi: hamma uchun Adolat Saltanati keladi, deb jar soladi. U bani bashar aqlini vasvasaga qo‘ydi, 
avomni buzdi, dunyoni o‘z xohish-irodasiga ko‘ra qaytadan bichmoqni ko‘zlaydi. Nima chiqdi 
bundan? O’sha olomonning oq kaltak-qora kaltagiga uchradi, soxta bashoratgo‘y, soxta rasul, 
yolg‘onchi va lo‘ttiboz deb basharasiga tupurishdi... Qanday odam ekan-a? Ahvoliga maymunlar 
yig‘layapti-yu, pisand qilmaydi, go‘yo u emas, uni jazoga tortayotganlar yengilganday... 
Rim imperatorining Kichik Osiyodagi noyibi, o‘zi ham salkam shahanshoxdan qolmaydigan 
hukmdor Pontiy Pilat Isoni bir necha daqiqaga yolg‘iz qoldirib borarkan, ana shularni o‘ylardi. Mayli, 
Iso yolg‘iz qolsin, tubsiz choh yoqasida turganligini his qilsin. Uning irodasini sindirish kerak. Toki tiz 
cho‘ksin, yalinib, yolvorsin. Hamma uchun teng-barobar vohid Xudodan, tenglik, birodorlikdan voz 
kechsin. So‘ng uni beli sindirilgan kaltakesakdek Bani Isroil zaminidan quvg‘in etiladi. Borsin, 
sang‘isin, daydisin, dom-daraksiz yo‘qolsin. O’shanda uzoqqa bormaydi, e’tiqodi sust cho‘liqlarning 
o‘zi bo‘yniga urib o‘ldiradilar... 
Ko‘pni ko‘rgan omilkor hukmdor Pontiy Pilat dilini bosgan shubha-gumonlarini o‘y-o‘ylab 
bartaraf qilmoqchi, yangi chiqqan bid’atni daf etishlikning eng to‘g‘ri, eng foydali va eng ibratli 
chorasini topmoqchi bo‘lib urinardi. Ark ayvonidan chiqib ketarkan, mahkum yolg‘iz qolgach, o‘z 
ahvolining nakadar ayanchli ekanligini tushunib yetadi va men qaytib kelganimda oyoqlarimga yiqilib, 
najot so‘raydi, deb umid bog‘lardi prokurator. Lekin hukmdor bilsaydi. Mana shu qisqagina damlarda 
ushbu g‘aroyib odam butunlay boshqa narsani o‘ylar, rostini aytganda, u butkul xotiralar og‘ushiga 
cho‘mgandi. Zero, xotirlash ham tiriklarga xos, binobarin, hayot bilan vidolashayotgan onlarda odam 
bolasiga shundan boshqa yana nima qoladi. 
Hukmdor qadamlari uzilishi bilanoq yon timlardan to‘rt posbon chiqdi-da, go‘yo mahkum qochib 
ketadiganday Ark ayvonning to‘rt tomoniga borib turdi. Mahkum saroy posbonlaridan biriga murojaat 
qilib, so‘radi: 
— O’tirsam bo‘ladimi, ay, yaxshi posbon? 
— O’tir,— dedi posbon nayzasini tosh sahnga do‘q etib urib. Iso devordan turtib chiqqan marmar 
supachaga o‘tirdi, uning yelkalari horg‘in egilgan, oriqlagan, qoni qochgan, yuzi pastga to‘lqinlanib 
to‘kilgan uzun qoramtir sochlari bilan chulg‘angan edi. U qo‘li bilan ko‘zlarini berkitgan ko‘yi hayolga 
g‘arq bo‘ldi. «Suv bo‘lsa, ichsaydim,— deb o‘ylari u,— daryo bo‘lsa, cho‘milsaydim». U qirg‘oq 
bo‘ylarida oqar suvlarni shundoq ko‘z o‘ngiga keltirdi — suv yerni cho‘lp-cho‘lp o‘pib, maysa-
giyohlarni silab-siypalab oqib boradi, quloqlariga go‘yo suv shaldiragani chalindi, go‘yo allakimdir uni 
qayiqqa tushirib, bu yerdan qaylargadir olislarga olib ketmoqchi bo‘layotganga o‘xshaydi. Onasi ekan. 
Onasi qo‘rqinch va harosonlik ichra unga tomon suzib kelardi. «Oyi! — eshitilar-eshitilmas pichirladi 
u.— Oyi, men juda qiynalib ketdim! O’tgan kecha Hefsimaniyada Zaytun tog‘da cho‘liqlarim bilan 
birga edim. 
O’shanda boshimga qora tun kabi hasrat yog‘ildi. Yuragim tars yorilay dedi. Ko‘zimga uyqu 
kelmadi. O’zimni qo‘yarga joy topolmadim. Dilimni allaqanday dahshat bosdi va badanimdan ter 
o‘rniga qon sizib chiqdi. Shunda men Rabbimga, osmonda Padarimga yolvordim. «Rabbano,— 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish