www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
dedim.— Ajal kosasini bu safar menga tutmay qo‘ya qol! Yana o‘zing bilasan, Sening hukmingga
tobeman». Mana, o‘sha ajal sharbati bilan limmo-lim to‘la kosa menga dam sayin yaqinlashib kelyapti,
u meni tashlab yonimdan o‘tib ketmaydi, u muqarrar menga atalgan, siz buning nima ekanligini bilasiz,
undan qochib qutulmoq yo‘q. Bundan chiqdi, mening boshimga ne sinoatlar tushajagini oldindan
bilgan ekansiz-da, unda, shuncha yillar, yo iloham, onajonim, mehribonim, menga jon ato etib, umid,
orzular bilan parvarishlar qilib, hammasiga qanday chidadingiz, axir. Meni rabbim yaratganda, mana
shu ulug‘ va alamangez kun uchun, eng sho‘rida kun uchun yaratgan ekanda: zero, odam bolasiga o‘z
o‘limidan ko‘ra musibatliroq narsa yo‘q, ona uchun esa o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandi halokati
— undan yuz chandon og‘irroq va qayg‘uliroqdir. Kechir, meni, onajon, sening yozmishing mendan
emas, yolg‘iz Padarim Rabbimdandir. Shunday bo‘lgach, Undan yozg‘irmaylik, Unga musallam nigoh
bilan qaraylik. Bor qilguvchi ham, yo‘q qilguvchi ham irodasidir!»
U onasi Maryamni eslarkan, bolalik chog‘larida, besh yashar payti boshidan kechirgan bir voqea
yodiga tushdi. O’sha kezlar ularning xonadonlari podshoh Irodning ta’qibidan qochib, Misrda kun
kechirardi. Irod yangi tug‘ilgan go‘dak — bo‘lajak Iso Masihoning joniga qasd qilgan, zotan,
kohinlardan shu kunlarda Bani Isroil shohi dunyoga keldi, degan xabarni eshitgandi. Bu orada bolani
yashirib-yashirib katta qildilar. Ular turgan yerdan picha narida juda katta to‘lg‘in daryo oqardi. Nili
muborak deganlari shu bo‘lsa kerak — u betidan bu beti ko‘rinmaydigan ulug‘ daryo edi. Shu yerlik
boshqa ayollar kabi Maryam bolasini yoniga olib kir chaygani daryo bo‘yiga tushardi. Ular o‘sha kuni
daryoga kelganlarida, bir chol qayig‘ini qirg‘oqda to‘xtatdi, ohista ularga yaqinlashdi-da, Maryam va
bolakayga iltifot bilan salom berdi. «Otajon! — dedi unga qarata Maryam.— Kayig‘ingizda o‘g‘limni
sayr qildirsam, maylimi? Juda ham qayiqqa tushgisi kelyapti, tentakvoyning». «Mayli, Maryam,— deb
javob berdi chol,— bu qayiqni men shunga olib keldim. Unda o‘g‘lon Isoni o‘ynatgil». Cholning o‘g‘li
va o‘z otini aytib chaqirganidan Maryam hayron bo‘lib o‘tirmadi. Lekin, choldan eshkakni siz eshing,
deb so‘ragani o‘girilgan edi, chol xuddi havoda erib ketganday birdan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Maryam
bundan ham taajjubga tushmadi. Bolakay qayiqqa tushar ekanman deb, shu qadar suyunib ketgan,
azbaroyi quvonganidan osmonga sakrab o‘ynar, onasini tezroq bo‘ling deb, shoshirardi. Shundan so‘ng
Maryam kirlarini qirg‘oq bo‘yidagi toshlar ustiga tashladi, o‘g‘lini ko‘tarib, qayiqqa o‘tqizdi,
qayiqning bog‘ini yechdi, daryoga itarib tushirdi, qayiqqa sakrab chiqdi, bolani tizzasiga olib o‘tirdi va
ular daryo oqimi bo‘ylab suzib ketdilar.
Qirg‘oqning yaqinginasida porlab turgan suv uzra suzish — o, qanchalar g‘aroyib edi — sayozroq
joylarda qamishlar shuvillab salom berar, sohil bo‘ylarida gullar chappar urib ochilib yotar, butazorlar
oralab anvoyi rangli qushlar ne turfa tovushlar bilan sayrar, iliq havoda kapalaklar uchib-qo‘nib
yayrashar, chirildoqlar chirillashardi. Oh, ne farog‘at edi bu! Maryam ohista xonish qilib kuylay
boshladi, u behad baxtiyor edi, o‘g‘lining esa qayiqda suzib borayotganidan boshi osmonda edi.
Bundan Maryamning dili yanada yayrardi. Bu orada, ular ham unchalar uzoq suzmagan, qirg‘oqdan
ham olis ketmagan edilar — daryoning sayoz yerida yotgan kattakon to‘nkaga birdan jon kirdi va suvni
o‘qdek kesib, ularga qarab tahdidli suzib kela boshladi. Bu g‘oyatda bahaybat timsoh bo‘lib, uning
do‘laygan ko‘zlari yeb qo‘yaman deb, och tikilardi. Bolakay qo‘rqib ketib chinqirib yubordi. Maryam
shamday qotgan, nima qilishini bilmasdi. Timsoh qayiqni dumi bilan urib ag‘darib yuborishga sal
qoldi. Maryam eshkakni tashlab, bolani mahkam bag‘riga bosdi. «Yo, Rabbim! — yolvordi u.—
O’g‘ling bu! O’z o‘g‘ling Iso! Uni o‘zing bergansan! O’zing madad qil, yo Rabbim! O’zing uni xalos
et!» Xotin shunchalar ko‘rqib ketgan ediki, ko‘zlarini chirt yumib, Olamni yaratganga va farzandining
Samoviy Padari bo‘lganga yolvorgani yolvorgan edi. «Bizni tark etma, Xudoyo. U hali senga kerak
bo‘ladi!» deb qichqirdi Maryam. Boshqaruvsiz qolgan qayiqni suv tubidan timsoh italadi va u oqib
ketdi. Maryam bir zamon ko‘zlarini qo‘rqa-pisa ochdi, shunda quvonganidan qichqirib yubordi. Qayiq
qirg‘oq chetida to‘xtagan, xuddi birov uni atay shu yerga keltirib qo‘yganday edi. Timsoh shundan
so‘ng orqasiga qayrildi, u uzoqlarda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Es-hushini yo‘qotgan Maryam esa
qayiqdan otilib tushdiyu ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lagancha va suyunib kulgancha sohil bo‘ylab chopib
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |