www.ziyouz.com kutubxonasi
20
tayinlamaymiz", dedilar".
16-bob
Qozining odoblari to'g'risida
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Qozi ikkala da'vogarni o'tqazishda, ularga
qarashda va boshqa muomalalarda, asarlarda kelganidek, barobar bo'lishi kerak. Ummu
Salama (roziyallohu taolo anho) rivoyat qiladilar: "Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): "Agar sizlarning birortangiz qozilik bilan balolansa, ikki xusumatchining
o'rtasida, majlisda, ishoratda va nazarda bir xil bo'lsin. Xusumatchilarning birini
boshqasiga nisbatan ko'tarmasin. Qozi hukm qilayotganda xotirjam bo'lishi lozim",
dedilar.
Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilr: "Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): "Qozi faqat nafsi, ko'zi to'q holida hukm qilsin", dedilar".
Abu Bakr (roziyallohu taolo anhu) Sijistonda qozi bo'lgan o'g'illariga: "G'azablangan
holatingda ikki kishi o'rtasida hukm qilma, chunki men Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam): "Qozi g'azablangan holida ikki odam orasida hukm qilmasin", deganlarini
eshitganman", deb xat yozganlar.
Hasan Basriy: "Alloh taolo hokimlarga uchta narsani buyurdi: havoyi nafsga
ergashmaslikni, Alloh taolodan qo'rqishni va insonlardan qo'rqmaslikni, Alloh oyatlarini
ozgina pulga sotmaslikni", dedilar. So'ng Alloh taoloning ushbu oyatlarini o'qidilar:
"Ey Dovud, darhaqiqat Biz seni erda xalifa qildik. Bas, sen (nafs) xohishiga ergashib
ketma! Aks holda, u seni Allohning yo'lidan ozdirur. Albatta, Alloh yo'lidan ozadigan
kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya'ni, Qiyomatni) unutib qo'yganlari sababli qattiq
azob bordir" (Sod, 26);
"Albatta, Biz Tavrotni hidoyat va nurni o'z ichiga olgan holda nozil qilganmiz. Allohga
bo'yinsunuvchi bo'lgan payg'ambarlar, ilohiy bilim egalari va donishmandlar o'zlariga
Allohning kitobi omonat qo'yilgani sababli yahudiylarga u (ya'ni, Tavrot hukmlari) bilan
hukm qiladilar. Ular bu kitob ustida guvohdirlar. Bas, (ey yahudiy ulamolar), odamlardan
qo'rqmangiz, Mendan qo'rqingiz va Mening oyatlarimni qiymati oz narsalarga
almashtirmangiz! Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular
kofirlardir" (Moida, 44);
"Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan payt-larini (eslang).
O'shanda unga qavmning qo'ylari bo'shalib kirib (uni payhon qilib yuborgan) edi. Biz ular
(chiqargan) hukmga shohid edik" (Anbiyo, 78). So'ng: "Agar Alloh taolo bu ikkalasining
(Dovud va Sulaymonning) ishini zikr etmaganida, qozilar halok bo'ladilar, deb o'ylagan
bo'lardim. Lekin Alloh birini (Sulaymonni) ilmi sababli maqtadi va birini (Dovudni)
ijtihodi sababli uzrli sanadi", dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |