17-bob
Qur'onni o'rganish va o'rgatish to'g'risida
Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Qur'on o'qiy oladigan kishi ba'zi
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
vaqtlarda o'qishni tashlab qo'yishi durust emas. Qancha ko'p o'qisa, afzaldir. Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Insonlarning eng afzali echilib ko'chuvchidir",
dedilar. "Echilib ko'chuvchi kim?" deb so'rashdi. "Bir boshlaganda tugatuvchi Qur'on
sohibidir. Xuddi echganda ketib qoladigandek, boshlasa tugatadi. Qur'on o'qiy oladigan
kishi bir yilda ikki marta uni xatm qilish lozim, agar ko'proq o'qishga qodir bo'lmasa",
dedilar Nabiy.
Hasan ibn Ziyod Abu Hanifadan (rahimahulloh) rivoyat qiladi: "Bir yilda ikki marta
Qur'onni xatm qilgan kishi uning haqqini ado etibdi, chunki Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam) vafot etgan yili Jabroilga (alayhissalom) uni ikki marta o'qib bergan edilar.
Anas ibn Molikdan (roziyallohu taolo anhu) rivoyat qilinadi. Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): "Menga ummatimning ajr-savobi ko'rsatildi, hattoki inson masjiddan chiqarib
tashlagan xasning savobi ham. Lekin men Qur'on o'qishdan ulug'roq yaxshilikni
ko'rmadim. Menga ummatimning gunohlari ko'rsatildi, kishi yod olgandan so'ng esidan
chiqargan oyat yoki suraning gunohidan kattaroq gunohni ko'rmadim", dedilar.
Abu Abdurahmon Sulamiy Usmon ibn Affondan (roziyallohu anhu), u zot Nabiydan
(sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Sizlarning eng yaxshingiz Qur'onni
o'rganib, uni boshqalarga o'rgatganingizdir". Abdurahmon: "Mana shu hadis meni shu
joyga o'tqizdi", dedilar, ya'ni, insonlarga ta'lim berish uchun o'tirganlarini nazarda
tutdilar. Zero, u kishi Hasan va Husaynning (roziyallohu anhumo) muallimi edilar".
Zunnun Misriy aytadilar: "Men masjidga kirganimda:
"Ularning ustlarida yashil ipak va shoyi liboslar bo'lib, ular kumush bilakuzuklar bilan
bezangandirlar va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharob-la sug'organdir"
(Inson, 21), oyatini o'qiyotgan kishini ko'rdim, u oyatni takror-takror o'qir va og'zi bilan
xuddi bir narsa ichayotganday tamshanar edi. Men unga: "Ey, sen bir narsani
ichyapsanmi yoki o'qiyapsanmi?" dedim. U: "Battol, men ichganda topadigan lazzat va
halovatni uni o'qishdan topyapman", dedi".
Xabarlarda kelishicha, Isrofilning (alayhissolatu vassalom) yoqimli ovozi bordir. Agar u
Qur'on o'qimoqchi bo'lsa, farishtalar uni tinglash uchun ibodatni to'xtatishadi.
Dovudning (sollallohu alayhi vasallam) chiroyli ovozlari bor edi. Agar Zaburni o'qisalar,
suv muzlab, qushlar havoda, hayvonlar va vahshiylar erda to'xtab qotib qolar edi.
Yirtqichlar chorva hayvonlariga aralashib ketardi. U zotdan o'sha xato zohir bo'lgandan
so'ng, ovozlaridagi halovat olib qo'yildi. U zot: "Ey Rabbim, ovozimga nima qilding?"
dedilar. Alloh azza va jalla vahiy qilib aytdiki: "Sen Bizga, Biz senga berdik va sen Bizga
osiylik qilganingdan keyin e'tiborsiz tashlab qo'ydik, agar oldingidek erta turganingda,
seni qabul qilardik".
Qiyomat kunida Isrofilga (alayhissalom) Qur'on o'qish amr qilinadi va Dovudga
(sollallohu alayhi vasallam) ham o'qish buyuriladi. Hazrati Dovud: "Ey Rabbim, mening
ovozim qani?" deydilar. Shunda: "Senga ovozing qaytarildi", deyiladi. U zotga ovozlari
qaytarib beriladi, so'ng hujralardan hurlarning ovozi eshitiladi, u ovozlarni hech kim hech
qachon eshitmagan. Alloh azza va jalla: "G'qimli ovozlarni eshitganmisizlar?" deb aytadi.
Shunda hijob ko'tariladi va Alloh ularga: "Sizlarga salomlar bo'lsin", deydi. Bu Alloh
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |