www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Janozadan boshqa narsa kishini Qur'on o'qishda man qila olmaydi. Qur'on o'quvchining
tahoratli bo'lishi mustahabdir. Junub va hayz ko'rgan ayol bir oyatdan kamrog'ini
o'qishining ziyoni yo'q. Agar muallima ayol hayz ko'rsa, Qur'ondan ta'lim berishda bir
oyatning yarmini talqin qilib, so'ng qolgan yarmini aytadi. Birdaniga bir oyatni
to'laligicha o'rgatmaydi. Junub va hayzdagi ayolga masjidga kirishi joiz emas. Tahoratsiz
kishi masjidga kirishining ziyoni yo'q. Junub va hayz ko'rgan ayol tasbeh, tahlil aytishi,
duolar qilishi mumkin. Faqat Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lishi joiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |