www.ziyouz.com kutubxonasi
18
balolanadi yoki o'lib ketadi: ilmi behuda ketadi yoki podsho bilan musibatlanadi yoki yod
olgan ilmini esidan chiqaradi".
Ta'lim olguvchi ilmni hurmat qilishi kerak, kitobni erga qo'yishi, iflos qo'llar bilan
ushlashi loyiq emas, balki tahorat bilan tutishi lozimdir. Ta'lim oluvchi yeyish, ichish,
uxlashdan bo'lgan nasibasini tashlab ham yubormasligi, shuningdek, hashamatli hayotni
orzu ham qilmasligi kerak. U insonlar bilan chiroyli muomala qilishi, ular bilan
aralashishi, qo'shilishni kamaytirishi va o'ziga tegishli bo'lmagan narsalar bilan
shug'ullanmasligi lozim. Maqolda aytiladiki: "Keraksiz narsalar bilan shug'ullangan
kishidan kerakli narsalari ketadi".
Luqmoni Hakimga: "Ushbu martabangizga qanday etishdingiz?" deyilganda, "To'g'ri so'z,
omonatni ado etish, o'zimga tegishli bo'lmagan narsalarni tark etish bilan etdim", dedi.
Ta'lim oluvchi bardavom dars qilishi, sheriklari bilan yoki yolg'iz o'zi masalalarni
takrorlab turishi lozim. Yazid Raqoshiy Anas ibn Molikning shunday deganlarini rivoyat
qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizlarga bir hadisni aytib, uylariga kirib
ketar edilar. Biz o'zaro takrorlardik, u xuddi qalbimizda ekilgandek bo'lardi". Bu hol Alloh
taoloning:
"(Biz unga): "Ey Yahyo, Kitobni (ya'ni Tavrotni) mahkam ushla", (dedik) va unga
go'daklik chog'idayoq hikmat-ma'rifat ato etdik" (Maryam, 12), degan so'zida ham zikr
qilingandir. Ya'ni, darsni tirishqoqlik va davomiylik bilan olishga undalyapti. Bir masalda,
darsingni mahkam tut, chunki dars ekin ekishdir, deb aytilgan edi. Abdulloh ibn
Abbosdan (roziyallohu anhumo): "Bu ilmga nima bilan etishdingiz?" deb so'rashganda,
"So'rovchi til, aqlli qalb, malollanmaydigan yurak va mehnatkash qo'l bilan", deganlar.
Ba'zi rivoyatlarda: "Qiyinchilikda ham, xursandchilikda ham sabr qiluvchi badan bilan",
deganlari zikr qilinadi.
Sha'biy: "Kimning yuzi yumshasa, ilmi yumshaydi", deydilar. Buzrurgmehrdan ushbu
darajasiga qanday etgani so'ralganda, "Qarg'adek barvaqt turish bilan, itning
suykalishidek suykalish bilan, mushukning tazarru'sidek tazarru' bilan, cho'chqaning
ochko'zligidek ochko'zlik bilan va eshakning sabridek sabr qilish bilan", degan ekan.
Ta'lim oluvchi, agar u bilan bir inson o'rtasida nizo yoki xusumat paydo bo'lib qolsa,
muloyimlik va insof bilan muomala qilishi lozim. U bilan johil kishining orasida farq
bo'lishi kerak. Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Muloyimlik qay bir
narsaning ichiga kirsa, uni chiroyli qiladi. Nodonlik qay bir narsaning ichiga kirsa, uni
obro'sizlantiradi", deganlar.
Ta'lim oluvchi ustozini ulug'lashi lozim. Ustozni hurmat qilish ilmga baraka beradi va,
aksincha, mensimasa, ilmdan baraka ketadi.
Ta'lim oluvchi insonlar bilan yaxshi muomala qilishi lozim. Chunki insonlarning eng
yaxshisi insonlar bilan yaxshi muomala qilgan, yomoni ishonch hosil qilmaydigan
kishidir, deyiladi.
Va yana ta'lim oluvchida uchta xislat bo'lishi lozim, shunda olimning so'zidan foyda
oladi: 1) nafsida tavoze'lik; 2) ilmga harislik; 3) olimlarni hurmat qilish. Shunda
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
tavoze'ligi tufayli ilm foyda beradi, hirsi bilan ilmni (olimdan) chiqarib oladi va ustozni
ulug'lash bilan ulamolarga bog'lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |