www.ziyouz.com kutubxonasi
109
"(Ey mushriklar), sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi? (Alloh) uni bino qildi"
(Noziot, 27), degan so'zida xabar qilingan. Seshanba kuni dengiz va quruqlik
hayvonlarini, qushlarni yaratdi. Chorshanba kuni daryolarni oqizdi, dengizlarni
bo'ysundirdi, daraxtlarni o'stirdi, rizqlarni taqsimladi, ozuqalarni belgiladi. Bu Alloh
taoloning:
"U zot erning (ustida) tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (er)da
uning emishlarini (ya'ni er ahlining rizqu ro'zlarini) to'la to'rt kunda belgilab - taqsimladi.
(Bu tafsilot) so'raguvchilar uchundir" (Fussilat, 10), degan so'zidir. Aytishlaricha, er suv
yuzida chayqalib yurardi. Shunda Alloh taolo mustaxkam tog'larni yaratdi va ularni erga
qoziq qildi. Natijada er qaror topdi.
Payshanba kuni jannat va do'zaxni yaratdi. So'ng juma kuni Odam alayhissalomni xalq
qildi va osmonda o'n ikkita burj yulduzlarini yaratdi. Bu haqda Alloh taolo aytadi:
"Osmonda burujlarni paydo qilshgan zot barokotli – buyukdir" (Furqon, 61);
"Burujlar egasi bo'lmish osmonga qasam" (Buruj, 1).
Burujlarni nomlari: hamal – qo'y, savr – xo'kiz, javzo – egizaklar, saraton – qisqichbaqa,
asad – sher, sunbula – boshoq, mezon – tarozi, aqrab – chayon, qavs – kamon, jadi –
echki, dalv – qovg'a, ut – baliq.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: "Oy 40 farsaxga 40 farsax, quyosh 60 farsaxga
60 farsaxdir, har bir yulduz dunyodagi katta tog' kabi". Ba'zilar: "Quyosh dunyo
kengligichadir, agar shunday bo'lmaganida dunyoni hammasini yorita olmasdi, oy ham
shunday", deydi. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: "Yulduzlar xuddi qandil kabi
osmonga muallaq osilgandir". Ba'zilar: "Yulduzlar eshiklar va sandiqlardagi yulduzlar
kabi osmonga o'rnashgandir", deydi. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat
qilinadi: "Chaqmoq bulutlarni baqirib haydaydigan farishtaning ismi, insonlar eshitadigan
ovoz esa uning ovozi".
Aytiladiki, momaqaldiroq bulutlarni baqirib haydaydigan farishtalarning qo'llaridagi yo'l
ochadigan asbob.
Aytiladiki, "Osmon bilan erning o'rtasidagi masofa 500 yillik yo'l, mashriq va mag'ribning
orasi 500 yillik yo'l, buning ko'prog'i cho'l, dengiz, tog'lardir va ozginasi aholi
yashaydigan joylardir. Buning ham ko'pi kofirlar va ozginasi musulmonlardir. Dunyoning
atrofi zulmatdir, zulmatning ortida Qof tog'i joylashgan. Bu tog' yashil zumratdan bo'lib,
osmonning cheti unga yopishgan". Aytiladiki: "Dunyoda hech bir tog' yo'qki, uning
ildizlaridan bir Qofga etmasa. Agar Alloh taolo bir qavmni halok qilmoqchi bo'lsa,
farishtaga buyuradi, farishta tog'ning uchidan harakatlantiradi va ularni to'kib tashlaydi".
Ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: "Dunyo osmoni bir qotirilgan to'lqindir va ikkinchisi
oq zumraddir, uchinchisi temirdandir, to'rtinchisi oltindan, beshinchisi misdan, oltinchisi
kumushdan, yettinchisi tillo pardadir. Yettinchi osmon va undan oldingilarining orasida
nurdan to'lgan dengiz bor". Ka'b: "Yettinchisi yoqutdan", deydilar. Bular faqat
munajjimlarning so'zi emas, tavhid ahlining so'zlari hamdir". Alloh biluvchiroq.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |