www.ziyouz.com kutubxonasi
107
(ularning hammasiga Allohning salotu-salomi bo'lsin).
Vahab ibn Munabbahdan rivoyat qilinadi: "Alloh taolo yuzta sahifa va 4 ta kitob nozil
qildi: Ilk sahifa Shiys ibn Odamga, 30 sahifa Idris alayhissalomga, 20 sahifa Ibrohim
alayhissalomga nozil bo'ldi. Odamlar Zulqarnayn va Luqmon haqida ular payg'ambar
bo'lganmi yoki yo'qmi, deb ixtilof qildilar. Ko'pchilik ahli ilmlar, Luqmon hakim bo'lgan,
nabiy bo'lmagan, Zulqarnayn esa solih podsho bo'lgan, payg'ambar bo'lmagan, deyishdi.
Ikrima: "Zulqarnayn ham, Luqmon ham payg'ambar bo'lganlar", deydilar. Ali ibn Abu
Tolibdan (roziyallohu anhu) Zulqarnayn haqida so'rashganda: "U solih kishi bo'lgan", deb
javob berganlar. Ba'zilar: Zulqarnayn deb nomlandi Fors va Rum podshosi bo'lganligi
uchun", deydilar. Ba'zilar: "Uning boshi shohga o'xshash edi", degan. Ba'zilar: "U
quyoshning ikki qarni – qirrasigacha, ya'ni mag'ribu mashriqqacha sayyohat qilgani
uchun", dedi. Ayrimlar: "U ikki qarn – asr yashadi", dedi. Ba'zilar: "U yigitlik paytida,
tushida quyoshga yaqinlashib, uning ikki shoxidan ushladi va buni o'z qavmiga xabar
qildi. Natijada uni Zulqarnayn deb nomlashdi. Asli nomi Iskandar edi", deydi.
Aytiladiki, payg'ambarlardan beshtasining tili arabiydir. Ismoil, Hud, Solih, Shu'ayb va
Muhammad (salavatullohi va salamahu alayhim ajma'in).
Odamlar Ibrohim bolasini so'yishga buyurilganda bola haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar u
Ismoil, ba'zilar esa Isxoq deydi. Ali ibn Abu Tolib, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Salom,
Ikrima, Muqotil, Ka'bul Ahbor va Vahb ibn Munabbahlar, Ishoq edi, deganlar. Ibn Abbos,
Ibn Umar, Mujohid, Muhammad ibn Ka'b Quraziy va Kalbiylar: "U Ismoil edi", deganlar.
Bu so'z kitob va sunnatga mos, chunki kitobda Alloh taolo:
"Biz (Ismoilning) o'rniga (Ibrohimga) katta bir (qo'chqor) so'yishni – qurbonlikni evaz
qilib berdik" (Saffot, 107), deydi. Zabh qissasidan so'ng:
"Yana Biz unga – payg'ambar (va) yaxshilardan (bo'lg'usi) Ishoqning xushxabarini
berdik" (Saffot, 112), degan. Xabarda Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat
qilinadi: "Men ikkala zabihning o'g'liman", ya'ni, otalari Abdulloh va Ismoil alayhissalom.
Butun ummat Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Ismoilning avlodidan deb ittifoq qilgan.
Tavrot ahli qurbonlik uchun yotqizilgan bola Ishoq edi, deydi.
Aytishlaricha, dunyo podsholarining to'rttasidan boshqasi butun dunyoga podsholik
qilmagan: ikkitasi musulmon va ikkitasi kofir. Ikkala musulmoni – Sulaymon ibn Dovud
alayhissalom va Zulqarnayn. Ikkala kofir – Namrud ibn Kan'on va Buxtanassar. U
muqaddas Baytullohni xarob qildi va aholisidan etmish mingtasini o'ldirdi va etmish
mingini asir oldi. Asirlarni Bobilga olib bordi, ularning ichida Doniyol ham bor edi. Hali
kichkina edi. U kishi nabiy bo'lgan.
To'rtta chaqaloq gapirgan. Bittasi Iso ibn Maryam, ikkinchisi Uhdud ashoblaridan,
uchinchisi Jurayj rohib qissasidagi bola, To'rtinchisi Yusufning alayhissalom sohiblaridan.
Alloh taolo: "(Yusuf) aytdi: "Uning o'zi meni yo'ldan urmoqchi bo'ldi". (Shu payt
Zulayhoning) urug'laridan biri guvohlik berib (dedi):
"Agar uning ko'ylagi old tomondan yirtilgan bo'lsa, u holda (Zulayhoning) gapi rostdir va
(Yusuf) yolg'onchilardandir" (Yusuf, 26), dedi. Insonlar bu oyat haqda ixtilof qilishgan.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |