www.ziyouz.com kutubxonasi
112
Alloh taolo:
"Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'pdan-ko'p asrlarni
(eslang)!" (Furqon, 38);
"Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh qavmining, Od, Samud (qabilalarining) va
ulardan keyin o'tgan, (sonu sanoqlarini) faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari
kelmadimi?" (Ibrohim, 9), deb aytgan".
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) onalari homiladorlik paytida otalari vafot
etgach, shu sababli bobolari Abdulmuttalib qaramog'ida o'sganlar. Abdulmuttalib
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sakkiz yosh bo'lganlarida vafot etdi va amakilari
Abu Tolib qo'liga o'tdilar. Onalarining ismi Omina binti Vahbdir Rasululloh olti yoshlarida
onalari ham vafot qildi. Rasulullohni emizgan enagalari toiflik ayol Halimadir.
Alloh u kishiga qirq yoshlarida vahiy yubordi. Rasululloh vahiydan so'ng Makkada o'n uch
yil turdilar, so'ng Madinaga hijrat qildilar va unda o'n yil yashadilar, so'ng oltmish uch
yoshlarida vafot etdilar. Vafot etganlarida to'qqizta ayollari bor edi. Jami uylangan
ayollari o'n to'rttadir. 1. Xadicha binti Xuvaylid. U ayollarning sayyidasi edilar.
Insonlarning eng birinchi Islomga kirganidirlar. 2. Savda binti Zum'a. 3. Oisha binti Abu
Bakr. Bu ayollarga Makkada uylandilar. 4. Hafsa binti Umar. 5. Ummu Salama binti Abu
Umayya. 6. Ummu Habiba binti Abu Sufyon. Bu oltitasi Qurayshdan. 7. Juvayriya, Bani
Mustaliqdan. 8. Safiyya binti Huyya ibn Ahtob, 9. Zaynab bilan Jahsh, u Zayd ibn
Horisaning xotini edi, unga saxiyligi sababli miskinlarning onasi deyilardi. U
Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) keyin vafot etgan ayollarining birinchisi. 10.
Maymuna binti Horis Aslamiya, u Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) xolasi. 11.
Zaynab binti Huzayma. 12. Bani Xiloldan bir ayol, u o'zini Nabiyga (sollallohu alayhi
vasallam) hadya qilgan. 13. Kindo qabilasidan bir ayol, u Rasulullohdan panoh tilagan
edi, so'ng uni taloq qilganlar. 14. Kalb qabilasidan bir ayol.
Rasulullohning uchta o'g'illari va to'rtta qizlari bor edi. 1 Qosim, Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam) uning nomi bilnan kunya oldilar (Abulqosim - Qosimning otasi), so'ng qizlari
Zaynab, so'ng o'g'illari Abdulloh, uning ismi Tohir edi, vahiy nozil bo'lgandan keyin
tug'ildi, shu sababli Tohir deb nomlandi. So'ng qizlari ummu Gulsum, so'ng qizlari
Fotima, so'ng qizlari Ruqiya, ularning barchasi Makkada Xadichadan (roziyallohu anho)
tug'ildilar. So'ng Madinada o'g'illari Ibrohim qibtiy Moriya degan ayollaridan tug'ilgan.
Fotimani Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) turmushga berdilar, Ruqiyani Usmon ibn
Affonga (roziyallohu anhu) berdilar. Ruqiya Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Badr
jangiga chiqqanlarida vafot etdi. Badrdan qaytganlarida Usmonga Ummu Gulsumni
berdilar 9raziyallohu anho). Shu sababli Usmon Zunnurayn (ikki nur egasi) deb
nomlandilar. Zaynabni Abul Os ibn Rabi'ga turmushga berdilar. Farzandlarining hammasi
Rasulullohdan oldin vafot etgan, faqat Fotima Rasulullohdan so'ng 6 oy yashadi.
Rasulullohning barcha ayollari sayyiba – erga tegib chiqqan edi, faqat Oisha (roziyallohu
anho) bokira edilar. Nikohlanganda yoshlari oltida edi. To'qqiz yoshga etganlarida
Rasululloh bilan qo'shildilar. Rasulullohning ayollari shu vaqtda to'qqizta edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) to'rt marta umra va bir marta haj qildilar, bu haj
Hajjatul vado'dir.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |