117-bob Suzish, chavandozlik va merganlik haqida Faqih aytadilar: Umar ibn Hattob deydilar: "Farzandlaringga suzishni, chavandozlikni va
merganlikni o'rgatinglar hamda ularni nishonlar orasida yashirinishga buyuringlar". Ibn
Umar (roziyallohu anhumo) Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Bolalaringga
suzishni, chavandozlikni va merganlikni, ayollaringga tikishni o'rgatinglar", deganlarini
rivoyat qilganlar. Uqba ibn Omir Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar:
"Yoydan otinglar va ulovga mininglar, yoydan otishlaring ulovga minishlaringdan
yaxshiroq. Kishi o'ynaydigan har bir narsa botil, faqat uchta narsa: kamondan otish,
otga tarbiya berishi va ayoli bilan xushlashish (botil emas)". Alloh taolo biluvchiroq.