190
tomonlama bo‘ladi. Bola hayotining birinchi kunlarida ular belgisiz kechadi yoki
bolaning umumiy qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, nevrologik belgilari esa
kechroq paydo bo‘ladi.
Ularga ptoz, g‘ilaylik, nistagm, psevdobulbar belgi
bo‘lishi, yutish va so‘rishning buzilishi, fokal yoki kloniko-tonik xarakterdagi
umumiy tutqanoqlar kiradi.
Subtentoreal qon quyilishlarda qon ko‘ndalang sinus va miyacha chodirining
chetki venalaridan miya asosiga tarqaladi. Ba’zan esa, qon miyaning IV qorinchasi
va umurtqa kanaliga oqishi ham kuzatiladi. Quyilgan qonning bunday joylashuvida
bolalar o‘ta og‘ir holatda bo‘ladi, ko‘pincha, o‘ladi.
Klinikada nafas va yurak
faoliyatining qo‘pol buzilishlari, tonik xarakterdagi umumiy tutqanoqlar, ensa
mushaklarining rigidligi, opistatonus, liqildoqning bo‘rtishi, Grefe belgisi, ptoz,
g‘ilaylik, nistagm kuzatiladi.
Miya ichi qon quyilishlarini, shuningdek, epidural, subdural,
parenximatoz,
qorincha ichi, subependimal va ko‘p sonli mayda qon quyilishlarga ajratish
mumkin.
Epidural qon quyilishlari kalla suyaklarining shikastlanishidan kelib chiqadi
va kalla suyagi hamda miyaning qattiq pardasi orasida paydo bo‘ladi (ichki
kefalogematoma). Ular kam uchraydi va katta amaliy ahamiyatga ega emas.
Subdural qon quyilishlar ko‘proq uchrab nafaqat og‘ir patologik
tug‘ruqlarda, balki tez kechuvchi tug‘ruq jarayonida ham kuzatiladi. Bevosita
sababi bo‘lib tug‘ruq paytidagi kalla suyagi siqilishi va suyaklarni siljishi
hisoblanadi. Bunday qon quyilishlarning manbai bo‘lib, yuqori sagittal va
ko‘ndalang sinuslarga quyiluvchi vena hamda miyacha
chodirining tomirlari
hisoblanadi. Subdural gematomalar ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladi. Bunda
miyaning o‘choqli zararlanishlari emas, balki miya qon aylanishining buzilishi,
miya gipoksiyasi va yurak faoliyatining reflektor to‘htashiga olib keluvchi
uzunchoq miya va po‘stloq osti tuzilmalarida joylashgan hayot uchun muhim
markazlarning (nafas, qon tomirlarni harakatlantiruvchi) siqilishi asosiy
ahamiyatga ega. Klinikada oq
asfiksiyalar tomirli shok, yirik to‘lqinli tremor,
gipertenzion-gidrotsefal sindrom, fokal komponentli tutqanoqlar, boshini
burayotganda kuchayadigan gorizontal nistagm, gomolateral midriaz, gemitip
bo‘yicha o‘zgaruvchi mushak tonusi, tug‘ma va pay reflekslarining assimetriyasi
kuzatiladi. Orqa
miya suyuqligida ksantoxromiya, oqsil-hujayra dissotsiatsiyasi
aniqlanadi. Kalla suyagi tranillyuminatsiyasida yoritilishning pasayishi kuzatiladi.
Gematoma so‘rilishi yoki uni gigroma hosil qilib suyulishida yorug‘, keng, fokal
yoritilish kuzatiladi. ExoEG da Mexoning siljishi, exo pulsasiyaning kuchayishi
kuzatiladi. REG qon quyilish tomonda qon to‘lishining assimetrik kamayishini
ko‘rsatadi. Diagnostikada subdural bo‘shliqni tahmin qilinayotgan gematoma
sohasidan punktsiya qilish katta ahamiyatga ega.
Subaraxnoidal qon quyilish – yetilib tug‘ilgan chaqaloqlarda og‘ir
gipoksiya
va kalla ichi tug‘ma travmasi natijasida kelib chiqadi. Ular ko‘p miqdorda bo‘lib,
mayda meningeal tomirlarni butunligini buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Subaraxnoidal qon quyilishlarning o‘choqlari bosh miya yarim sharlarining tepa-
chakka sohasida joylashadi. Klinikada qo‘zg‘aluvchanlik, umumiy toniko-klonik
191
tutqanoqlar, vegetativ-vistseral o‘zgarishlar (taxikardiya, taxipnoe, uyquni
buzilishi, tomir dog‘lari) mushak tonusining oshishi (ba’zida opistonus bo‘yicha),
tug‘ma va pay reflekslarining oshishi, liqildoqlarning bo‘rtishi, Grefe belgisi,
midriaz, g‘ilaylik (ko‘pincha yaqinlashtiruvchi), gorizontal nistagm aniqlanadi.
Kallani transillyuminatsiyasida yorqin, keng yorishish, ExoEG –
exo pulsatsiyani
kuchayishi, ventrikulyar indeksning kattalashishi, REG da – tomir tonusining
assimetrik oshishi aniqlanadi. Subaraxnoidal qon quyilishi yakuniy tashhisini orqa
miya suyuqligining xarakterli o‘zgarishlariga asoslanib qo‘yiladi. Shuning uchun
biz 1-jadvalda orqa miya suyuqligining me’yorda va subaraxnoidal qon
quyilishidagi sitologik va bioximik tekshiruv ma’lumotlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: