Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Pnevmoensefalografiya (PEG)



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Pnevmoensefalografiya (PEG) 
Bu usul to‘r parda osti bo‘shlig‘iga (subaraxnoidal) havo yoki kislorod 
yuborish va so‘ng rentgenografiya qilishga asoslangan.


 162
PEG qilishdan bir kun oldin kechqurun ich tozalash (klizma) buyuriladi. 
Yoshi 3 oygacha bo‘lgan bolalarda va kattalarda o‘tirgan holatda birmuncha 
boshini oldinga bukkan va oyoqlarini chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida bukkan 
holda PEG qilinadi. Oldin 5-10 ml likvor chiqariladi, keyin asta-sekin shpris bilan 
20-40 sm3 havo yuboriladi. Yoshi katta bo‘lgan bolalarda 40-50 sm3 , katta 
kishilarga esa 100-120 sm3 havo yuboriladi. Yuborilgan vaqtda bemor kallasining 
holati o‘zgartiriladi. Oldinga bukilgan kallani orqaga bukiladi va bir necha marta 
kallasini rentgen qiladi. Bu usul diagnoz qo‘yishda hajmli jarayonlar – o‘smalar, 
abssess, kista, exinokok va ularni joylashgan yerini aniqlashda va epilepsiya, 
araxnoidit, bosh miyaning jarohatlanish oqibatlarini davolash maqsadida 
ishlatiladi.
Quyidagi kasalliklarda PEG qilish mumkin emas: likvor yo‘llarining 
bekilgan (blokada) vaqtda, miya so‘g‘onining zararlanish belgilari bo‘lganida, 
gidrosefaliyaning berk (okklyuziya) shaklida, kallaning orqa cho‘qqisidagi hajmli 
jarayonlarda, chakka bo‘lagida joylashgan o‘sma va ko‘z nurining juda pasayib 
ketganida PEG qilish mumkin emas, u bemor hayoti uchun havflidir.
Ventrikulografiya 
Bu usulda havo yoki kontrast moddasi bosh miyaning qorinchasiga 
yuborilib, so‘ng rentgen suratlarida miya qorinchalari ko‘rinadi.
Angiografiya 
Bu usulda kontrast moddalar arteriyaga yuboriladi, so‘ng rentgen orqali qon 
tomirlarining surati ko‘riladi.
Kontrast modda (konrey, kardistrast, verografin, urografin) umumiy yoki 
ichki uyqu arteriyalariga, o‘mrov osti yoki umurtqa arteriyalariga 10-20 ml 
yuboriladi va bir necha (seriyalik) rentgen suratlari olinadi.
Antiografiyani imkoniyati: 
1)
bosh miya tomirlarining anomaliyasi (arterial yoki arterio-vena 
anevrizma); 
2)
kallasidagi yoki uning tashqarisidagi arteriyalarning berkilib qolgan 
joylari; 
3)
tomirlarning siljishi; 
4)
tomirlarning o‘smalari.
5)
tomirlarning kalibrini va shaklini o‘zgarishi; 
6)
tomirlarning siljishiga qarab gematomalarning va o‘smalarning 
joylashish yerini aniqlanadi.
Miyelografiya 
Bu usul kontrast moddalarni orqa miyaning to‘r pardasi osti bo‘shlig‘iga 
(subaraxnoidal) yuborib rentgen yo‘li bilan tekshirishdir.
Miyelografiyani ikki usuli mavjud: yuqoridan-pastga va pastdan-yuqoriga 
kontrast moddani yuborish usullari. Pastdan yuqoriga usuli bel sohasi punksiya 
qilish, yuqoridan pastga miyelografiyasi esa suboksipital punksiya yo‘li bilan to‘r 


 163
parda osti bo‘shlig‘iga kontrast moddalarni yuborish bilan bajariladi. Orqa 
miyaning zararlangan yerini, o‘smasini, umurtqalar orasidagi disk churrasini, 
umurtqalarning siljishini aniqlashda miyelografiyaning ahamiyati kattadir. Qattiq 
va to‘r parda ostidagi bo‘shliqda, orqa miyaning tashqarisida joylashgan o‘sma 
ustida kontrast modda konussimon ustun shaklida, asosi bilan pastga qaragan holda 
ushlanib qoladi. Orqa miyaning ichida o‘sgan o‘smalarga tegishli segmentlar 
bo‘ylab ikkita teng bo‘lmagan tasma sifatida kontrast modda to‘xtab qoladi.
Orqa miyaning surunkali araxnoiditida kontrast modda har xil shaklda va 
kattalikda bo‘lgan bo‘lak tomchilariga parchalanib ketadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish