Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Immunologik statusni tekshirish usullari



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Immunologik statusni tekshirish usullari 
Hujayra va gumoral immun javobni tekshirish uchun qon geparin bilan yoki 
EDTA bilan tirsak venasidan ertalab naxorga olinadi. Yana shuningdek alohida 
probirkaga qon zardobi uchun olinadi va sentrafugani kichik aylanishiga 
yuboriladi, so‘ngra sovutgichda tinitish uchun saqlanadi. Zardobda, masalan 
immunoglobulin miqdorini tekshiriladi.
T-limfotsitlar subpopulyatsiya tarkibini aniqlash. 


 177
Subpopulyatsiya hujayralarini miqdorini baholashda hozirgi kunda oquvchi 
sitometriya usuli va SD sinfi molekulasiga tegishli yuzaki molekulalarga oid 
monoklonal antitela (mAT) qo‘llanadi.
Nevrologiyada limfotsitlar subpopulyatsiyasini miqdori va boshqa 
immunologik ko‘rsatgichlarni tekshirish ko‘pincha dimielinizatsiyaga oid 
kasalliklarda faol o‘rganilgan. Tarqalgan sklerozda supressor hujayralar (SD8) 
miqdori pasayadi.
Eng aniq o‘zgarishlar autoregulyator SD4/SD8 munosabatini qo‘llanilganda 
aniqlangan.
Mazkur hujayralarni kamayishi kasallikni faol davrida sodir bo‘lib, 
remissiya davrida tiklanishi haqida ma’lumotlar bor. (Rose L. et al. 1988).
Limfotsitlar blastotransformatsiyasi reaksiyasi (RB TL)
Bu test limfotsitlarni funksional holatini baholashda ishlatiladi, ularni turli 
xil ta’sirotlarga proliferasiya xususiyati bilan javob berishini baholashda 
qo‘llanadi. Ta’sirotga qarab, mitogenlar antigenspesifik reaksiyalar bilan hujayrani 
ta’sirlovchi reaksiyalar va spesifik bo‘lmagan javob tafovut etiladi.
A, G va M sinfi immunoglobulinlari miqdorini biologik sharoitlarda (qon 
zardobi, likvor, faollashtirilgan hujayralar supernatanti) aniqlash hozirgi kunda 
immunoglobulinlar miqdorini turli suyuqliklarda qattiq fazali immunoferment 
analiz (ELISA) larda o‘rganish usuli keng tus olgan.
Sitokinlar miqdori va ishlab chiqqan mahsulotini tekshirish.
Yuqorida qayt etilgandek, sitokinlar immunoregulyatsiyasida markaziy o‘rin 
tutadi, informatsiyani bir hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tishini ta’minlaydi. 
Sitokinlar miqdori turli xil sharoitlarda turlicha usulda baholanadi, ko‘pincha 
biologik, immunoferment va radioimmunologik usullarda (oxirgi usulda hujayra 
sitokinda RNK miqdori) aniqlanadi. Ko‘pincha qattiq fazali immunoferment 
analizi (ELISA) qo‘llaniladi va bunda turli firmalarni standart birikmalari 
ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, nerv kasalliklarida qon zardobida sitokinlarni 
miqdorini aniqlash kam ma’lumot beradi.
Likvorda va faol hujayralarni supernatantida aniqlash esa yaxshi natija 
beradi. Barcha mononuklear hujayralarning supernatanti yoki ularning 
subpopulyatsiyasi (masalan, monotsitlar) mitogen yoki antigen bilan yoki ularsiz 
3-5 kunlik kultivasiya natijasida olinadi. So‘nggi yillarda hujayra ichi sitokinlarni 
aniqlash mATni qo‘llash yordamida o‘tkazilmoqda. SD3-pozitiv va SD3-negativ 
hujayralar orasida hujayra sitokinlari sitometr yordamida aniqlanmoqda. Yana bu 
sohada m RNK ni aniqlash usuli ham faol qo‘llanmoqda.
Bir qator kasalliklarda muhim ma’lumotlarni komplimentni tekshirish 
immun kompleksini sirkulyasiyasi va turli sitokinlar, xemokinlar, adgeziya 
eritilgan molekulalar, muhim ahamiyatga ega va immun statusini ta’riflab beradi. 
Bular bilan tanishish uchun alohida adabiyotlar tavsiya etiladi, ular immun 
reaksiyalarga baho berish imkoniyatiga ega (Petrov R.V., 1982, Pol U., 1989, 
Ketlenskiy S.A., 1992 va boshqalar).


 178

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish