Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Kompyuter tomografiyasi 
Kompyuter tomografiyasi ingliz fizigi Xausfild tomonidan kashf etilgan 
bo‘lib, 1972 yilda birinchi marta klinikada ko‘llanilgan va bosh miya 
kasalliklarinng diagnostikasida inqilobiy o‘zgarish yasadi. Bu usul kalla ichidagi 
patologik jarayonlari bemorga hech qanday salbiy ta’sir qilmay yoki miya 
qorinchalariga yubormasdan, aniq kesib tushirilgan suratlarni olishga imkoniyat 
beradi. Bu kashfiyotning ahamiyatini rentgen nurlarining ochilishi va uning amaliy 
meditsinada qo‘llanishi bilan tenglashtirish mumkin.
Hozirgi zamon kompyuter tomografini rentgen naychasini nurlanish rejimini 
bemor boshining o‘qi atrofida 180-360o o‘zgartirib, bu aylanishning bir aniq 
gradiusida to‘xtatish mumkin. Kalla ichidagi har xil zichlikka ega bo‘lgan 
muhitlardan rentgen nuri o‘tayotganida to‘qimalar qarshiligiga uchraydi, keyin esa 
ion nurlanishini yorug‘lik nurlanishiga o‘zgartiruvchi asbobga o‘tadi va yorug‘lik 
nuri paydo bo‘ladi. Bu yorug‘lik nurlanishi qayd qiluvchi detektorlarga va 
fotokupaytirgichlarga o‘tadi. Elektrik signallar keyinchalik EVM ga keladi. Bu 
yerda (yutilish) ko‘rsatkichlarini matematik yo‘l bilan hisoblanadi, keyin kallaning 
kesilgan sathining hujayrasi jadvalda rekonstruksiyalashtiriladi. Yutilish 
koeffisentining aniqligi suvning (yutilish) koeffisentiga nisbatan foiz hisobida 0,2 
ga yetadi. Kallaning kesilish qalinligini 3 dan 14 mm gacha o‘zgartirish mumkin. 
Trubkaning aylanishi180 gradusga yetganda bemorning boshi atrofidagi 
trubkaning harakati 80 sek. dan 4 minutgacha cho‘ziladi.
So‘rilish koeffitsentlarini ekranda qora-oq holda (tasvirlanishning 
shakllanishi 10 xilda bo‘ladi: past qalinlik uchun eng yuqori qoradan, yuqori 
qalinlik uchun maksimal oqqacha) yoki rangli televizorda yoki sonli ko‘rinishda 
kog‘oz tasmasida to‘g‘ri yozadigan qurilmalarda tasvirlanadi. Pribor kesilgan 
to‘qimalar qalinligining bir-biridan 0,2-0,5 % gacha ajratish qobiliyatiga ega. Juda 
sifatli tasvirni olish uchun ko‘p hollarda oldindan venaga rentgen kontrast 
moddalar yuboriladi.
Supratentorial strukturalarni tekshirishda odatda 4 ta kesilgan qatlamda 
tasvir olinadi, parallellar tekisligida chiziq orqali o‘tib, ko‘z kosasining tashqi cheti 
va tashqi quloqning (quloq suprasining) teshigini kesib o‘tadi. Kalla tubining 
churrasidagi patologik jarayonlarini tekshirishda «kesish tekisligi» dastlabki 
tekislikka nisbatan 15-20o da joylashtiriladi. Hozirgi vaqtda kompyuter 


 164
tomografiyaning takomillashtirilgan yangi stereografik usuliga asoslangan 
modellari yaratilgan.
Chiziqli koeffisentlarning shkalasi yutishlarini (zichlik koeffisentlarini) kalla 
va uning ichidagi moddalar uchun quyidagi sxemada ifodalash mumkin: suyak-
qotib qolgan qon-bosh miyaning kulrang moddasi – oq moddasi – bosh miyaning 
infarkt manbasi – sof qon – kista suyuqligi – suv (likvor, shish suyuqligi). 
Tomogrammada o‘smalarning bir joylari baland, ikkinchi joyi esa past zichlikni 
ko‘rsatadi va bosh miya zichligidan ajralib turadi. Meningioma uchun eng baland 
zichlik xarakterlidir. Glioma o‘smalari har xil zichlik bilan ajralib turadilar. 
Bunday hususiyat faqatgina har xil o‘smalar uchun emas, balki birgina glioma 
o‘smasining har bir joyi o‘ziga xos zichlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Yon, III, IV qorinchalar, sisternalar, bosh miya yarim sharlari oralig‘i, Silviy 
va uncha katta bo‘lmagan bosh miya oraliqlari normal va patologik hollarda 
tomogrammalarda juda yaqqol ko‘rinib turadilar. Okklyuziya gidrosefaliyasi, bosh 
miyaning o‘choq va diffuzli atrofiyasi, kalla va bosh miyaning ichidagi har xil 
o‘smalarni, gematomalarni, bosh miya abssesslarini, havfli o‘smalarning 
metastazlari va boshqalarni osonlik bilan tashhis qo‘yish mumkin.
Kompyuter tomografiya usuli murakkab va qimmatbaho apparat bo‘lishiga 
qaramay tashhis qo‘yishda ko‘p hollarda bemor uchun ziyonsiz bo‘lib, boshqa 
usullarni, ya’ni ventrikulografiya, angiografiya va boshqa usullarni qo‘llashga 
hojat ham qoldirmaydi. Kelajakda kompyuter tomografiya apparaturasini ichki 
organlarning va organizmning hamma kasalliklarini diagnozini qo‘yishda 
foydalaniladi.


 165

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish