www.ziyouz.com kutubxonasi
269
burardi. Suhbatdoshida Jet-Tex aktsiyalari deyarli yo‘q bo‘lsa, Palmer yengil nafas olib, uni tabriklar
va ertaga, birja ochilgandan keyin yoki uzog‘i bilan seshanba kuni katta ko‘ngilsizliklar bo‘lishiga
shama qilib, iloji boricha gapni qisqa qilardi. Agar suhbatdoshida aytilgan aktsiya ko‘p bo‘lsa, Palmer
fikrini ochiqroq aytardi. Ya’ni hayajonli, be’zovta ovoz bilan xizmat majburiyati bo‘yicha bu gapni sir
saqlash lozim bo‘lsa ham do‘stlikni yuqori baholashini bildirib, noaniq, g‘alati shamalar bilan do‘stining
ko‘ngliga g‘ulg‘ula solardi. “Men xususiy aktsiyalarimni dushanba kuni, birja ochilgandan keyin
sotaman” bu galgi suhbatning hal qiluvchi qismi shunday tugar, “chunki seshanba kuni tushlikdan
keyin ularni eng arzon bahoga sotish ham ushalmas orzu bo‘lib qoladi”, deb qo‘shib qo‘yishni
unutmasdi.
Palmer shanba kuni Chikago vaqti bilan kech soat o‘nlarda telefondagi suhbatlarini yakunladi va
vaqt endigina oqshomgi yetti bo‘lgan G’arbiy qirg‘oqqa navbat yetdi. Kechki o‘n bir yarimgacha bu
tomonga qo‘ng‘iroq qildi. Keyin yana Vashington shtatidagi Pasko mehmonxonasiga, Jeynning
allaqachon birorta qiziq kitobini o‘qib, dam olayotgan eriga qo‘ng‘iroq qildi. Biroq mehmonxona
xizmatchisi nomerda hech kim yo‘qligini aytgach, Palmer buyurtmani qoldirishni so‘radi.
Tungi soat birlarda Edis uni uyquga yotishga ko‘ndirdi. Biroq tonggi soat to‘rtda telefon qo‘ng‘irog‘i
jiringlashi bilan o‘rnidan sakrab turib, go‘shakni oldi.
— Yo‘q, Tim, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Buyurtma qoldirganim uchun kechir. Bu – mening xatoim. U
yoqda soat nechchi? Tungi bir?
— Vuds, bor, yotib uxla yoki jin ursin, har qancha gaping bo‘lsa ham go‘shakni joyiga qo‘y.
Holdan toygan Palmerning hozir birorta savolga javob berishga majoli qolmagan edi. Biroq sirli
“Uotan” so‘zi oxir-oqibatda bir dunyo jumboqlarni keltirib chiqaradi. Palmer bu savollarning
birortasiga majburan javob bermoqchi emas edi.
Biroq eng muhim ish Bernsga qo‘ng‘iroq qilish yakshanba kuniga qoldirilgan bo‘lib, Palmer bu
qo‘ng‘iroqni iloji boricha kechroq, tunda qilmoqchi edi. Kunning ikkinchi yarmida ancha vaqtini u
suhbat o‘tkazish uchun turli yo‘llarni tanlash bilan o‘tkazdi. Va Nihoyat Palmer qo‘ng‘iroq qildi. U bilan
suhbatdan ko‘zda tutilgan qarshiliklar ancha kamligini sezib, juda mamnun bo‘ldi.
— ... Jag‘ingiz tuzukmi deb so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilyapman.
— Zo‘r. Shu xolosmi?
— Unchalikmas.
— Albatta, siz kechirim so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilayotganingiz yo‘q, — dedi Berns vazmin
ovozda. – Sizga o‘xshagan odamlar hech qachon bunday qilmaydi.
— Siz mening “toifam”ni ancha yaxshi o‘rganibsiz, to‘g‘rimi?
— Ha, albatta, — javob berdi Berns. – Sizning alohida ismingiz ham bor. Siz – OAP siz.
— Kim?
— Oqtanli Anglosaks. Protestant.
— Jo Lumisga o‘xshab-a?
— Bo‘pti, Palmer. Shumi?
— OAPlar va yana OAPlar borligi to‘g‘ri. Siz ularning ayrimlariga ishonasiz.
— Keling, gapni tugatamiz.
— Qo‘ng‘iroq qilishimga sabab, siz tufayli xavotirdaman.
— Xovotiringiz ham o‘rinli. Ertaga ertalab men sizni burdalab tashlayman.
— Mak, meni sizning shaxsiy ehtiyotsizligingiz xavotirga soladi. Menga bir fikr tinchlik bermayapti.
Siz hammani bitta torozida o‘lchayapsiz.
— Nima?
— Tushuntirish shartmi, Mak? Siz aqlli odamsiz-ku? Siz OAPlarning bir guruhi bilan yashirincha,
ikkinchisi bilan – ochiqchasiga bitim tuzib ishlayapsiz. Biroq siz hammani Jet-Texga qo‘ydingiz,
hammani ular hisoblashishi shart bo‘lmagan maxfiy bitimga qo‘shib qo‘ydingiz.
— O’z g‘amimni o‘zim yeyishimga ruxsat bering, Palmer.
— Buni siz ko‘ngildagidek qilolmaysiz. O’zingizni bir daqiqaga Lumisning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. U
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |