www.ziyouz.com kutubxonasi
268
Keyin yana go‘shakni olib, general raqamini qayta terdi. Go‘shakni Xeygenning o‘zi oldi.
— Endi, yana bir gap bor. Dushanba kuni men bilan Nyu-Yorkda tushlik qila olasizmi?
— Tentak bo‘ldingmi, Vudi? Bu yerda ishim qalashib yotganini bilasan-ku?
— Men aytgan odam bilan uchrashish uchun.
— Men uni bilaman.
— U o‘z tashabbusi bilan tajribalar o‘tkazishga ruxsat berilishi haqida aniq tavsiyalar olish niyatida.
— Hammasini o‘zing tasdiqla, men seni quvvatlayman.
— Bu toifadagi odamlarni yaxshi bilasan-ku! O’zlarini hurmat qilishadi. Senga bir marta nigohi
tushsa bo‘ldi...
— Mening eski qadrdonim, menga foydam tegayapti deb o‘ylayapsanmi. Aytaylik, hojatimni
chiqaryapsan ham. Lekin vaqti kelib, jonga tegishing mumkinligini nega o‘ylamayapsan?
— Mayli, Eddi. Men shunchaki, bitim buzilishini xohlamagan edim.
— Shunday xavf bormi?
— Sen o‘zingni kimoshdi savdosidagi yagona xaridor deb o‘ylamasang kerak?
Xeygen jim qoldi.
— Nima bu, yonib ketadimi?
— To‘ppa – to‘g‘ri. – Palmer imkon qadar kinoya ohangida gapirdi. – Pulli konvertni ochganingda u
yerda qog‘oz taxlamlari bo‘ladi. Eddi, bosh tortmoqchi bo‘lsang, rostini aytaver. Biroq, iltimos, bu
gapni hoziroq ayt.
— Xudoyim-ey, soat nechada, qaerda?
— O’n ikki-yu o‘ttiz. Ishbilarmonlar dahasidagi “Klub”da.
— Yanayam chetroq joy bo‘lishi uchun Meysi vitrinalarining yoni yaxshiroqmidi?
— Ha deysanmi-yo‘qmi?
— Jin ursin. Ko‘rishguncha.
— Hozircha. – Palmer go‘shakni ilib ulgurmasdan bir finjon qahva ko‘targanicha, Edis kirib keldi.
— Bir soat qahva tayyorladingmi?
— Shuni ham ichishingni xohlamayman, Vuds. Sen uxlab olishing kerak.
— Hozir yotaman. – Palmer chuqur uf tortib, qahvani xo‘plab icha boshladi.
Oltmishinchi bob
Palmerning xayolida keyingi qirq sakkiz soat odatdagidan ancha cho‘zilib ketganga o‘xshadi. Biroq
uzoqdek tuyulgan bu vaqt davomida u o‘ziga sirtdan qaray olmadi. Ikkinchi davr shunchalik ko‘p
qismlardan tashkil topgan ediki, o‘ylash uchun fursat ham qolmagandi. Palmer ishni tez bitirish uchun
tinimsiz olg‘a intilar, naridan-beri uxlar, vaqtni o‘z ish rejasiga moslashtirishga urinar edi. Keyinroq,
tahlil qilish imkoni tug‘ilganda u bu faollikka sabab bo‘lgan yagona aniq guvohni topib oldi: bu,
asosan, shaharlararo telefonda so‘zlashuv uchun 300 dollardan ko‘proq to‘lov qog‘ozi edi.
Edisning qistovi bilan shunba kuni u tushlikdan keyin soat qo‘ng‘irog‘ini oqshomgi 19 ga qo‘yib,
uxlagani yotdi. Ayni shu vaqtda – o‘rta G’arbda soat 18 bo‘lganda uyg‘onib, Chikagoga qo‘ng‘iroq qila
boshladi.
U gaplashganlarning ko‘pchiligi uyida yoki boshqa biror joyda ovqatlanishga tayyorgarlik
ko‘rishmoqda edi. Ularda Palmerning gaplariga qiziqish uyg‘onardi-yu, muloqotga vaqtlari yo‘q, ya’ni
ular Palmer o‘ylaginidek, osoyishta ruhiy holatda edilar. Ular qayoqqadir shoshishar, muammolarni
mayda-chuydasiga muhokama qilishni xohlamas edilar...
— Bill (Jek yoki Fil, birgal Jibbzi), — derdi Palmer, — esimda. Sen o‘tgan yili iyun oyida Jet-Texning
aktsiyalarini sotib olgan eding. Senda aktsiya ko‘pmi?
Berilgan javobga qarab, gap-gapga ulanar va Palmer mohirlik bilan nishabni o‘ziga zarur tomonga
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |