www.ziyouz.com kutubxonasi
267
— Biroq siz ... Aktsiyalar? Ellik ming? – nemis jim bo‘lib qoldi. Keyin: — Qaysi firmadan? – deb
so‘radi.
— Hamma gapni dushanba kuni, tamaddi paytida aytaman.
— Bu yoqqa kelmoqchimisiz?
— Bunday qilolmayman, — Palmer tushuntira boshladi. – Bu o‘ta bema’nilik bo‘lar edi. Bundan
tashqari, siz bilan birga yana bitta odam bo‘ladi. Sizni tushunadigan odam. Nyu-Yorkning
ishbilarmonlar dahasidagi “Klub”da tamaddi qilishga qalaysiz? Siz dushanba kuni ertalab uchib, Aydl-
uaylddan Uoll-stritgacha vertolyotda kelishingiz mumkin. Men sizni o‘sha yerda kutib olaman.
— Maarhamat, hammasi shunchalik tez yuz berayaptiki... Men ko‘proq narsa bilishim kerak.
— Bilib olasiz. Dushanba kuni tamaddi paytida.
— Biroq men nimani bahona qilaman, o‘zimning...
— Quloq soling, — uning gapini keskin bo‘ldi Palmer. – Siz axir, ularga har bir daqiqa vaqtingiz
haqida hisob bermaysiz, to‘-rimi?
— Albatta, yo‘q. – Gauss kutilmaganda uning gap ohangiga o‘xshash keskinlik bilan javob berib,
avvalgi shubhalanuvchanligini yuvishga urindi. — Hecham hisob bermayman.
— Nima bo‘lganda ham siz bilan oldindan muhokama qilinadigan boshqa narsa bor, — davom etdi
Palmer. – Bu, hm, haligi, siz aytgan tadqiqotlar. Bular sizning shaxsiy ishingiz bo‘lgach, ularni boshqa
joyga bemalol o‘tkazishingiz mumkin, shunday emasmi?
— Biroq Palmer, siz buni yangi kompaniya bilan muhokama qilmagan bo‘lsangiz kerak?
— Albatta, yo‘q. Hamma tadqiqotlaringiz bitimning hal qiluvchi omillari bo‘ladi.
— Men hammasini yozib qo‘yganman, — dedi Gauss. – Bular mening shaxsiy jurnallarim. Ular qolib
ketgan taqdirda ham begonalar hech narsani tushunmaydilar. Biroq har qanday holatda ham men
hamma zarur ma’lumotlarni yoddan bilaman.
— Nyu-Yorkka uchib keladigan ertalabki samolyotlar jadvalini bilasizmi?
— Menimcha, to‘qqizda va o‘n birda.
— Soat to‘qqizdagiga oling. Bu Nyu-York vaqti bilan o‘n bo‘ladi. Aydl-uayldga soat o‘n biru o‘ttizda,
Uol-stritga esa peshinda yetib kelasiz. Meni o‘sha yerdan topasiz.
— Do‘stim, buni shunaqangi jadallik bilan amalga oshirishim zarurmi?
— Men o‘ylaymanki, — Palmer ovozi iloji boricha dabdabali chiqmasligiga harakat qildi, –
o‘ylaymanki, sizning ishingizga xalaqit beradigan har bir kun, boshqa olimlar mehnatingizni inkor
qiladigan sanaga aylanib qolishi mumkin.
— Juda yaxshi gap, — quruqqina qilib dedi Gauss. – Biroq men juda ham bilishni xohlar edimki,
birdaniga mening ishlarim nima uchun sizni bunchalik qiziqtirib qoldi?
— Sababi ko‘p. Sizning ayrim ko‘ngilsizliklaringizga nisbatan o‘zimda mas’uliyat his qilishimni aytib
o‘tdim. Biroq men –arazli sabablar borligini ham inkor etmayman.
— Shunday — g‘arazli sabalar nima ekan?
— Tamaddi paytida bizni kutib oladigan odam mening eski do‘stim. Uning firmasi bir qancha
muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdi. Biz ularning banki bo‘lganimiz uchun kompaniya yangi
yo‘ldan borishi zarurligini bilaman. Kosmik asr texnikasi shunchalik rivojlanayaptiki, bugungi omad
ertangi bosh og‘rig‘i bo‘lib qolishi mumkin. Ular yaxshilab bir sakrashlari juda zarur. Men ularga siz
kerak bo‘lasiz deb o‘yladim. Bitta o‘q bilan ikkita quyonni otish yo‘lini topdim. Hamma gap shu.
— Hmm. Tamaddi paytida uchratadigan sherigingiz kimligini fahmlaganday bo‘layapman.
— Keling, shu yerda to‘xtatamiz. Siz men uchun hamisha ziyrak odam bo‘lib qolasiz.
— Faqat bir gap, — ijikiladi Gauss. – U yaqinda yaxshi bir hamkoridan ayrilib qoldimi?
— Bu – omadsizlik zanjiridagi oxirgi halqa, xolos.
— Shunday. Demak. U mening ham eski qadrdonim, nicht wahr1 ?
— Bis Montag, mein Greund. Bis Montag2 , — bidirladi Palmer.
— Tushunaman. – Gauss bir necha soniya indamadi. Keyin qo‘shib qo‘ydi: — Juda qiziq. Haqiqatan
ham shunday bo‘lsa, bu menga juda yoqadi deb o‘ylay boshladim...
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |