Bog'liq portal.guldu.uz-Ajratish va konsentrlash usullarining
Ajratish va konsentrlash usullarining analizda ishlatilishi
REJA:
1.Ajratish usullarning umumiy tavsifi.
2.Konsentrlash usullari.
3.Mikrotarkibiy qismlarni aniqlash.
4.Halaqit beruvchi moddalarni niqoblash.
AJRATISH USULLARINING UMUMIY TAVSIFI.
Analiz jarayonida bir moddani aniqlashga ko’pincha ikkinchi modda halaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishga to’g’ri keladi.
.
TARKIBIY QISMNI
ANIQLANADIGAN
MODDADAN
AJRATISH
NIQOBLASH
ERITMA O’ZIDA
NIQOBLASH
ERITMADAN
CHIQARIB
OLISH
Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalar bir-birini toppish va aniqlashga halaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin.
Kimyoviy ajratish. Yordamchi reagent tekshiriladigan eritmaga qo’shiladi.Bunda cho’ktirish,komplekslash,oksidlanish-qaytarilish reaksiyalardan biri yoki bir nechtasi natijasida moddaning bir qismi ikkinchi fazaga (cho’kma, gaz,niqoblanish holati) o’tadi. Ajratishuchun yuqoridagilardan tashqari filtlash,senterafugalash,haydash, kiristallash va boshqalar ishlatilishi mumkin.Fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta’sir tufayli ikki fazaga ajralishi mumkin.
Masalan;qattiq modda-eritma, qattiq modda-gaz; eritma-gaz; eritma-eritma;
Ajratish jarayonida muvozanat o’rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi.Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o’tadi.Bunda bir fazadan ikkinchisiga o’tkizishning imkon boricha to’liq bo’lishiga e’tibor beriladi va aniqlanadigantarkibiy qism bir fazada,xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo’lishi zarur.
Analizning aniqlik darajasi ajratishning samaradorligiga bog’liq.Ajratishning samaradorligini aniqlash uchun ajratish darajasi va ajratish omili qo’llaniladi. Ajratish darajasi (Rc) ajratilgan tarkibiy qism miqtorining (QA) uning namunadagi dastlabki miqtoriga (QA0) nisbatiga teng:
Rc=
Bu qiymat birga qancha yaqinlashsa,ajratish shuncha to’la bo’ladi. Uni foizlarda ham ifodalaydilar. Ajratish yoki konsentrlash omili (Rb/a)aniqlanadigan tarkibiy qismning xalaqit beruvchi tarkibiy qismdan qanchalik to’liq ajratilganligini ko’rsatadi.
Rb/a=
Qbo va Qao – A va B tarkibiy qismlarning tekshiriladigan namunadagi dastlabki miqdorlari; QB va QA-shu tarkibiy qismlarning ajratishdan keying miqdorlari. U qiymat qancha kichik bo’lsa,ajratish shuncha samarali bo’ladi.
ION
ALMASHINISH
SORBSIYA
EKSTRAKSIYA
HAYDASH
BUG’LATISH
KRITALLASH
AJRATISH
USULLARI
KONSENTRLASH USULLARINING TAVSIFI.
Zomonaviy analiz usullarining mikroaralashmalarini aniqlashdagi sezuvchanligi har xil bo’lib, sezuvchaligi yuqori usullar maxsus asboblar cheklaydi. Annarxi arzon va qulay usullarning esa sezuvchanlii yetarli emas, bundan tashqari, aniqlanadigan modda miq-dori qancha kam bo’lsa, aniqlash xatosi shuncha katta bo’ladi. Moddalarning juda kam miqdorini (asarini ) aniqlash uchun zaruriy miqdor sifatida 10-7
10-8 mol /litir olingan, ayni xollarda bu miqdor ancha kam bo’lishi (10-14 mol/l) ham mumkin. Bunday oz miqdordagi moddani aniqlash uchun ko’pincha atom-absorsion , neytiron –ayitrAatsion roentgenofluoressent singgari fizik usullar ishlatiladi.
Ekistiraktsion ajratish ko’pincha kimyoviy usul-komplekslash reaksiyalari bilan bog’liq xolda o’tkaziladi. Kiristalizatsiya usulida aniqlanadigan modda qattiq xolda bo’lishi muhim chunki bug’latish davrida aniqlanadigan moddaning uchib chiqadiga qismi tashlab yuboriladi, uni to’plab olish ancha murakkabdir. Kiristallash asosan tarkibi aralashmalardan toza bo’lgan cho’kma olish uchun ishlatiladi.