www.ziyouz.com kutubxonasi
277
o‘chirdim, ko‘p miqdorda uyqu dorisi ichishimga sal qoldi. Sen hatto men o‘zimni qanday his
qilganimni tasavvur qilolmaysan. Alam qilgani shuki, birgina qo‘ng‘iroq dardimga davo bo‘lishi
mumkin edi. O’zimni mana shunday g‘alata ahvolga solib qo‘ydim, Vudis. Mening yoshimdagi ayol
aqlliroq bo‘lishi kerak.
— Astoydil kechirim so‘rayman, men...
Shu zaxoti interkom guvulladi. Palmer Berkxardtga ulanadigan telefon tugmachasi yonganini ko‘rdi.
U bunga e’tibor bermay, magnitofondan kassetani olib cho‘ntagiga soldi. Bir daqiqadan keyin shaxsiy
telefonining chirog‘i yondi. U go‘shakni ko‘tardi.
— Yarim bandgacha ko‘tarildi, — xabar qildi Palmerning dalloli. — Lekin 39,5 dan keyin yana
keskin tusha boshladi. Birja yopildi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Jet-Tex aktsiyalarining
narxi yanayam tushib bormoqda. Aytishlaricha, hozir ularning aktsiyalari kursi 34 ekan. Nima gap
o‘zi?
— Nima gapligini eshitganing yo‘qmi?
— Nega sen yashirin ish tutuasan? Gap nemis olimidami?
— Demak, baribir eshitibsan-da, — tasdiqladi Palmer.
— Butun Stritda faqat shu haqda gapirishayapti. Lekin u shunchalik foyda keltirishi mumkinmi?
— Pit, foyda endigina sezila boshladi.
— Lekin nimaga?..
— Eh, Pit, — chuqur nafas oldi Palmer. — Seni dalollik qiladi, deb o‘ylagandim. — U gapni bo‘ldi va
hamon chaqirayotgan Berkxardtning qo‘ng‘irog‘iga e’tibor bermay, boshqa bir telefon go‘shagini
ko‘tardi.
— Janob Mollet, ser.
— Ulang. — Palmer cho‘ntagidan reja yozilgan qog‘ozchani oldi. — Jorj, qo‘ng‘iroq qiloldingizmi?
— Ha, lekin oson bo‘lmadi. — Bechora yigit oxiri go‘shakni tashlab yubordi.
— Nima uchun “Bechora yigit?” Gauss tufayli-ya?
— Bo‘lmasa nima uchun? Uning matbuotga xabar qiladigan hech narsasi qolmagan ekan. U aytdiki,
bizning Vashingtondagi byuromiz bir necha soatdan keyin bu voqeaga doir tegishli ma’lumotlarni
olarkan. U keyingi savolni oxirigacha eshitmasdan, go‘shakni tashladi.
— Dahshat!
— Ayting-chi, yirik soliq to‘lovchi sifatida siz davlat xizmatchilari orasida janjal chiqarishga
haqlimisiz?
— Asabiylashgani uchun Timga haq to‘lashadi. Uning agentligi bu masalada rasmiy bayonat
berishidan mamnunman. Ana shunda siz ham tayyor holdagi maqolangizga ega bo‘lasiz.
Palmer stul suyanchig‘iga yaslandi. Bir daqiqa o‘tgach, ko‘zlarini yumdi va barcha mushaklariga
dam berishga urindi.
Oltmish uchinchi bob
Soat beshda bank kommutatori tungi ishlarini tugatdi. Palmerning iltimosiga ko‘ra kechki
qo‘ng‘iroqlar Virjiniya Klerining raqamiga o‘tkazildi. Birorta odam uning xonasi bilan bog‘lana olmadi.
Shunday bo‘lsa-da, soat 5.30 da telefonining yashil chiroqlari yondi. Palmer dallol qo‘ng‘iroq qilayapti,
deb o‘yladi va tugmachani bosdi:
— Ha, Pit?
— Men Pitga o‘xshaymanmi? — so‘radi Mak Berns.
Palmer qovog‘ini soldi. Undan tashqari nyu-yorklik va chikagolik dallollarning birortasi ham bu
telefon raqamini bilmasdi. Bugun kunduzi u faqat Edisga Tim qo‘ng‘iroq qilsa, shu raqamga ulagin,
deb tayinlagandi.
Mak Bernsning ovozi eshitilganda Palmer sarosima ichida stol ustida uyulib yotgan qog‘ozlarga —
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |