www.ziyouz.com kutubxonasi
273
uchrashuvimiz tansiq file minonga arziydi. Nima dedingiz, doktor?
— Albatta. Ajoyib.
— Chamasi, biz til topishyapmiz, Vudi, — dedi, keyin Gaussga qarab so‘radi: — Tezroq boshlay
olasizmi?
Bu paytda restoran zaliga odam to‘lib ketgandi. Ertaroq kelganlar ketib, ular o‘rnini boshqa dallollar
va bankirlar egalladi. Eddi Xeygen va Jet-Texning ilmiy ishlari rahbari birga o‘tirib uzoq
suhbatlashgani va ovqatlangani haqidagi gap Uoll-stritda shov-shuv bo‘ladi. Endi do‘stona qo‘l qisishib
xayrlashayotganlarini hammaga namoyish etib, pardani yopish vaqti keldi.
Palmer soatiga ko‘z tashlab, xitob qildi: — Jin ursin, general, men bu odamga o‘n besh daqiqadan
keyin vertolyot bekatiga qo‘yib kelaman deb va’da bergandim. Iloji bo‘larmikan?
Xeygen jilmayib, o‘rnidan turdi. U ataylab qulochini shunday keng yozdiki, Palmer hatto qo‘rqib
ketdi.
— Doktor, — dedi Xeygen qo‘lini nemisga uzatib, — Meni narxi qiziqtirmaydi. Biroq birinchi bo‘lib
qiladigan ishingiz gravitatsiyaga qarshi anavi narsangizni qurish. Men uni ko‘rishim kerak.
— Albatta ko‘rasiz, — va’da berdi Gauss yashnab.
— O’shanda bitim tuzamizmi?
— O, albatta! – Gauss deyarli qichqirib yubordi. – Albatta!
— Yana bir marta xayr, doktor, — baland ovozda xayrlashdi Xeygen Gauss bilan, — Siz bilan
suhbatlashib, maza qildim.
Bu gal Gauss poshpalarini taqillatib, harbiychasiga chest berdi. Palmer “pochasi uzun bo‘lmaganda
poshnasining taqillashi olamni buzardi” deb o‘yladi.
Ular liftda yana jimgina pastga tushdilar.
— Menga qarang, — Gauss lablarini yalaganicha, jim qoldi. Uning ko‘zlari nam edi. – General
ikkimiz haqiqatan ham bitim tuzdikmi?
— Uning qo‘l qisishi shartnoma kabi majburiyat kasb etadi. Bundan tashqari, generalning fe’lini
yaxshi bilaman, ertaga, pochta orqali shartnomaning bir nusxasini olasiz.
Gauss bir zumda yashnab ketdi. Keyin yana telbavash qiyofaga kirdi.
— Men bu haqda Jet-Texga xabar qilishim kerak, — g‘o‘ldiradi u.
— Bu masala sizni juda hayajonlantirayotgan bo‘lsa, o‘zingizga tegishli shartnoma nusxasiga imzo
chekib, generalga jo‘natib yuboring. Bir-ikki kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilib, imzolangan nusxani
sizga qaytarib yuboradi. Hammasi qonuniy va rasmiy bo‘ladi. Shundan keyin Jet-Texga ma’lum
qilasiz.
— Ha – a, — Gauss xotirjam bo‘ldi. U ishchan qiyofada osmonga qaradi, keyin o‘girilib, bir necha
muddat ufqqa ko‘z tikdi. So‘ng qovog‘ini uyib: — Tartibsizlik, — dedi. – Hech qanaqa majburiyat
tuyg‘usi yo‘q.
Palmer yelkasini qisdi:
— Ozgina Nyu-Yorkcha maftunkorlik bor, xolos.
— Men uchun yo‘q, — Gauss qaddini rostladi va jiddiy qiyofada daryo tomon bir necha qadam
tashladi.
— Siz haqsiz, — ma’qulladi Palmer.
Gauss o‘girilib, yana ufqqa qaradi. Bosh chayqab: — Tushunmayman, odamlar bu yerda qanday
yashar ekanlar, — deb qo‘ydi. Baland to‘lqin uning ortidan kelib, devorga urildi. Minglab suv
zarrachalari Gaussning botinkalarini xo‘l qildi va suv bilan birga chiqqan turli qog‘oz parchalarini
yopishtirdi. Gauss qo‘llarini cho‘zib:
— Juda maza qildim, — deb qo‘ydi.
Palmer uning qo‘lini qisdi:
— Omad tilayman.
Har kim o‘z baxtini o‘zi yaratadi, — dedi va burilib, vertolyotga chiqib ketdi...
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |