www.ziyouz.com kutubxonasi
97
ochish uchun mashinaga o‘z vaqtida yetib bordi. Palmer hatto uzoqdan turib shveytsarning
mehmonni sermulozamatlik bilan jilmayib qarshi olganini ko‘rib turardi.
— Ana qahramonlig-u, gap yo‘q, — deb qo‘ydi Virjiniya.
— Ularga nima! — dedi Palmer. — Anavi yoqqa qarang!
Har ikkala bolakay ariq bo‘yida yotib olib, ovozlarining boricha xoxolab kular edi.
Virjiniya ularga diqqat bilan razm soldi.
— Yig‘lamaslik uchun kulishayapti, — deb qo‘ydi juvon.
Yashil chiroq yonib, ular ko‘chaning narigi tomoniga o‘ta boshlashdi. Virjiniya oldinda, uning
ortidan esa Palmer borardi. Ular “Sigrem” binosining mungli osmoniga tik ko‘tarilgan ustunlari
yonidan jim o‘tib ketishdi. Oynavand devor orqali ichkaridan chiqib turgan sarg‘ish nur butun devorni
yoritib turardi.
— Zo‘ravonlik shahri, — dedi Virjiniya. — Vahshiy xulq-atvorlar. Bu yerda dahshatli ishlar amalga
oshiriladi. Uchchiga chiqqan qarama-qarshiliklar.
— Demak, siz ham ko‘chadagi juldirvoqilarga ko‘z yoshi to‘kadiganlardan ekansiz-da? — Palmer
xo‘rsindi.
— E, yo‘q, — e’tiroz bildirdi juvon. — Men o‘zim ham ko‘cha qizi edim. Lekin u vaqtlarda bizga
bunday nafrat bilan muomala qilishmasdi. Endi esa bu ko‘plab odamlar boshiga tushgan ayanchli
holatning ko‘plab alomatlaridan bittasi.
Palmer biroz sukut saqlab turdi-da, keyin dedi:
— Lekin men, to‘g‘risi, bu bolakaylarda ayanchli alomatlarni ko‘rmadim.
— Endi ko‘rasiz, — dedi Virjiniya.
— Nimani “endi ko‘rasiz”? — Men eshitishga tayyorman, — dedi Palmer. — Hali oldingizda oxiri
yo‘q uzun yo‘l turgandan keyin...
— Men aytadigan narsa sizga yoqmaydi.
— Ehtimol. Baribir ham, iltimos, gapiring, men tinglayman.
— Eng avvalo bu ikki bola hayotda nimalarga to‘qnash kelishini, qanday holatlarda ularga esh
bo‘ladi-yu, qandaylari qarshilik ko‘rsatadi, shularni tushuntirishga harakat qiling, — gap boshladi
juvon. — Yaxshi tumanni olib, ularning omadi kelgan. Bu yerda haddan tashqari qimmat restoran,
ikki tungi klub joylashgan, bularga eng mashhur kinoyulduzlar va turli taniqli odamlar kirib turishardi.
Buning ustiga mehmonxona ham yonginasida . Mana shu butun mahalla — ularniki. Agar boshqa
mahalla bolasi bu yerga kelib qolgudek bo‘lsa, uni burda-burda qilib tashlashadi.
— Kimlar, bu bolakaylar?
— Agar daromadli bo‘lsa, o‘z tumanini saqlab qolish uchun ular hech narsadan qaytishmaydi. To
ulardan zo‘rroq bittasi bu serunum joydan qancha foyda tushishini anglab, ularni quvib yuborib,
o‘rniga o‘zi o‘rnashib olmaguncha shunday bo‘laveradi. Axir bir tunda ularning har biri manavi yerda
besh dollardan ishlashi mumkin-da.
— Quruq eshikni ochib, pul ishlash?
— Bugina emas. Ular shu qadar bechorahol bo‘lib ko‘rinishadiki, ularni haydab yuborishga
birovning ko‘ngli bo‘lmaydi. Bu mahalla restorani va tungi klublar mijozlari odamlar ko‘ziga
mushtdekkina juldirvoqilarni tepishga jur’at qilolmaydilar. Ulardan qutulish uchun chorak dollarlik
chaqani irg‘itish kifoya.
— Shveytsarlar-chi? — so‘radi Palmer. — Ular bu bolalarni haydab yuborishmaydimi?
— Haydab yuborishadi, faqat ularni kimdir zimdan kuzatib turganda yoki bolalar haddan tashqari
surbetlik qilgan vaqtlarda haydashadi. Aslida esa bu yerda bir qonun bor: o‘zing ham yasha,
boshqalarni ham yashagani qo‘y. Bolakaylar boy mijozlardan birontasining ko‘nglini chog‘ qilishlari
mumkin, ana shundaylardan bir alamini olib qo‘yishi mumkin. Umuman, ular nonini topib yeyishadi.
Siz ularning shveytsar bilan o‘rtalaridagi munosabatni payqagandirsiz, hoynahoy? Ikki xil hayotda kun
ko‘rish shakllaridan bittasi.
— Siz shunga aminmisiz?
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |