Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
— ...va kuch emas, faqat haqiqatgina adolat tantanasiga olib kelishini bilib, bizlar xotirjammiz, — 
yakun yasadi Kalxeyn. — E’tiboringiz uchun rahmat. 
Ulkan tanobiy gulduros qarsaklardan larzaga keldi. Kalxeyn yuzlari yal-yal yonib olqish ma’nosida 
qo‘lini ko‘tardi, so‘ng joyiga borib o‘tirdi-da, yana qo‘shnisi Karmin de Sapio tomon o‘girilib, u bilan 
uzoq gaplashib qoldi. Raislik qiluvchi Grork o‘rnidan turdi va garchi qarsaklar hali tinmagan bo‘lsa-da, 
qo‘l ishorasi bilan tinchlik o‘rnatishga harakat qildi, biroq shu bilan birga, Palmerning nazarida, bu 
ishora bir vaqtning o‘zida yig‘ilganlarning yangi kuch bilan yana gulduros qarsaklar chalishiga umidni 
ham ifoda etar edi.  
Biroz o‘zini orqaga olib, Palmer o‘rindiqda o‘rnashibroq o‘tirdi. Shu holatda u Virjiniya Klerining 
jingalak qora sochlari qoplagan ensasini, bo‘ynini va ikkala kurak oralig‘idan ko‘ylagi ichiga kirib 
yashiringan nafis yelkasinigina ko‘ra olar edi. 
U o‘rindiqda o‘tirarkan, ahyon-ahyondagina notiqlarning so‘zlari uzuq-yuluq shuuriga yetib kelardi. 
Notiqlarning ro‘yxati oxirlab qolgandi va nihoyat duo kalimalari yangradi. Palmer minbardagi 
sodirliklarni shu qadar oz kuzatar ediki, avvaliga unga duoni anglikan1  cherkovi ruhoniysi qiroat 
qilayotgandek bo‘lib ko‘rindi, g‘ira-shirada uning ridosini ilg‘ab bo‘lmadi. Faqat lotincha katolik 
duolaridan xotima oyatlari quloqqa chalingandagina Palmer xato qilganini angladi. U yelka qisib 
qo‘ydi-da, qadahidan mayda-mayda ho‘play ketdi.  
Yig‘ilish dasturi bir marta tugal ishlab chiqilgan reja bo‘yicha o‘tkazilardi. Estrada tomoshasini ochib 
bergan kulgi aktyori o‘zining bor mahoratini tomoshabinlarga namoyish etishga harakat qilardi. Har 
bir kosa tagida nimkosa hazildan keyin u jimib qolar, yasama qo‘rquv ichida og‘zini kafti bilan berkitar 
va diniy nazorat vakillariga xavotir bilan ko‘z yugurtirib qo‘yardi. 
— ... Shunday qilib, vaqtni zoe ketkazmasdan, xonimlar va janoblar, men suyukli zarrinsochimni 
sizlarning ixtiyoringizga havola qilaman, garchi mish-mishlarga qaraganda, agar tagigacha kavlab 
yetilsa, u hecham zarrinsoch bo‘lmasa-da. U ajoyib xonanda, xonimlar va janoblar, hozir uning 
qo‘shiqlarini tinglaysiz, — bu “Pijamadagi oqshom” operettasidagi chinakam oqshom yulduzi. 
Shunday qiling, xonimlar va janoblar, tinglang, tomosha qiling: e’tiboringizga maftunkor Kittini havola 
etaman. Kitti Keyn! Qani, uni bir yaxshi qarsaklar bilan kutib olaylik! 
Lablarida ko‘zidagi ayanchli ifodaga aslo mos kelmaydigan tabassum qotib qolgan yo‘g‘ondan-
yo‘g‘on xunuk zarrinsoch xonanda qiz butun oqshom davomida orkestr chalgan ko‘hna ohanglardek 
ulug‘ yoshdagi bir qancha romanslarni ijro etdi. 
Shundan keyin balet juftligi “Vasvasa”ning biri bosiq bolero maromidagi, ikkinchisi esa sho‘x 
stakkato maromidagi ikki versiyasini ijro etdi. Juftlikdagi erkak o‘ziga sherik ayoldan juda 
bo‘lmaganda o‘n yosh kichik bo‘lsa-da, mungli nigohiyu botirona gavda holatlari bilan yoshdagi farqni 
aslo bildirmayotgandi. Orkestrning bir necha maqomidan ilgariroq ular raqsni nihoyasiga yetkazdilar, 
mashshoqlar esa cho‘zib chalishlariga qaramay baribir oxirigacha yetmasdan kuyni uzib qo‘yishdi. 
Faqat akkordionchigina bir o‘zi qolganini his etgunga qadar yana bir necha soniya chalib turaverdi. 
Baland bo‘yli va xushqomat tenor “Roz-Mari”dan birinchi bandni tugatmasidanoq mashhur qiziqchi 
uni bo‘lib qo‘ydi. Tenor bilan birgalikda u qandaydir chalkash intermediyani o‘ynay boshladi, kuy 
davomida qo‘shiqchining mardona shavkati xira tortib qoldi va uning siyqa tendentsiyalari rang-
barangligiga ishora qilinganiga qaramay qiziqchi tenorni o‘z holatiga qaytarishga behuda urinardi. 
Palmer avvaliga raqsning qanday davom etishini kuzatishga harakat qildi, biroq baribir oxirigacha 
toqat qilolmadi va zo‘raki tabassum bilan Virjiniya tomon o‘girildi. 
— Yevropa bo‘ylab qilingan tantanavor sayohatdan yaqinda qaytib kelgan! — e’lon qildi u. 
— Shohona zotlar huzurida tomosha ko‘rsatgandir-da, shundaymi? 
— Shirakayf zotlar huzurida, — g‘udrandi Palmer. — Darvoqe, o‘n birgacha hali uzoqmi? Ie, hali 
ham o‘n bir bo‘lmadimi? 
— Endi o‘n yarim bo‘ldi. 
— Men esa o‘n birda ketishim kerak. 
— Ketishingiz kerakmi yo ketsangiz bo‘laveradimi? — surishtirdi juvon. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish