www.ziyouz.com kutubxonasi
100
— Nega endi? Axir biz birga ishlaymiz va bitta ishni bajaramiz-ku.
— Men boshqa qizlarga xalaqit berishim mumkin, — dedi Virjiniya. Palmer qovog‘ini uydi:
— Unikida allaqanday qizlar bo‘lishini birinchi marta eshitayapman.
— Sizga bu haqda hech kim ma’lumot berishi shart emas.
— Menga u yerda sof ish yuzasidan suhbat bo‘ladi deb aytishgan. Bunday bo‘lmasligiga
ishonchingiz komilmi?
— Komil emas-u, ammo taklif yo‘sini baribir mening haqligimdan darak berib turibdi.
— Berns “ma’qul yigitlar” bilan suhbat bo‘ladi degandi. U kimlarni nazarda tutgan bo‘lmasa?
— Tashvishlanmang. U yerda nima talab etilgan bo‘lsa, hammasi bo‘ladi. Livan chakkibosari
tajribasiga tayaning. Siz uchun bu oqshom behuda ketmaydi.
Palmer toqatsizlik bilan aftini burishtirdi:
— Siz jiddiyroq bo‘lsangiz-chi. Men erkaklar haqida gapirayapman, axir.
— O, hammasi joyida bo‘ladi. Xuddi eng yaxshi xonadonlardagidek, — jilmaydi juvon unga
javoban. — Xo‘sh, nima bo‘ladi? Siz, aftidan, rostdanam tashvishlanayapsiz, chog‘i? Nahotki, Berns
sizni o‘z oqshomlaridan bittasiga birinchi marta taklif qilayotgan bo‘lsa?
Palmer quruqqina jilmaydi:
— Agar gap shunday oqshomlar ustida ketayotgan bo‘lsa va shubhalaringiz haqqoniy bo‘lsa, unda
bunday takliflarning kamida o‘n-o‘n beshtasini rad etishdan sizni xabardor qilib qo‘yishim kerak.
— Nega endi?
Bu masala uning oldida ochib bergan ayqash-uyqash imkoniyatlarni xayolan bir tartibga solishga
urinib, u juvonga jim qarab qoldi. Oxiri juvonning qarshiligini qabul qilmaslikka jazm etib, boshini
chayqadi.
— Xo‘sh, nega? — Juvonning savolini o‘ziga qaytardi Palmer.
Bu safar Virjiniya aftiga kinoyali tus berdi.
— Siz suhbati olinayotganning vazifasini uddalay olmadingiz, — dedi u. — Siz mendan bir-ikki
jumla ilgarilab ketyapsiz. Bu haqda so‘raganim uchun kechiring. Bunday savollar berishim aqldan
emasdi.
— Zinhor unday emas. — Palmer yana o‘ylab olishga ulgurmay so‘z qotdi. U tishlarini bir-biriga
bosdi, biroq yuzidagi eng kichik o‘zgarishni ham juvon sezib turganini fahmlab, o‘z xatosini yengil
jilmayish bilan suvab yuborishga harakat qildi.
— Nima bo‘lganda ham bu har doim ma’nosiz emas.
— Agar bu sizga daxl qiladigan bo‘lsa, umuman har doim emasmi yo shunchaki har doim emasmi?
Palmer chuqur xo‘rsindi, so‘ng tantanavor ohangda nido soldi:
— Men shunga asoslanib bu savolga javob bermaymanki, mening javobim aybimga iqror sifatida,
aybning bilvosita dalili sifatida yoki shuni ko‘rib chiqish holatiga bog‘liq ravishda ishga daxldor
bo‘lmagan arznoma sifatida foydalanilishi mumkin.
— Ammo siz prokuror bilan emas, do‘st bilan gaplashyapsiz-ku, — dedi Virjiniya. Juvon biroz jim
bo‘ldi. — Konstitutsiyaga kiritilgan Beshinchi tuzatish ortiga yashirinishga hojat yo‘q.
Yigit bunga hech narsa deb javob bermadi.
— Agar yonimizdagi haqiqat ham do‘st bo‘lsa, — qo‘shib qo‘ydi juvon va quruqshagan lablaridan
tilini aylantirdi.
Haddan tashqari ko‘p ichib qo‘yganini Palmer endigina angladi. U har bir so‘zdagi pinhoniy
ma’nodan cho‘chib qolgandi. O’zi yo‘q xatarlardan xavfsiramoqda, haddan tashqari ehtiyotkorlik
qilmoqda edi, chunki u rosmana hushyor odamga xos sog‘lom aqlga tayanadigan ahvolda emasdi-da.
Bu shaharda uning do‘stlari qatoriga qo‘shadigan bironta odam bo‘lsa, u ham Virjiniya-ku. Biroq bu
haqda uning o‘ziga aytish o‘rniga u yana o‘z ovozini eshitdi:
— Rostdanam shundaymikan?
Juvon javob berishga shoshilmayotgandi. Endi Palmerning o‘zi ko‘rib turibdiki, bergan savoli aslida
g‘irt haqoratdan boshqa narsa emas. U bir umr qanday ish tutib kelgan bo‘lsa, ko‘ra-bila turib yana
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |