Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
— Hazratim, aytsam odobsizlik bo‘lg‘ay!.. 
Roja Birbalning qiziqchiliklarini yoqtiradigan Akbar: 
— Aytavering, siz uchun odobsizlik sanalmagay! — deb uni qo‘ymadi. 
Roja birbal o‘tlab yurgan yuvosh bir buzoqni yetaklab keldi: 
— Onamning suti yetmagani uchun bolaligimda sigir sog‘ib berishgan. Shu sababli 
mening ko‘kaldoshim — mana shu buzoq! 
Akbar xaxolab kuldi. Lekin Adhamxon bu gapni o‘ziga olib, «roja meni buzoqqa 
tenglashtirdi!» deb achchig‘i keldi. Ansoriy hozir uning o‘sha eski alamini yangilay 
boshladi: 
— Roja majusiy bo‘lgani uchun sigir-u buzoqni muqaddas bilur. Ammo siz-u biz uchun 
onaning oq suti nahotki... Shunday latifaga munosib ko‘rilsa! 
Adhamxon belidagi xanjarning sopini g‘azab bilan g‘ijimlab: 
— Tangri haqi, men bu rojadan qasd olmog‘im kerak! — dedi. 
— Janobi xoni zamon, bittasini yo‘q qilsangiz, boshqalari qolur. Biz majusiylarning 
hammasini saroydan daf etmog‘imiz kerak. 
— Qanday qilib, taqsir? 
— Ko‘p ishlarga Munimxonning bo‘shligi sabab bo‘lmoqda. Uni birato‘la daf etadigan 
dono yo‘l topmog‘imiz lozim! 
— Menga o‘sha dono yo‘lni ko‘rsating-da, piyrim! 
— Bu yo‘l — Munimxonni ketkazib, o‘rniga sizni vakili saltanat qilib ko‘tarishdir. 
O‘zi ham shu yuksak lavozim orzusida yurgan Adhamxon suvga tashlangan baliqday 
yayrab: 
— Minnatdormen, piyrim! — dedi. — Ammo podsho bunga ko‘nmasachi? 
— Ko‘plashib harakat qilsak, podsho ham ko‘ngay. Axir siz uning birga o‘sgan eng 
qadrdon tengdoshisiz. Onanizga podshoning ishonchi baland. Paytini topib aytsinlar. Men 
ham barcha ulamolar nomidan sizni tavsiya etay. O‘zingiz ham bo‘sh kelmang, 
tarafdorlaringizni ishga soling. 
— Dono maslahat berdingiz, piyrim! — deb Adhamxon engashdi-da, Ansoriyning etagini 
o‘pdi. 
Shu maslahat bo‘yicha Adhamxonni Munimxonning o‘rniga vakili saltanat qilib ko‘tarish 
harakati boshlandi. Bu harakat Akbardan sir tutildi. Chunki shayx Ansoriy Adhamxonni 
Akbarning yangi siyosatiga va saroyda g‘ayridinlarning ko‘payishiga qarshi g‘ov qilib 
ko‘tarmoqchi bo‘lgani mutlaqo sezilmasligi kerak edi. 
Dehli viloyatining hokimi Shahobiddin ham jiyani Adhamxon tomonga o‘tdi. Eng iflos 
fitnalarda qatnashib mansabdor bo‘lgan Afzalbek — Muborizxon o‘z homiysi Adhamxonni 
vakili saltanat qilib ko‘tarish uchun yana har qanday qotillikka tayyor edi. Chunki u 
Adhamxonning yuksalishiga yordam bersa, o‘zining martabasi yanada oshishiga, 
kelajakda biror viloyatning hokimi bo‘lishiga ishonardi. 
Mohim enaga hali ham Akbarga mehribon, uning hind enagasi Rupa bibini va yosh xotini 
Jodha Bayni qo‘lidan kelganicha e’zozlaydi. Shu bilan birga u yaxshi ko‘rgan o‘g‘li 
Adhamxonning martabasi yanada oshishini va uning vakili saltanat bo‘lishini istaydi. 
Mana shu istak enagani beixtiyor yashirin kurash girdobiga tortdi. Enaga oqibati yomon 
bo‘lishini tasavvur etmasdan va Akbarning yangi siyosatiga qarshi borishni o‘ylamasdan, 
«faqat o‘g‘limni Munimxonning o‘rniga vakili saltanat qilsam bas, orzuim ushalgay» 
degan niyatda Maxdumul Muluk bilan til biriktirdi. 
Saroyda katta nufuzga ega bo‘lgan Mohim enaga bosh qo‘shgandan so‘ng yashirin guruh 
katta kuchga aylandi. Adhamxon goho shirakayf bo‘lib yurar, Munimxonga «jon kerak 
bo‘lsa o‘rinni bo‘shat!» degandek taxdidlar qilar edi. Yumshoq tabiat Munimxon 
Bayramxonday odamni mahv etgan bu guruhdan qo‘rqar, Mohim enaga bilan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish