Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Sinxni Akbar xos mulozimlari qatoriga qo‘shdi. 
Budparastlikdan balodan qo‘rqqanday hazar qiladigan taqvodor ulamo va sadrlar bundan 
qanchalik norozi bo‘lishi Akbarga ma’lum edi. «Podshomiz kofirlarni erkalatib, 
boshimizga chiqarmoqda!» degan gaplar hali hozir ichkarilarda shivir-shivir nolish 
tarzida aytilayotgan bo‘lsa ham, hufiyalar orqali Akbarga yetib kela boshladi. 
Shayxulislom Abdulla Ansoriy o‘ziga qo‘l bergan Adham ko‘kaldosh va Bahodirxonlar 
bilan ziyofatlarda birga bo‘lardi. Ularga oxir zamon yaqinlashayotgani to‘g‘risida tahlikali 
karo-matlar qilar: 
— Ya’juz-ma’juz deganlari — saroyga yopirilib kirib kelayotgan mana shu majusiylardir! 
— derdi. — podshomiz qaynog‘asi Bhagvan Dasdan battar yana bir majusiy rojani 
saroyga olib kelibdir. Ashula aytadigan qiziqchi roja Birbal podshomizni o‘ziga rom qilib 
olayotgan emish. Nahotki, bizning botir beklarimiz dinimizning pokligi uchun jon 
koyitmasalar? Musulmonobodni saqlab qoladigan mard g‘oziylar qani? 
«Mana, men!» deb, yurak yutib maydonga chiqadigan va Akbar bilan olisha oladigan 
beklar saroyda deyarli yo‘q edi. Faqat Mohim enaganing davrida xoni a’zam unvonini 
olgan Adhamxon yoshlikda Akbar bilan «tepishib» katta bo‘lgani uchun undan hayiqmas 
edi. 
Ansoriy bilan Adhamxon Bayramxonga qarshi birga kurashgan edilar, uni Patanda 
yashiriqcha o‘ldirish maslahatini birga qilgan edilar. Adhamxon o‘sha kezda Ansoriyning 
sirdosh muridiga aylangan edi. Ikkovi yolg‘iz qolganlarida Adhamxon piriga maqtanib 
ham qo‘yardi: 
— Podshomiz hozir juda havo boylab ketdi. Ammo besh-olti yasharligimizda biz u bilan 
«Bayramxon» o‘ynar edik. Bayramxon bo‘lgisi kelgan bola o‘yin qoidasi bo‘yicha shapati 
yeyishi kerak edi. O‘shanda men Akbarning yuziga ayamay shapati urganmen. Ko‘zlari 
yoshlanib ketsa ham «g‘ing deyolmagan! 
— Botirsiz! — deb Ansoriy Adhamxonni maqtab ketdi. — Hozir butun mamlakatda sizdan 
dadil, sizdan nufuzli amir yo‘q. Onangiz Mohim bibi saroyda malikalardan ham baland 
martabaga erishdilar. Imoni pok muslimlarning suyanan tog‘i ona-bola ikkovingiz bo‘lib 
qoldingiz. Bayramxon quvilganda men sizni uning o‘rniga vakili saltanat bo‘lursiz deb 
umid qilgan edim. 
O‘zi ham buni juda istab yurgan Adhamxon armon qilib dedi: 
— Nachora? Meni «yosh» deyishib, Munimxonni qo‘ydilar. 
— Ammo hali ham kech emas, janobi xoni a’zam. Siz yosh bo‘lsangiz ham Munimxondan 
yuz chandon donoroqsiz. Muniomxon podshohni kofirlarning ixtiyoriga berib qo‘ymoqda. 
Roja Birbal ham Munimxonning bo‘shligi tufayli podshohning pinjiga kirib, musohib* 
bo‘lib olibdir. Qo‘yib bersak, hademay bu roja «vakili saltanat» bo‘lmog‘i mumkin. 
Adhamxon bilan roja Birbal saroyda qattiq to‘qnashib qolgan. Ansoriy buni bilardi. U 
ataylab adhamxonning dil yarasiga tuz sepish uchun: 
— Janobi xoni a’zam, roja Birbal saroyda haddidan oshib, sizday buyuk bekka ham til 
tekkizgani rostmi? — deb so‘radi. 
Adhamxon bu noxush hodisani eslaganda yuzi birdan burishib: 
— Saroyda emas, daryo bo‘yida, — dedi. 
Akbar, Adhamxon, Birbal va yana bir qancha mulozimlar Jamna bo‘yida buzoqlar o‘tlab 
yurgan joydan piyoda sayr qilib o‘tayotganlarida, gap aylanib ko‘kaldoshlarga keldi. 
Adhamxon o‘zining ko‘kaldoshligidan ortiq darajada kerilib yurishini roja Birbal ham 
sezgan edi. Akbar undan: 
— Sohib Birbal, sizning ham ko‘kaldoshingiz bo‘lganmi? — deb so‘radi. 
— Bo‘lgan, hazrat podsho. 
— Kim? 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish