Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
yashaganlariga nega ishonish mumkin emas? Kelin-kuyovni olov atrofidan aylantirish 
odati turkiy xalqlarda ham bor-ku. 
Nihoyat «murod uyi»ning xobgohida ikkovlari yolg‘iz qoldilar, Akbar sevgilisini ming yil 
sog‘inib kutgan yigitning qalb kuchi va ehtirosi bilan Jodha Bayni bag‘riga oldi. Ikki yosh 
dil bir-birining taftidan erib, qalblari daryoday tutashib oqa boshladi. 
_____________ 
* S v a ya m v a r — «o‘z dilidagini tanlash» degan ma’noni bildiradi. Rivoyatga binoan, qadimda qizlar yigitlardan qaysi birini yoqtirsa shu 
gulchambarni uning bo‘yniga solgan.
* * * 
Hindlar orasida ming yillardan buyon axloq-odob nizomi hisoblanadigan va muqaddas 
sanalib ijro etiladigan Manu* qonunlari Jodha Bayning qon-qoniga kichikligidan 
singdirilgan edi. Uning e’tiqodi bo‘yicha, ayol kishi umrida faqat bir marta er qilishi 
mumkin. Agar eri o‘lsa, bevaning boshqa erga tegishi mumkin emas. Beva yo erining 
jasadi bilan birga olovda yonib halok bo‘lishi kerak yoki qolgan butun umrini eriga aza 
tutib, kuniga faqat bir mahalgina ovqat yeyishi, to o‘lguncha motam kiyimida xor, zabun 
ahvolda yashashi kerak. Manu hind ayoliga erining xayotini o‘z hayotidan ham ortiqroq 
e’zozlashni va uni o‘z tangrisi o‘rnida ko‘rishni buyurgan. Faqat shu buyruqni so‘zsiz 
bajargan ayollargina hind tangrilari Braxma, Shiva, Vishnularning marhamatiga sazovor 
bo‘lishiga Jodha Bay so‘zsiz ishonib o‘rgangan. 
Ayollarga nisbatan shafqatsiz Manu hindlarning oliy tabaqasiga mansub erkaklarga 
to‘rttadan xotin olish huquqini bergan. Lekin badavlat hukmdorlar yuz, ikki yuztagacha 
xotin olsalar ham hind dini bunga qarshi chiqmas edi. Jodha Bayning otasi o‘n yettita 
xotin olgan, ular hammasi erlarini tangri o‘rnida e’zozlashga tirishar va haramda murosa 
bilan yashar edilar. Buni otasining uyida ko‘rib o‘sgan Jodha Bay Akbarning boshqa 
xotinlari borligiga ham tez ko‘nikdi. Jodha Bayning go‘zal jismi va qalbi kabi, uning 
axloq-odobi va erni bu qadar e’zozlashi ham Akbarni o‘ziga mahliyo qildi. Kelinchak har 
kuni uch mahal ibodatdan oldin oyoqdan yuzgacha yaxshilab yuvinar va oliy tangrilari 
huzuriga go‘dakday pok bo‘lib boradi. Hindistonning issiq iqlimida tahorat o‘rniga butun 
tanani uch mahal yuvib, poklash, g‘uslni albatta oyoqdan boshlash, oxirida yuzni yuvib, 
og‘izni xushbo‘y dori giyohlar qo‘shilgan suv bilan chayish odamni nechog‘li tetik va latif 
qilishini Akbar Jodha Bay orqali yaqindan bildi. Jodha Baydagi joziba uning go‘zal 
husnidangina emas, axloq va odobidan ham kelib chiqishini sezgan Akbar yosh 
xotinining imon-u e’tiqodini asrab-avaylashga harakat qilardi. Jodha Bay Sanganirga har 
kuni ibodatxonaga borardi, chunki u ilohiy deb ishongan hind tangrilarining haykallari 
faqat ibodatxonaga qo‘yilar, ularga uyda sig‘inish mumkin emas. Shuning uchun 
Dehlining Puran qal’asidagi jajji bir bino Jodha Bay va uning hind kanizaklari uchun 
ibodatxona qilib berildi. 
Shu sababli Jodha Bay bilan birga Akbar saroyiga brahman va puraxitlar ham kirib 
keldilar. Jodha Bay uchun ajratilgan ibodatgohda shular xo‘jayin bo‘lib olib, Shiva, Durga 
va boshqa tangrilarning haykallarini o‘rnatdilar. Haramda Jodha Bay uchun ajratilgan 
xonalar ham Sanganirdan qizning sepi bilan kelgan xonaki ma’budalarning haykalchalari 
bilan to‘ldi. Hind kelinchak uchun ochilgan so‘qmoqdan uning qarindoshlari ham saroyga 
kirib keldilar. Singlisini birinchi marta Dehliga, to‘yga olib kelib, Akbar bilan tanishtirgan 
Bhagvan Dasga amiri duhazori* degan katta mansab berildi. U o‘zining rajput 
yigitlaridan ikki ming otliqni Akbar xizmatiga olib keldi. Bu otliqlarning maoshini Akbar 
o‘z xazinasidan to‘lay boshladi. Bhagvan Dasning o‘n to‘qqiz yoshli devqomat o‘g‘li Man 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish