Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Akbar Bayramxonning dastxatini tanirdi. she’rdagi rostgo‘ylik, haroratli qalbning dardi va 
shoir qalamining ta’sir kuchi uni o‘ziga rom qildi. Bayramxon yoshligida Gulrang begimga 
oshiq bo‘lib, yetisholmaganini Akbar ham bilardi. Salima onasiga juda o‘xshashini u ham 
eshitgan edi. O‘sha eski dard yangilanib otalig‘ini ne chog‘lik mushkul ahvolga solib 
qo‘yganini uning o‘zi she’riy satrlarda rostgo‘ylik bilan aytgani Akbarni lol qoldirdi. 
Chindan ham, xonboboning yoshgina Salimadan visol talab qilishi juda mushkul, arzihol 
qilishi bundan ham mushkul, uning hajrida kuyishi esa hammasidan mushkulroq. Ko‘ngil 
kishini ne ko‘ylarga solishini Akbar o‘sha kuni xonbobo yosh yigitlarday iymanib 
gaplashganda ham ko‘rgan edi-ku. 
— Endi ne qilurmiz? — deb Akbar onasiga qaradi. 
Shu qiyin asnoda Hamida begim Humoyunning ruhiga suyandi: 
— Hazrat otangiz va’da bergan ekanlar... o‘zingiz eshitdingiz, bolam. 
Salima begim yig‘lab gapirdi: 
— Hazrat tog‘am tirik bo‘lganlarida menga rahm qilmasmidilar? Axir men ham hazrati 
Boburning nevarasi emasmenmi? Bobomiz o‘z qizlarini uch xotinli keksa beklarga berib, 
xor qilgan emas edilar-ku? Menga ham o‘zimga munosib yigit topilmagaymi? 
she’r mashq qilib yurib dilidagini ravon aytishga o‘rgangan Salimaning bu gaplari 
Akbarni larzaga soldi. Unda ham birdan boburiylarga xos g‘urur, izzat-nafs uyg‘ondi. 
— Biz hali shunchalik himoyasiz, notavon oila bo‘lib qoldikmi, onajon? Mening 
podsholigim qayoqda qoldi? Xonbobo tepamizga chiqib ketmoqda-ku! Uning katta o‘g‘li 
Mirzoxon hozir yigirma besh yoshda! o‘n to‘qqiz yoshli xotini Noziya bor! Yana 
Salimaga... Soqolini bo‘yab... axir bu... 
Akbar bilan otalig‘ining orasi birdan darz ketganday bo‘ldi. Hamida begim buning 
oqibatidan qo‘rqdi. 
— Bayramxon siz uchun ota o‘rnida-ya, Akbarjon! Zinhor unga qarshi gapirishga 
o‘rganmang! Ig‘vogarlar ko‘p, darrov yetkazgay! 
— Yetkazsa, yetkazsin! — dedi Akbar. — Qo‘rqib, xor bo‘lib yashagandan, mardona 
olishib, o‘lgan yaxshi! 
Hamida begim talpinib Akbarning oldiga bordi-yu, uning yelkasidan quchdi: 
— Bolajonim, botirlar avlodidansiz, sizning sherdil yigit bo‘lishingizga ishonchim komil!
Faqat endi o‘n oltiga kirdingiz. Shoshilmang, bir-ikki yil kuch yig‘ing. Hech bo‘lmasa o‘n 
sakkizga kiring, davlatni o‘zingiz boshqaradigan bo‘ling. Biz buni sabr-bardosh bilan 
kutgaymiz! 
Akbar Salimaga savol nazari bilan qaradi. Qiz ham kuta olarmikan? Lekin Salima ixtiyori 
o‘zida emasligini bilardi. Akbardan himoya so‘rash esa xatarli ekanini, yosh o‘spirin hozir 
Bayramxon bilan olishsa halok bo‘lib ketishi muqarrarligini Salima sezib turardi. U o‘zini 
yig‘idan zo‘rg‘a tutib: 
— Amirzodam, onamiz haqlar, — dedi. — Men baxti qora qiz ekanmen, yetim o‘sdim. 
Endi meni deb bunday balo-qazoni bo‘yningizga olmang. Men ham taqdirimda borini 
ko‘rgaymen. Lekin to o‘lguncha sizga... Sizni qalbim to‘rida saqlagaymen! Xayr! 
Salima yig‘laganicha xonadan chopib chiqib ketdi. Uning alamli so‘zlari va achchiq yig‘isi 
Akbarning qalbidagi qudratli bir tuyg‘uni junbushga keltirganday bo‘ldi. Bu tuyg‘u 
muhabbatmidi yoki faqat rahm-shafqatmi, hali uning o‘zi ham bilmaydi. Faqat tomog‘iga 
bir narsa tiqilib, ovozi bo‘g‘ilib gapirdi: 
— Salimaga bunchalik jabr qilinsa, biz qandoq qarab turgaymiz, onajon? Men hozir borib 
otalig‘im bilan so‘zlashgaymen! 
Bayramxon o‘tgan kuni Dehlidan Agraga jo‘nab ketgan edi. Buni biladigan Hamida 
begim: 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish