Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
— Endi jo‘nasak bo‘lg‘aymi? — qiziqib so‘radi Akbar. 
— Ha, Laxo‘rda atkangiz Shamsiddin Muhammad sizni kutib olg‘ay. U hozir Panjob 
hokimi. Mankot ham bizga xayrixoh viloyat. Bu yerdan mingta bek-u navkar 
Pirmuhammad atka boshchilig‘ida sizga hamroh bo‘lg‘ay. Shu hafta yo‘lga chiqmog‘ingiz 
mumkin. Barcha tayyorliklar ko‘rilgay. 
Bayramxon Salima begimning Akbarga mehri borligini ishonchli odamlardan eshitgan 
edi. Endi sovchi keladigan nozik paytda Akbarni uzoqroqqa yuborib, qiz tufayli ikki oraga 
tushishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini olmoqchi edi. Bayramxon o‘z niyatiga tezroq 
yetish uchun hamma narsani oldindan o‘ylab, astoydil tayyorlanib kelganini sezgan 
Hamida begim og‘ir va tahlikali tuyg‘ular girdobida qoldi. 
— Onajon, men Mankotga ketsam, sizga qiyin bo‘lmagaymi? — deb so‘radi Akbar. 
Hamida begim Salimani o‘ziga kelin qilmoqchi edi. Qiz ham shuni juda istaydi, Akbarga 
duch kelib qolsa, bo‘lajak kelinchakday uyalib qimtinadi. Akbar hali uylanish to‘g‘risida 
o‘ylamaydi. Lekin vaqt o‘tishi bilan u ham o‘zining Salimaga ko‘ngli borligini fahmlab 
qolishi mumkin. 
Hamida begim hozir shuni Bayramxonga aytadigan bo‘lsa, qiziqqonli otaliq olovlanib 
ketishi aniq. Axir u Humoyunning va’dasiga orqa qilyapti. Bir vaqtlar Gulrang begimni 
unga bermaganlarining alamini unutolmay yuribdi. 
Ikki orada nizo chiqsa, Akbar ayovsiz kurash girdobiga tortiladi-yu, hayoti xavf ostida 
qoladi. 
Yo‘q, Hamida begim yolg‘iz o‘g‘lini bunday xavf-u xatardan uzoqroq tutmog‘i kerak. 
Akbarning o‘zi ham qachondan beri Mankot tomonlarga safar qilish orzusida yurardi. 
O‘g‘li hozir shuni istab turganini ko‘rgan Hamida begim: 
— Mayli, Akbarjon, sizni sog‘inib qiynalsam ham, bardosh berurmen! — dedi. 
Akbar safar ishtiyoqi va tayyorgarligiga berilib, Bayramxon bilan onasi orasida bo‘lib 
o‘tgan g‘alati va sirli gaplarning sababini uncha surishtirmadi. Lekin u jo‘naydigan kuni 
ertalab onasining xonayi xosiga xayrlashish uchun kirganida rangi so‘lg‘in, ko‘zlari 
yig‘idan qizargan Salima begimni ko‘rib qoldi. 
Akbar yarim yosh katta edi va qizga «sen» deb gapirardi: 
— Ha, Salima, senga ne bo‘ldi? 
Hamida begim «aytma» deganday labini tishlab qaradi. Lekin Salima ichki tug‘yonini 
Akbardan yashirolmadi: 
— Men ham sizdek... xonbobo deb... bobom o‘rnida ko‘rsam... nevarali odam menga 
oshiq bo‘lganmish!.. Uylanmoqchi emish. 
Akbar Bayramxonning o‘tgan kuni odatdan tashqari iymanib aytgan so‘zlarining 
ma’nosini va shayx Gadoyi kelishining sababini endi tushundi. 
— Nahotki? Yo‘g‘-ey! Salima, balki xonbobo hazil qilgandir?.. 
— Hazil emish!.. Mana, xonbobo o‘zi menga arzi hol qilib yozgan she’ri. 
Ikki yoshga iztirob bilan tikilib nima deyishini bilmay turgan Hamida begim ularning bir-
biriga qanchalik munosibligini ko‘rib, yuragini alam timdaladi. Akbar — mo‘ylabi ko‘zga 
tashlanib qolgan, durkun gavdali, jozibali yigit. Balog‘atga yetib, pushtirang baxmal 
nimchasining ko‘kraklari bo‘rtib turgan xipcha bel, nafosatga to‘la qiz Salima. Nahotki 
ularning taqdirlari qo‘shilmagan bo‘lsa? 
Akbar oltin suvi yugurtirilgan ipak qog‘ozdagi satrlarga ko‘z yugurtirdi: 
Hajringni xayol qilmoq mushkul, 
Sendin talabi visol qilmoq mushkul. 
Holimni senga arz qilsam deydurmen, 
Ammo menga arzi hol qilmoq mushkul. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish