Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
Akbar otalig‘i aytgan bahaybat aravani va unga qo‘shilgan minglab asov otlarni o‘zicha 
tasavvur etdi-yu, eti junjikdi. Bu aravani otalig‘idan yaxshiroq haydashga u hali tayyor 
emas edi. Mabodo, tavakkal qilib: «Bering jilovni!» desa, Pirmuhammad atkasi kabi 
quvg‘inga uchrashi hech gap emas, chunki Bayramxon davlat tepasidan ketsa, unga 
suyanib turgan shayx Gadoyi, Hoji Muhammad Seyistoniy, Valibek, Shohqulibek kabi 
o‘nlab yaqinlari barcha lavozimla-ri-yu imtiyozlaridan ajralishi muqarrar. Shuning uchun 
Bayramxon istasa-istamasa, uning atrofidagilar davlat tepasiga boshqa odamni 
keltirmaslikka intiladi. Mabodo, Akbar keladigan bo‘lsa, uni aravadan ag‘darib tashlaydi-
yu, boshqa itoatkorroq, yoshroq boburiyzodani xo‘jako‘rsinga podsho qilib ko‘taradi. 
Bayramxonning ko‘zlari tagiga yashiringan kinoya ham, «qani, hokimiyat talashib ko‘r-
chi, ne ahvolga tusharkinsen!» deyayotganga o‘xshardi. 
Yaqindagina onasi Akbarga Dehlidan maxfiy xat yozib, uni ogohlantirgan edi: «Agar siz 
otalig‘ingizga qarshi bosh ko‘tarsangiz, Bayramxonning tarafdorlari sizni quvib, 
o‘rningizga Komron mirzoning o‘g‘li Abulqosimni taxtga chiqarmoqchi emish. Axir uning 
otasi ham podsho bo‘lgan-ku! Tinch yuring, Akbarjon. Agar Dehliga kelsangiz
Abulqosimni birga olib jo‘nang. Bu maktubni yondiring. Sizni sog‘ingan onangiz». 
Abulqosim hali o‘n ikki yoshga to‘lmagan o‘spirin. Bayramxon unga yana besh-o‘n yil 
otaliq bo‘lishi mumkin. Ungacha Salima begim o‘g‘il tug‘ib berar. Akbar esa o‘n sakkizga 
kirib, hokimiyat tizginini qo‘lga oladigan yoshga yetib qolyapti... 
Otalig‘ining sinovchan nazari oldida bu narsalarni xayoldan o‘tkazishning o‘zi Akbarni 
dahshatga keltirdi. 
— Xonbobo, men siz bilan hokimiyat talashmaydirmen! — dedi. — Siz aytgan ming otliq 
aravani boshqarish qanchalik qiyinligini menga hazrat otam aytganlar, hazrat bobom 
kitoblarida yozib ketganlar. Mayli, barcha tizginlar sizning ilkingizda tursin. Faqat, 
mening iltimosimni ham rad etmang. Hakima enagam tuhmatga uchrab, hibsda 
yotmasin. Bo‘shating! 
Qochib ketgan Pirmuhammadga nafrati cheksiz bo‘lgan Bayramxon: 
Hammasini qattiq taftish qilib, ayblarini bo‘yinlariga qo‘ygaymiz! — dedi. 
Demak, hibsdagilarni aybiga iqror qilish uchun qancha qiynoqlarga ham solishlari 
mumkin... 
______________ 
* B e sh m i n g b o sh i d e g a n i — general unvoniga to‘g‘ri keladi. 
* N o z i r — ministr.
* * *
Akbar otaliq bilan bu haqda boshqa bahslashib o‘ltirmadi-yu, ta’bi tirriq bo‘lib saroydan 
chiqdi va filxona tomonga burildi. Bu yerdan mast filning na’rasi eshitilmoqda edi. 
Filbonlar boshlig‘i La’l Chand oltmish yoshlarga borib, ancha qarib qolgan, bugun uyiga 
ketgan, uning o‘rnida yigirma yoshli o‘g‘li Bhishan Chand ishlab turar edi. 
Janglarda oldingi safda boradigan Favjdor* ismli ulkan fil zanjirni uzguday bo‘lib silkinib, 
shovqin solardi. Akbar uning mast bo‘lganini sezdi. Bhishan Chand Favjdorning 
yemishiga mastlikni tarqatadigan dori giyohdan qo‘shib berdi. Ammo fil bu giyohning 
hidini yomon ko‘rardi, yemishga qaramadi. Shundan so‘ng mahavat fil chanqaganda 
ichadigan suvga shirinlik bilan o‘sha dori giyohdan aralashtirdi-yu, yog‘och chelakka 
solib, filning oldiga olib bordi. Ammo filbon unga ikkinchi marta yomon ko‘rgan giyohini 
olib kelgani uchun Favjdorning g‘azabi qo‘zidi. Mastligida egasini ham ayamaydigan 
Favjdor xartumi bilan filbon ko‘tarib kelgan chelakni shunday qattiq urdiki, chelak bir 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish