Yilqi -otlar podasi
Bu ot qadimgi turkiy tildagi “bir joyga to’pla” ma'nosini anglatgan yil- fe lidan -qi qo’shimchasi bilan yasalgan. O’zbek tilida i unlilarining qattiqlik belgisi yo’qolgan. Yilqi-yüqi
53
Bu ot asli, keng o’tloqda erkin harakatlanib yuruvchi hayvonlar ma'nosini anglatgan; ma'noda torayish voqe bo’lib, “otlar podasi” ma'nosini anglata boshlagan.
Bitiktoshlarda bo’ri totemi ham keng ishlatilgan.
Bo’ri qadimdan barcha turkiy xalqlarning totemidir. Ashin urug’i o’zlarini bo’ridan tarqalgan deb hisoblashlari to’g’risida afsonalar mavjud. «Alpomish»da Boybo’ri, «Qo’rqut ota kitobi»da Boybo’rak obrazlarining yaratilishi, «O,g,uznoma»da bo’ri turkiy qavmlarni boshlovchi asosiy qahramon darajasiga ko’tarilishi qadimiy e'tiqodlar ifodasidir. Enasoy yodnomalaridagi Chuchuk Bo’ri Sangun ismi ham totemlik belgisi bo’lib, u qadimgi turkiy dostonlar bilan yodnomalar o’rtasidagi yaqinlikni ko’rsatadi.
Qadimgi turkiy obidalarda etnonimlar
Tarix charxpalagi aylanishda davom etib, bir nuqta, bir manzilga takror-takror duch kelganidek, Markaziy Osiyo qavmlarining Idil(Volga) daryosini muttasil ravishda kechib o’tib, g’arbga tomon siljishgani va Shimoliy Kavkaz-Shimoliy Qora dengiz havzalari bo’ylab Sharqiy Yevropa tuproqlarida o’zlari uchun yangi maskanlar barpo qilishgani tarix sahifalaridan ma lum. Bu harakat miloddan oldingi mingyillikning o’rtalarida yunon va eron manbalarida skif yoki sak(shak) shaklida tilga olingan Markaziy Osiyolik qavmlar Qora dengizning shimoliy sohillarida paydo bo’lishgani-yu, uning ortidan milodning IV-V asrlarida son- sanoqsiz xunn otliqlarining Sharqiy Yevropani oshib o’tib, ushbu qit'aning markaziy hududlariga qadam qo’yishganida yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.
Buyuk turk xoqonligi tashkil topishi arafasida ham, xoqonlik tarix sahnasidan tushgandan keyin ham Markaziy Osiyodan chiqqan qavmlarning Kavkaz orqali g’arbga-Sharqiy Yevropaga, yana shu yo’nalishdan janubi-g’arbga-Old Osiyo o’lkalariga intilishi davom etdi. Aslan turkiy xalqlarga mansub yoki yaqin qondosh bo’lgan, keyinchalik Sharqiy Yevropadagi yangi yurtlarda turli el-elatlar bilan aralashib ketgan bulg’orlar, mojorlar(vengerlar), avarlar, xazarlar buning yorqin misolidir. Yana avar-xunn, savir, uturgur(o’ttiz o’g’uz), pecheneg, quman, o’z turk
Do'stlaringiz bilan baham: |