615-bob. Nard o'ynayotganlarga salom bermagan kishi haqida
1304. Fuzayl ibn Muslim otalaridan rivoyat qildilar: Hz. Ali (k.v.) bino eshigidan chiqib,
nard o'ynayotganlarni ko'rsalar ulardan uzoqlashardilar hamda ularga salom bermaslikka
buyurardilar.
616-bob. Nard o'ynaganning gunohi haqida
1305. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh: "Kimki nard o'ynasa, Alloh
va rasuliga osiy bo'libdi", dedilar.
1306. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Ushbu ikki ni-shonli, man qilingan kubdan saklaning,
zero u qimordir", dedilar.
1307. Burayda (r.a.)ning rivoyat qilipshariga ko'ra Rasululloh shunday demishlar: "Kimki
nard o'ynasa, qo'lini cho'chqaning etiga va qoniga botiribdi".
1308-hadis 1305-hadisning aynan takrori.
Do'stlaringiz bilan baham: |