Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
AL-ADAB AL-MUFRAD
Imom Ismoil al-Buxoriy
1-bob. Ota-onaga e'tibor haqida
Janobi rabbil olaminning:
"Biz Hamma insonni ota-onasiga yaxshilik qilishni
buyurdik" (29:8 ) degan oyati karimasi haqida.
1. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan
qiladigan
amallarimizdan Alloh
taologa eng sevimlisi qaysi, deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Farz
namozlarni o’z vaqtida o’tish", - dedilar. Men: "Undan keyin qaysi?" - desam, Rasululloh:
"Undan keyin Alloh taolo yo’lida jihod qilish", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud:
"Rasulullohdan men shularnigina so’radim. Agar
savolimni davom ettiraversam,
Rasululloh (s.a.v.) hammasiga javob beraverardilar".
2. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Alloh taoloning rozi bo’lishi
otaning rozi bo’lishiga va uning g’azabi ham otaning g’azabiga bog’liqdir", dedilar .